O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti


Sof bozor iqtisodiyotida rеsurslar, tоvarlar va хizmatlar hamda darоmadlarning dоiraviy aylanishi


Download 315.51 Kb.
bet8/12
Sana15.06.2023
Hajmi315.51 Kb.
#1484299
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Abdujalilov Alibek KURS

Sof bozor iqtisodiyotida rеsurslar, tоvarlar va хizmatlar hamda darоmadlarning dоiraviy aylanishi

Har qanday iqtisodiy tizimda tovarlar va xizmatlami takror ishlab
chiqarishning umumiy jarayonini resurslar, tovar va xizmatlar, daromadlar hamda
xarajatlarning doiraviy oqimi modeli ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin. Bu soda model makroiqtisodiy tahlil asosini tashkil etadi. Faqat xususiy mulkka tayangan
(ya’ni davlat ishtiroki mavjud bo'lm agan) yopiq iqtisodiyotda bunday doiraviy oqim firmalar va uy xo'jaliklari o'rtasida amalga oshiriladi (2-chizma).
Uy xo'jaliklari ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan barcha iqtisodiy resurslarni
resurslar bozoriga yetkazib beradilar, korxonalar esa avvaliga bu resurslani sotib
olib turli xil mahsulotlarga, xizmatlarga aylantiradilar, so'ngra esa ularn tayyor
mahsulotlar va xizmatlar bozoriga yetkazib beradilar. Ayni paytda "resurslar – tovarlar va xizmatlar" oqimiga qarama-qarshi yo'nalishda "daromadlar- xarajatlar"ning ham doiraviy oqimi amalga oshirilidi. Ya’ni, uy xo'jaliklari o 'zlari yetkazib bergan iqtisodiy resurslar evaziga daromad oladi hamda ulami tovarlar va xizmatlar iste'mol qilish uchun sarflaydilar. Yoki aksincha, korxonalar resurslar uchun sarf-xarajatlar qiladilar hamda tayyor mahsulotlarni sotish evaziga daromad oladilar.

2-chizma. Sof bozor iqtisodiyoti sharoitida "resurslar - mahsulotlar" va
"daromadlar - xarajatlar"ning doiraviy aylanishi modeli.
Bu yerda uy xojaligi resurslar bozori firmalar va tovarlar va xizmatlar bozorida pul hamda tovarlar aylanayotganini ko’rishimiz mumkin ularning vazifalari quyidagicha Bu chizma sof bozor iqtiosodiyoti sharoitidagi tya’ni davlat aralashuvisiz shunday ko’rinishda tashkil qilinishi kerak bo’ladi har bir hukumat ammo hozirgi makroiqtisodiy vaziyatda davlat aralashuviisiz bozor iqtisodiyoti tashkil qilib bo’lmaydi har qanday subyekt oz o’zini ta’minlab ozlari har qanday faoliyat olib boorish imkoniyatiga ega bo’lar edi
Firma (inglizchafirm — imzo) — korxonakompaniya, xoʻjalik va tijorat tashkilotlarining umumiy nomi. Xodimlar soni, mulk shakllari, huquqiy holati va boshqalarga koʻra xilma-xil Firmalar bor. Firmalarda band boʻlgan xodimlar soni 2—3 kishidan 20—30 ming kishigacha boʻlishi mumkin. Firmalar barcha mulk turlari negizida davlat, kooperativ, shirkat, jamoa tashkilotlari va maxalliy davlat idoralari, milliy va chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tashkil etiladi. Ular quyidagi turlarga ajratiladi: affilirlangan (qoʻshilgan) Firma — filial, shoʻʼba korxona shaklida yirikroq turdosh bosh korxona tarkibida faoliyat yuritadi; broker Firma — tijorat maqsadlarini koʻzlaydigan va mijoz topshirigʻiga koʻra va uning hisobidan vositachi sifatida faoliyat yuritadi; venchur Firma — kichik yoki oʻrta investitsion Firma hisoblanib, ilmiy tadqiqotlar va muhandislik ishlanmalarini amalga oshiradi; investitsion Firma — investitsiyalash va qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq operatsiyalarni oʻtkazadi; injiniring Firma muhandislikmaslahat koʻrsatishga ixtisoslashadi; innovatsion Firma — Firmaning ilmiy tadqiqot ishlari natijalari bazasida yangi texnologiyalarni yaratish uchun barpo etiladi; konsalting Firma — uning faoliyat sohasini maslahat xizmatlari koʻrsatish tashkil etadi; ishlab chiqarish Firmasi — aniq bir mahsulotni tayyorlash bilan shugullanadi; savdo Firmasi — savdovositachilik faoliyati bilan shugʻullanadi; rieltor Firma — koʻchmas mulk sohasidagi amallarda qatnashadi.
Hozirgi iqtisodiy hayotda Firmalarning asosiy qismi nisbatan kichik va mayda. Yirik Firmalar nisbatan mustahkam ishlab chiqarish, texnologik va xom ashyo bazasiga ega boʻlib, xalqaro mehnat taqsimotida faol ishtirok etadi, oʻrtacha Firmalar kooperatsiyalangan hamda ixtisoslashgan qismlar va detallar ishlab chiqarish sohasida, shuningdek, umumiy texnologik va texnik infratuzilma sohasida faoliyat koʻrsatadi. Mayda Firmalar, asosan, tovarlar ishlab chiqarish va aholiga xizmat koʻrsatish bilan shugullanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida 236,4 mingga turli Firmalar faoliyat koʻrsatdi

Download 315.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling