O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti


Download 267.5 Kb.
bet4/10
Sana05.01.2022
Hajmi267.5 Kb.
#212036
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ishchi. Algebra va sonlar nazariyasi

III. ASOSIY NAZARIY QISM
Ma’ruza, amaliy mashgulotlar mavzulari

To‘plamlar nazariyasi elementlari. Kompleks sonlar va ular ustida arifmetik amallar. Kompleks sonning trigonometrik shakli. Muavr formulasi. Ildiz chiqarish. Birning ildizlari va ularning xossalari. Eyler formulalari. Chiziqli algebraik tenglamalar sistemalarini yechish usullari. Chiziqli algebraik tenglamalar sistemalari ustida elementar almashtirishlar. Kroneker-Kapelli teoremasi. Bir jinsli sistemalar. Yechimlarning fundamental sistemalari. Matritsalar algebrasi. Matritsaning rangi. Ikkinchi va uchinchi tartibli determinantlar. O‘rinlashtirishlar va o‘rin almashtirishlar. n-tartibli determinantlar, ularning xossalari. Minorlar va algebraik to‘ldiruvchilar. Determinantlarni hisoblash. Laplas teoremasi. Ko‘phadlar va ular ustida amallar. Ko‘phadlar bo‘linish nazariyasi. Eng katta umumiy bo‘luvchi. Evklid algoritmi. Keltirilmas ko‘phadlar. Ratsional kasrlar. Ko‘phadning ildizlari. Bezu teoremasi. Algebraning asosiy teoremasi va uning natijalari. Viyet formulalari. Ko‘phad ildizlarining joylashishi. Chiziqli formalar. Bichiziqli va kvadratik formalar. Kvadratik formani kanonik ko‘rinishga keltirish usullari. Inersiya qonuni. Musbat aniqlangan kvadratik formalar. Chiziqli fazolar. Chiziqli bog‘liqlik va chiziqli erklilik. O‘lcham va bazis. Qism fazolar. Qism fazolarning yig‘indisi va kesishmasi. Evklid fazolari. Ortonormal sistemalar. Ortogonallashtirish jarayoni.

Unitar fazolar. Chiziqli operatorlar va ularning matritsalari. Chiziqli operatorlarning o‘zagi va aksi. Xos sonlar va xos vektorlar. Invariant qism fazolar. Chiziqli funksionallar. Evklid fazosida chiziqli operatorlar. Qo‘shma operatorlar. O‘z-o‘ziga qo‘shma operatorlarni diagonal shaklga keltirish. Ortogonal proyeksiyalash operatorlari. Unitar operatorlar. Operatorlarning qutbiy yoyilmasi.

Jordan katagi. Jordan matritsasi. Matritsalarni Jordan shakliga keltirish haqidagi teorema.

Butun sonlarning bo‘linish nazariyasi. Qoldiqli bo‘lish. Tub sonlar. EKUB va EKUK. Evklid algoritmi. Arifmetikaning asosiy teoremasi. Uzluksiz kasrlar va ularning tadbiqlari. Sonlar nazariyasining muhim funksiyalari, butun va kasr qism funksiyalari. Arifmetik funksiyalar. Multiplikativ funksiyalar. Multiplikativ funksiyalarning asosiy ayniyati. Myobius funksiyasi va Eyler funksiyasi. Myobiusning teskarilash (qaytalash) formulalari. Rimanning dzeta funksiyasi va uning xossalari.

Taqqoslamalar va ularning xossalari. Chegirmalar sistemalari, chegirmalarning to‘liq sistemasi va chegirmalarning keltirilgan sistemasi. Chegirmalar sinflari halqasi. Ferma va Eyler teoremalari va ularning tadbiqlari. Bir noma’lumli algebraik taqqoslamalar. Birinchi darajali bir noma’lumli taqqoslamalar. Birinchi darajali bir noma’lumli taqqoslamalar sistemalari.



Binar amallar. Yarimgruppa va monoidlar. Teskarilanuvchi elementlar. Gruppalar. Yasovchilar sistemalari. Siklik gruppalar. Gruppalarning gomomorfizm va izomorfizmlari. Qism-gruppalar va faktor gruppalar. Halqalar va butunlik sohalari. Halqalarning gomomorfizmlari va ideallari. Faktor halqalar. Maydonlar.

Download 267.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling