O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat univеrsitеti pedagogika va psixologiya kafеdrasi «tasdiqlayman»
MAVZU:Ta'lim jarayoniga nisbatan texnologik yondashuv
Download 1.53 Mb.
|
пп ва пум мажмуа
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
MAVZU:Ta'lim jarayoniga nisbatan texnologik yondashuv
Reja Psixologiya kursida o’quv vazifalari tizimi. O’quv vazifalari taksonomiyasi va ta'lim jadalligini boshqarish. D.Tollingerovaning o’quv vazifalari taksonomiyasi. Taksonomiyani kengaytirish va psixologiyani o’qitish maqsadiga hamda predmetli tarkibiga adekvat bo’lgan vazifalarni kiritish. Psixologiya kursida bilish faoliyati shakllanishini boshqarishdagi didaktik strategiyalar Tayanch tushunchalar: Pedagogik texnologiyalar, o’quv vazifalari taksonomiyasi, psixologiya kursida bilish faoliyati shakllanishini boshqarishdagi didaktik strategiyalar. Psixologiyani o’qitish metodikasini chuqur o’zlashtirish uchun pedagogik psixologiya va yosh davrlar psixologiyasi fanlarini talabalar o’zlashtirishlari lozim. Psixologiya printsiplari mavzuni uqitishda va uning determinatorlari ong va faoliyat birligida uzviylik, uygunlashuv o’zaro aloqa etuvchanlik xususiyatlari to’g’risida taraqqiyotning psixologik tabiati, unda ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlar xamda omillar ularning boshkichlari usishi (biologik) rivojlanish (psixik), kamolot, taraqqiyot yuzasidan dolzarb yaqqol muammolar mohiyati bilan bog’lab axborot berish fanning tadbikiyligini kuchaytirishga xizmat qiladi. Ong va uning psixologik tavsifi to’g’risida ma’lumot berilayotganda inson ongi mavjudot deyish bilan cheklanmasdan, balki u ongsizlik ongotslilik va onglilik xolatlarini munosabatlari, funktsiyalari o’zgarishi ularning o’zaro uzluksiz ravishda o`rin almashtirib turishini ta’minlashni ta’kidlab o’tish muammolaridan ayrim chigalliklarga yordam beradi. Zamonaviy kadrlar oldiga qo’yiladigan eng muhim vazifalardan biri: - malakali mutaxassislar sifatida o`zligini, o`z qobiliyatlari, individualligi, shaxsiy fazilat xamda xislatlarini bilgan tarzda atrofdagilar mexnatini oqilona tashkil etish va ijtimoiy foydali mexnatning boshqa sohalarida iqtidorli kasb sohibi sifatida faoliya ko’rsatishdir. Bu o’rinda inson ruhiyati qonuniyatlarini o’rganuvchi psixologiya fanining o’rni va ro’li benixoya kattadir. XXI asrda juda ko’plab davlatlarda bo’lgani kabi dunyo xaritasida munosib o’rin olgan mutsaqil O`zbekistonda xam barcha sohalarda tub isloxotlar boshlandi. Bu islohotlarning barchasi inson omilini xar qachongidan xam yuqori saviyaga ko’tarib, uning kuchi, idroki saloxiyati, ruhiy xamda ma’naviy barkamolligini bevosita taraqqiyot, rivojlanish va sivilizatsiya bilan uzviy bog`ladi. Bunda inson va uning mukammalligi, o’z ustida ishlashi, o’z mukammalligi xususida kaygurishi muammosi xar qachongidan xam dolzarb masalaga aylandi. Yangi davr xar bir insondan o’z ichki imkoniyatlarini adekvat bilish, shu bilimlar zaxirasi bilan yaqinlarni va xamkasblarni psixik dunyosini bilishni talab qilmoqda. Buyuk Sukrot o’z davrida «O’z-o’zingni bil» degan shiorni o’rtaga tashlagan edi. Yangi davr bu bilimlar yoniga «O’z yoningdagilarni va ularning qilayotgan ishlarini xam bil» degan shiorni xar qachongidan xam dolzarb qilib quydi. Ayni shu muammoni yechishda Hozirgi zamon psixologiya ilmi va amaliyotining ro’li benihoyat kattadir. Shuning uchun xam nafakat psixologiyadan mutaxassislar tayyorlaydigan bilim dargoxlarida, balki barcha bilim dargoxlarida, xattoki yangi tipdagi maktablar - litseylar va kollejlarda xam psixologiyadan saboq berish rejalashtirilganligi sababli pedagogika fakultetining «pedagogika va psixologiya» xamda maktabgacha tarbiya mutaxassislari tayyorlanadigan guruxlarda psixologiya o’qitish metodikasi fani kiritilgan. Mazkur kursning asosiy maqsadi bo`lajak pedagog- psixologlar uchun zaruriy tavsiyalar - psixologiyadan ma’ruzalar amaliy mashg’ulotlar, laboratoriya mashg’ulotlari tashkil etish metodikasi - ya’ni ularni yangi pedagogik texnologiya asosida qanday tashkil etish qaysi ilg’or usul va vositalardan foydalanilsa, samaradorlikka erishish mumkinligi talabalar bilan birgalikda o’rganiladi, talabalar bilimini baxolash, pedagogik amaliyot davomida olib boriladigan ishlar, talabalarning mustaqil ishlar ini tashkil etish haqida ma’lumotlar beriladi. Bularning barchasi bo’lajak pedagog-psixologlar uchun o’z ish faoliyatlarini tashkil etishda katta yordam beradi, ta’lim jarayonini, darsdan tashqari talabalar faoliyatini to’la va oqilona boshqara olishlariga kumaklashadi. Bu vazifalarni mukammal egallash ayniqsa bulgu si pedagoglar uchun zarur. Chunki o’qituvchilik kasbi barcha kasblarning onasidir - ya’ni o’qituvchi barcha kasb egalarini tarbiyalaydi. O’qituvchi maktabdagi ta’lim - tarbiya jarayonining asosiy tashkilotchisidir. Ta’lim-tarbiya davriy xodisa emas, u muttasil davom etadigan uzluksiz jarayondir. O’qituvchi o’quvchilar uchun xamma joyda ibrat bo’lishi zarur. U o’z fanini yaxshi bilishi bilan birgalikda o’quvchilarning psixologiya va yosh xususiyatlarini, individual xususiyatlarini yaxshi bilishi, tarbiyaning qulay va samarali usullarini kullashda psixologik bilimlarga tayanishi zarur. Bola ruhiyatini bilmasdan turib ularning kalbiga yo’l topa olmaydi, bolalar bilan muloqotda bo’lish malakasini egallash, ularni faol va mustaqil, ijodiy fikrlashga o’rgatish, qobiliyatlarini shakllantirish uchun psixologiyani bilish talab kilinadi va bulajak pedagoglar bu o’rinda psixologiyadan olgan bilimlar tizimiga suyanadilar. Ota-onalar bilan ishlashda xam psixologik bilimlar yordam beradi. Nafaqat ota-onalar, balki atrofdagi boshqa kishilarga xam psixologik bilimlarni targib etish zarur. Chunki kishilar o’z xayot va faoliyatrini o’zaro mulokotsiz tashkil etolmaydilar. Mulokotlar davomida xam xar bir shaxs uz sherigining (O’qituvchi - o’quvchining, raxbar- xodimning, mutaxassis – o’z xamkasblarining, er-xotinning, xotin-erning, aka-ukaning va x.k.) psixologik xolatini, qiziqish va extiyojlarini, qobiliyat va imkoniyatlarini to’g’ri baxolay olishi, uning o’rniga o’zini qo’ya bilishi, «sherigi» ning yosh xususiyatlarini xam xisobga olishini bilishiga psixologiyadan berilgan bilimlar yordam beradi. Yosh mutaxassis - pedagog-psixologlarga bu borada nimalarga e’tibor berishlari zarurligini mazkur kurs bilan tanishish davrida bilib boradilar. Psixologiya o`qitish metodikasi fanini o’rganishda ma’ruzalar laboratoriya va amaliy mashg’ulotlar tashkil etiladi. Ba’zi mavzular mustakil o’rganish uchun tavsiya etiladi - bularning barchasi bo’lg’usi psixolog - pedagoglarning o’z soxalarini mukammal egallash va olgan nazariy bilimlarini amaliyotda muvaffaqiyat bilan qo’llashlariga yordam beradi. Pedagogik texnologiyalar quyidagicha tasniflanadi: Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling