Oilaviy (an’anaviy) texnologiya - u o‘rtacha talabaga asoslangan.
CHuqurlashtirib o‘qitish texnologiyasi - gimnaziya, litsey, maxsus ta’lim.
Qiyin va iqtidorli talabalar bilan ishlashga mo‘ljallangan texnologiyalar.
Mavjud bo‘lgan o‘qitish tizimlarini modernizatsiya qilish va modifika -siya qilish asosiga qurilgan texnologiyalar:
A) Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratiya -lashtirish asosidagi pedagogik texnologiyalar. Unga SH.A. Amomashvillining hamkorlik, insonparvar - shaxsiy texnologiyasi kiradi.
B) Talabalarning faoliyatini faollashtirish va intensivlashtirish asosiga qurilgan pedagogik texnologiyalari. Masalan, o‘yinli texnologiyalar, SHatalovning tayanch signallar konspekti asosida o‘qitish texnologiyalari.
V) O‘qitish jaryonini tashkil qilish va boshqarish samaradorligiga asoslangan pedagogik texnologiyalar. O‘qitish jarayonining samaradorligini tashkil qilish va boshqarishga asoslangan pedagogik texnologiyalar. Masalan: dasturli o‘qitish, differensiallashgan o‘qitish texnologiyasi, individual -lashtirilgan o‘qitish texnologiyasi.
O‘qitishning guruhli va jamoaviy usullari, kompyuterli texnologiyalar va hokazolar.
G) Xalq pedagogik texnologiyasi. Masalan: tabiat bilan o‘xshashlik.
Bugungi kunda ta’lim texnologiyalarini shartli ravishda ikki turga ajratish mumkin:
1. An’anaviy
2. Noan’anaviy
An’anaviy ta’lim texnologiyasi - muayyan muddatga mo‘ljallangan, ta’lim jarayoni ko‘proq o‘qituvchi shaxsiga qaratilgan bo‘lib, o‘qitishning an’anaviy shakli, metodi va ta’lim vositalarining majmuidan foydalanib ta’lim-tarbiya maqsadiga erishishdir.
Noan’anaviy ta’lim texnologiyasi - muayyan muddatga mo‘ljallangan, ta’lim jarayoni markazida talaba shaxsi bo‘lib, o‘qitishning zamonaviy shakli, faol o‘qitish metodlari va zamonaviy didaktik vositalarning majmuini ta’lim-tarbiya ishidan ko‘zlangan maqsad va kafolatlangan natijaga erishish -ga yo‘naltirishdir.
Noan’anaviy ta’lim texnologiyasi an’anaviy ta’lim texnologiyasidan farq qilib, talabalarning bilish imkoniyatlarini rivojlanishiga sharoit yaratadi, mustaqil ishlashlariga alohida e’tibor beriladi, bilish faoliyat - lari izlanuvchan va ijodiy harakterga ega bo‘ladi. Dars tuzilmasi o‘zgaruvchan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |