O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti


Iste’mol – ehtiyojlarni qondirish maqsadida mahsulot va xizmatlarning


Download 315.51 Kb.
bet5/12
Sana15.06.2023
Hajmi315.51 Kb.
#1484299
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Abdujalilov Alibek KURS

Iste’mol – ehtiyojlarni qondirish maqsadida mahsulot va xizmatlarning
ishlatilishi, foydalanilishi jarayoni. Iste’mol takror ishlab chiqarishning oxirgi
fazasi bo‘lib, bu jarayon orqali jamiyat a’zolarining turli-tuman ehtiyojlari
qondiriladi. Iste’mol ikki turda bo‘ladi: ishlab chiqarish (unumli) iste’moli va
shaxsiy iste’mol.

1-rasm Tovarlar, xizmatlar va resurslarning takror ishlab chiqarish fazalaridagi harakati

Ishlab chiqarish vositalari (resurslar) bozorida tovar sifatidagi mehnat
vositalari va materiallar oldi-sotdi qilinadi. Bu bozorda mashina, asbob-uskuna,
xomashyo, yoqilg‘i va materiallar kabi ishlab chiqarish vositalari ulgurji ravishda
sotiladi. Resurslar bozoridagi tovarlar shaxsiy iste’molga emas, ishlab chiqarish
iste’moliga xizmat qiladi, ya’ni ishlab chiqarish talabini qondiradi.
Bozorning barcha subyektlari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar iste’mol tovarlari
va resurslar bozori orqali ancha to‘liq va yorqin namoyon bo‘ladi


2-rasm. Iste’mol tovarlari bozori va resurslar bozori hamda bozor subyektlari o‘rtasida resurslar, mahsulot va daromadlar harakati4.
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, uy xo‘jaliklari va davlat iqtisodiy resurslarga
egalik qilib, ularni resurslar bozoriga yetkazib beradi. Korxonalar resurslarga talab
bildiradi. Korxonalarning resurslarni sotib olishga sarflagan pul mablag‘lari
resurslarni yetkazib beruvchilarning daromadlari (ish haqi, renta, foiz va foyda)
oqimini tashkil qiladi.
Uy xo‘jaliklari resurslarni sotishdan olinadigan pul daromadlarini sarflash
jarayonida ko‘plab tovar va xizmatlarga o‘zlarining talabini bildiradi. Bir vaqtda
korxonalar aynan shu bozorda tovar va xizmatlarni taklif qiladi. Tovar va
xizmatlarga iste’mol sarflari oqimi korxonalarning pul tushumi yoki daromadini
tashkil qiladi.
Iqtisodiy resurslar bozorining tarkibiy qismini ishchi kuchi bozori tashkil
qiladi. Ishchi kuchi bozorida o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan iqtisodiy
resursning oldi-sotdi bitimi amalga oshiriladi. Bu bozorda biznes tomonidan ishchi
kuchiga bo‘lgan talab, uy xo‘jaliklari tomonidan bildirilgan ishchi kuchi taklifi
bilan to‘qnash keladi. Shunday ekan, ishchi kuchi bozorida iqtisodiy
subyektlarning ikki turi – tadbirkorlar va yollanma ishchilar harakat qiladi. Ishchi
kuchi insonning mehnat qilish qobiliyati sifatida tovarga aylanadi, bu qobiliyat
bozor orqali uning egasidan ajratib olinishini bildirmaydi. Ishchi kuchi bozorida
insonning o‘zi emas, uning mehnat qilish qobiliyati ma’lum muddatga sotiladi

Download 315.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling