O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/27
Sana24.11.2021
Hajmi1.08 Mb.
#176922
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
Bog'liq
Tajriba ishi 1-qism

rasm-2.2. 

 

Atrof  muxit  temperaturasining  o`zgarishi  bilan  o`lchashda  ma`lum  xatolik  paydo 



bo`ladi va uni quyidagicha qisoblash mumkin:  

t



м 



б



м

V

V

( t


м

 - t


0

);                  

t

к 





б

к

V

V

( t


к

 - t


0

); 


V

м

; V



к

 V

б  



- manometrik prujina, kapillyar va termoballon hajmlari

t

м,



 t

к 

- manometrik prujina va kapillyar temperaturasi;  



t

0

 - graduirovka temperaturasi (20



0

C). 


Bu tenglamalardan ko`rinib turibdiki, kapillyar uzunligi qancha katta bo`lsa, xatolik 

shuncha  katta  bo`ladi.  Atrof  muxit  temperaturasi  o`zgarishining  ta`sirini  kamaytirish 

uchun, termoballon hajmini oshirish kerak.  



 

Suyuqlikli  manometrik  termometrlar to`ldiriladigan suyuqliklarga quyidagi talablar 



qo`yiladi:    hajmiy  kengayish  koeffitsienti  katta  bo`lishi  kerak;  issiqlik  o`tkazuvchanligi 

katta  bo`lishi  kerak;  kichik  issiqlik  sig`imiga  ega  bo`lishi  kerak;  termometr  materialiga 

kimyoviy  inert  bo`lishi  kerak.  Bu  talablarga  simob  va  ksilol  javob  beradi  (simob  -30  + 

600


0

C; ksilol -40+200

0

C).  


Temperatura  o`zgarishiga  mos  ravishda  tizimdagi  bosimning  o`zgarishini 

quyidagicha ifodalash mumkin: 



P

 =  



μ

β

(t - t



0

bu erda, 



β

 - suyuqlikni hajmiy kengayish koeffitsienti;  

         

μ

 -suyuqlikni siqilish koeffitsienti. 



Bu  o`lchov  asboblarining  shkalasi,  bosimning  temperaturadan  chiziqli  bog`liqligi 

sababli bir tekisda bo`ladi.  

Suyuqlikli 

manometrik 

termometrlarning 

temperatura 

xatoligi 

gazli 


termometrlarnikidan  yuqoriroq  bo`lganligi  sababli  ularning  kapillyarining  uzunligi  10  m 

dan oshmaydi. 

Barometrik xatolikni kamaytirish maqsadida suyuqlik 15-20 kgs/sm2 (ba`zi xollarda 

130  kgs/sm2  gacha)  bosimda  to`ldiriladi.  Gidrostatik  xatolik  o`lchov  asbobi  prujinasi  va 

strelkasini  korrektirovkalash  yo`li  bilan  yo`qotiladi  (termoballon  prujinadan  yuqorida 

o`rnatilganda,  suyuqlikning  temperatura  o`zgarishidan  qosil  bo`lgan  bosimiga  suyuqlik 

ustunining  gidrostatik  bosimi  qo`shiladi,  agar  pastda  bo`lsa,  unda  o`lchov  asbobi  shu 

miqdorga kam ko`rsatadi).   

Par-suyuqlikli  manometrik  termometrlar  odatda  termoballonning  2/3  hajmi 

miqdorida  past  temperaturada  qaynovchi  suyuqlik  bilan    to`ldiriladi  (xlorli      metil  0  -

150

0

C,  atseton  60  +  200



0

C,  benzol  100  -  250

0

C).  Ularning  ishlashi  Dalton  qonuniga 



asoslangan  bo`lib, u  moddaning  kritik  temperaturasigacha, to`yingan bug`ning  bosimi  va 

temperaturasi  orasidagi  bog`liqlikni  ifodalaydi.  Temperaturaning  ortishi  bilan 

suyuqlikning  bug`lanishi  ortadi  va    bug`ning  bosimi  (uprugosti)  ortadi,  bu  esa,  bug`ning 

kondensatsiyalanishining  ortishiga  sabab  bo`ladi.  To`yingan  bug`  temperaturaga  mos 

ravishda, ma`lum muvozanat bosimigacha o`zgaradi.  

Bu o`lchov asboblarida temperatura xatoliklari bo`lmaydi, lekin gidrostatik, ayniqsa 

barometrik  xatoliklarning  o`lchov  asbobi  ko`rsatishiga  ta`siri  sezilarli  bo`ladi.  Chunki 

tizimdagi bosimning qiymati nisbatan kichik bo`ladi. Bu o`lchov asboblariga qo`yiladigan 

asosiy talablardan biri  shuki, kichik temperaturalarni o`lchaganda tizimda to`yingan bug` 

bo`lishi  kerak,  yuqori  temperaturalarni  o`lchaganda  esa,  termoballonda  suyuqlik  qolishi 

kerak.  



 

Bu  o`lchov  asboblarining  kamchiliklariga  o`lchash  chegarasining  kichikligi  va 



o`lchanayotgan  temperatura  bilan  to`yingan  bug`  bosimi  orasidagi  chiziqsiz  bog`liqlik 

sababli,  shkalaning  bir  tekisda  emasligi,  ya`ni,  shkala  boshlanishida  bo`limlarning  zich 

joylashgani va oxiriga borib, bo`limlar kengayib borishi kiradi.  

Katta  bosimda  yoki  agressiv  muxitda  temperaturani  o`lchaganda  termoballon 

ob`ektga moy yoki mis qirindilari bilan to`ldirilgan ximoyalovchi gilzada o`rnatiladi.  

Manometrik  termometrlarning  kamchiliklariga  quyidagilarni  kiritish  mumkin: 

o`lchash  aniqligining  yuqori  emasligi  (aniqlik  sinfi  1-2,5);  termoballon  o`lchamlarining 

kattaligi  sababli  inertsiyasining  kattaligi;  tizim  germetikasi  buzilganda  ta`mirlashning 

qiyinligi.  

Ikkilamchi  o`lchov  asboblari  bilan  ishlash  uchun  ma`lumotlarni  masofaga  uzatish 

tizimi  bor  manometrik  termometrlar  ishlatiladi.    Bu  o`lchov  asboblarda  temperaturaning 

o`zgarishi  proportsional  unifikatsiyalangan  (pnevmatik  yoki  elektr)  signalga  aylantirilib 

ikkilamchi  asboblarga  uzatiladi  (masalan:  pnevmatik  va  elektr  signal  o`zgartirgichli 

manometrik termometrlar TPG-189P, TPG-189E yoki TPJ-189P, TPJ-189E). 

 


Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling