O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti


-chizma . F .Kenening pul oqimlarining doiraviy aylanish modeli


Download 315.51 Kb.
bet3/12
Sana15.06.2023
Hajmi315.51 Kb.
#1484299
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Abdujalilov Alibek KURS

1 -chizma . F .Kenening pul oqimlarining doiraviy aylanish modeli.
(Keltirilgan raqamlar o'lchami mlrd .frank )
Dehqonlar yer egalarigi 1 mlrd. franklik qishloq xo'jalik mahsulotlarini sotadilar
va qolgan 2 mlrd. franklik mahsulotni iste'mol va ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun
o'zlarida qoldiradilar. Jami olingan 3 mlrd. franklik darom adning 1 mlrd. franki
dehqonlar tomonidan hunarm andchilik buyumlari sotib olishga, yana 2 mlrd. Franki esa yer rentasi to'lashga sarflanadi. Shunday qilib, makroiqtisodiy bozorlarining balanslashishi ro'y beradi. Makroiqtisodiy ko'rsatkichlar ekzogen va endogen o'zgaruvchilarga guruhlanibgina qolmasdan, zahiralarni tavsiflovchi va oqimlarni tavsiflovchi o'zgaruvchilarga ham ajratiladi. Birinchi guruh ko'rsatkichlar tadqiqot obyektining ma’lum sanadagi holatini tavsiflaydi. Bularga kapital bilan qurollanganlik darajasi. ishsizlik darajasi, davlat qarzi kabi ko'rsatkichlar misol bo'ladi. Ikkinchi guruh ko'rsatkichlar ma’lum davr oralig'ida iqtisodiy jarayonlarining kechishini tavsiflaydi.
Bularga yil davomida ishlab chiqilgan YalM hajmi, iste'mol va investitsiya xarajatlari miqdori, inflyatsiya sur'ati kabi ko'rsatkichlar misol bo'ladi. Oqimlar ma’lum davr mobaynida zahiralam ing o'zgarishini keltirib chiqaradi. M asalan, yil davomida qilingan investitsiyalar iqtisodiyotda to'plangan kapital hajmining, o 'z navbatida esa, mehnatning kapital bilan qurollanganligi darajasining oshishiga ham olib keladi.
Bu jadvalda uch tarmoq (sektor)ning o`zaro bog`liqligi ko`rsatib berilgan. Shuni ta'kidlab o`tish kerakki, jadvalning boshqa variantida ham oddiy takror ishlab chiqarish qarab chiqilgan (boshlang`ich va oxirgi holat teng). Hayotda odatda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ro`y beradi. F.Kenyening asosiy vazifasi qirol va yer egalarini jamiyat asosi sifatida saqlab qolish edi. Ammo u mulkdorlar sinfini birinchi o`ringa qo`ya olmas edi, chunki bu olimning dehqonchilikning ustunligi haqidagi fiziokratik konsepsiyasiga qarshi chiqar edi. Bundan tashqari u asosiy tamoyilni sinflarning ishlab chiqarish vositalariga munosabatini inkor etadi. F.Kenye iqtisodiy ta'limotining asosiy tomonlari: uning "sof mahsulot" va "kapital", unumli va unumsiz sinflar to`g`risidagi ta'limoti aks etgan; unda muallifning kapitalistik ishlab chiqarish usulining himoyachisi sifatidagi sinfiy pozitsiyasi ham ko`rinib turibdi. F.Kenye takror ishlab chiqarish jarayonini tahlil qilishga kirishganda baholarning o`zgarmasligini asos qilib oladi (bunda almashuv ekvivalentlik tamoyili asosida ro`y beryapti deb faraz qilinadi). Bu jarayon tashqi bozordan abstraksiya qilinadi (ya'ni bu xodisa faqat ichki bozor sharoitida ro`y beryapti deb qarash kerak).
"Iqtisodiy jadval"da takroriy ishlab chiqarishni tahlil qilish asosida olingan muhim ilmiy xulosa shundaki, unda ayrim-ayrim oldi-sotdi aktlari qarab chiqilmasdan, ko`plab individual aktlar sinflar o`rtasidagi muomalaga birlashtirilgan. Ana shu sinflar o`rtasidagi muomala F.Kenye tadqiqotining predmeti edi. Olim aylanish (muomala)ni takror ishlab chiqarish jarayonining shakli sifatida, pul muomalasini esa kapitalning aylanish momenti sifatidagina qarab chiqishga uringan. F. Kenye iqtisodiyot tarixida birinchi bo`lib makroekonomik modellashtirishni amalga oshirgan edi. F.Kenyening ijodi nihoyatda yuqori baholangan edi. Fransuz iqtisodchisi Mirabo V.R. (1715-1789) fikricha, dunyo paydo bo`lganidan buyon asosan uchta kashfiyot siyosiy jamiyatlar mustahkamlanishiga ko`mak bergan: 1) yozuv; 2) tanga; 3) "Iqtisodiy jadval". F.Kenye ta'limotida bir qancha kamchiliklar mavjud, sinflar to`g`risidagi g`oyada izchillik va ilmiylik yo`q. Sanoatchilar ("unumsiz sinf") ishlab chiqarish vositalaridan mahrum etilgan (chunki mahsulotning hammasi sotib yuboriladi) va ularda ishlab chiqarishni qaytadan boshlash imkoniyati yo`q (vaholanki, hunarmandlar asosiy kapitalga ega). Ammo F.Kenyening jadvali iqtisodiyot tarixida birinchi marta natural, ya'ni tovar va pul holidagi moddiy ne'matlarning makroekonomik zanjiridir. Undagi g`oyalar bo`lajak iqtisodiy modellarning kurtagi bo`lib qoldi.



  1. Download 315.51 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling