114
birliklarini tugallangan ishlab chiqarishdagi ekvivalent birliklarini qo‘shish
bilan
aniqlanadi. So‘ngra umumiy xarajatlar (davr boshidagi
tugallanmagan ishlab
chiqarish xarajatlari va joriy xarajatlar) mahsulot birligiga
xarajatlarni aniqlash
uchun ekvivalent birliklarga taqsimlanadi.
2) FIFO usuli
FIFO usuli tugallanmagan ishlab chiqarishdagi
buyumlar davr boshida
tugallanishini, so‘ngra yangi buyumlar ishlab chiqarishga
kiritilishini nazarda
tutadi. FIFO usuli tushunish uchun murakkab bo‘lsa ham o‘rtacha tortilgan usulga
nisbatan aniqroq natija beradi, eng muhimi esa, haqiqiy shart-sharoitga asoslanadi.
Bunday yondashuv davr davomida ekvivalent birliklarni
ishlab chiqarish
natijasida vujudga kelgan joriy xarajatlarni taqsimlashga olib keladi.
Ekvivalent
ishlab chiqarish uch elementdan iborat:
26
1. Davr boshiga tugallanmagan ishlab chiqarishdan tugallangan birliklar;
2. Ishlov berish boshlangan va tugallangan birliklar;
3. Davr oxirida ishlov berish qisman tugallangan birliklar.
Miqdor
Davr boshida tugallanmagan ishlab chiqarishdagi birliklar:
Materiallar – 100 %
Qo‘shilgan xarajatlar (ishlov berish) – 40 %
4000
Ishlab chiqarishga kiritilgan birliklar
12000
Jami hisobga olingan
16000
Ishlov berish tugallangan birliklar
14000
Davr boshida tugallanmagan ishlab chiqarishdan birliklar
4000
Joriy davr xarajatlaridan ishlov berish boshlangan va tugallangan birliklar
10000
Davr oxirida tugallangan ishlab chiqarishdagi birliklar
Materiallar –100 %
Qo‘shilgan xarajatlar – 80 %
2000
Jami hisobga olingan
16000
26
Management Accounting for
Business Decisions, 2
Do'stlaringiz bilan baham: