O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti


Rеsurslar, tоvarlar va хizmatlar hamda darоmadlarning dоiraviy aylanishi fazalari


Download 315.51 Kb.
bet4/12
Sana15.06.2023
Hajmi315.51 Kb.
#1484299
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Abdujalilov Alibek KURS

Rеsurslar, tоvarlar va хizmatlar hamda darоmadlarning dоiraviy aylanishi fazalari

Inson tomonidan yaratilgan tovarlar va xizmatlarning, resurslarning doimo
xarakatda bo‘lib, takror-takror ishlab chiqariladi va iste’mol qilinadi, ularning bu to‘htovsiz harakati takror ishlab chiqarish deyiladi. Takror ishlab chiqarish
quyidagi fazalar birligidan iboratdir:
1) ishlab chiqarish jarayoni;
2) taqsimlash jarayoni;
3) ayirboshlash jarayoni;
4) iste’mol qilish jarayoni.
Ishlab chiqarish – kishilik jamiyatining mavjud bo‘lishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan hayotiy ne’matlarni yaratish jarayoni. Barcha tovar va
xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida yaratilishi sababli, u takror ishlab
chiqarishning eng asosiy va boshlang‘ich fazasi hisoblanadi. Agar ishlab
chiqarilmasa, taqsimlanadigan, ayirboshlanadigan va nihoyat, iste’mol qilinadigan
narsalar bo‘lmaydi
Taqsimot – ishlab chiqarish omillari va uning natijalarini iqtisodiyotning
turli qism va subyektlari o‘rtasida taqsimlash jarayoni. Bu bosqichda, eng
avvalo, ishlab chiqarish vositalari, kapital, ishchi kuchi va boshqa resurslar turli
tarmoqlar, sohalar, hududlar va nihoyat, korxonalar o‘rtasida taqsimlanadi. Bundan
tashqari, ishlab chiqarish natijasi bo‘lgan tovar va xizmatlar, ularning pul holidagi
ko‘rinishi bo‘lgan daromadlar ham taqsimlanadi.
Ayirboshlash – jamiyat a’zolarining iqtisodiy faoliyat turlari yoki ishlab
chiqarish natijalari bo‘yicha ma’lum bir o‘lcham (masalan, qiymat miqdori)
asosida o‘zaro almashish jarayoni. Mehnat taqsimoti natijasida ayrim guruh
kishilar tovar va xizmatlarning ma’lum turlarini ishlab chiqarish va yetkazib
berishga ixtisoslashadilar. Har bir tovar turini ishlab chiqaruvchi o‘z tovarini sotib,
o‘ziga kerakli bo‘lgan boshqa tovar yoki xizmatlarni sotib oladi.

Download 315.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling