O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа tа’lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgik univеrsitеti


Download 282.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/20
Sana30.04.2023
Hajmi282.12 Kb.
#1415857
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Kitob 2051 uzsmart.uz

I.M.Dyakonov taklif qiladi. U tarixiy vaqtni hisobini neolit inqilobidan emas, 
zamonaviy odam Homo Sapiensning paydo bo`lishidan (shunga muvofiq tarixning 
katta bosqichi - deyarli 30 ming yil qo`shiladi) hisoblaydi; so`z sivilizatsiya 
to`g’risida emas, tarixiy jarayonlar fazalari (ularni insoniyatning hayot fazalari 
sifatida tushunish mumkin); alohida fazalar va jahon sivilizatsiyalarining 
muddatlari tushunchalari va mazmunini tushunishda farqlar bor. Endi sivilizatsiya 
dinamikasi va tuzilishiga batafsil to`xtalamiz. Sivilizatsiya tuzilishini kesilgan 
piramida ko`rinishida tasavvur qilamiz, qaysiki u vertical bo`yicha besh qavatni 
tashkil qiladi, ularning har biri o`z navbatida bir-birini to`ldiradigan unsurlarga 
ega. 
 
IJTIMOIY ONG (MA’NAVIY DUNYO) 
Fan
Madaniyat
Ta’lim
Axloq 
mafkura 
IJTIMOIY-SIYOSIY MUNOSABATLAR 
Ijtimoiy
Siyosiy
Milliy
Davlat
Huquqiy


Rasm. Sivilizatsiya piramidasi (jamiyatni tuzilishi) 
1. Piramidaning asosi, poydevori bolib odam xizmat qiladi, aniqrog’I – oila,
jamiyatning birlamchi bo`g’ini, uning molekulasi (qaysiki, o`z navbatida bo`limas 
atomlar - o‘zaro to`ldiradigan funksiyalarni bajaradigan oila a’zolaridan tuzilgan, 
bir kishidan iborat bo`lgan, ko`pgina funksiyalarni, lekin barcha funksiyalarni ham 
ODAM, OILA, XALQ, AHOLI 
Qobiliyat 
lar
Bilim 
Malaka -
ko`nikma
M
anfaat
lar 
(istak) 
Iroda
ISHLAB CHIQARISHNING IQTISODIY USULI 
Qayta ishlab chiqarishning
tuzilishi
Mulkchilik 
shakllari
Ayirboshlash
Taqsimot
Iqtisodiy 
boshqaruv
ISHLAB CHIQARISHNING 
TEXNOLOGIK USULI 
Mehnat
vositalari
Energiya 
manbalari
Mehnat 
predmetlari
Tabiiy 
resurslar
Texno- 
logi- 
yalar
Ehtiyojlar


bajarmaydigan bir kishidan iborat bo`lgan oila bo`lishi mumkin). Aynan oilada 
odamning biosotsial genotipini qayta ishlab chiqarish saqlanadi, odamlar avlodini
almashuvi yuz beradi, asosiy hayotiy ehtiyojlar qondiriladi, boshlang’ich bilim va 
ko`nikmalar orttiriladi (qaysiki, ta’lim tizimi keyin to`ldiriladi va rivojlanadi), 
insonning irodasi va qiziqishlari shakllanadi. Oilada ijtimoiy qayta ishlab 
chiqarishning boshlang’ich va oxirgi punktlari. Oilani o`z - o`zini saqlashi 
tushkunlar va o`tish davrining buzilishlari vaqtida buzg’unchiliklarni boshlanishiga 
chegara qo`yib, ularni betaraf qilishga asos bo’lib xizmat qiladi. Oilani buzilishi 
oxir - oqibatda atomlashgan jamiyatni aynishi va halokatiga olib keladi.
Oilalarning to`plami demokrafik qonunlar bo`yicha rivojlanadigan, 
jamiyatning ehtiyojlar tuzilishi va umumiy hajmini belgilaydigan xalq aholini 
tashkil qiladi. Aholini umumiy soni, uni o`sish suratlari, hududda aholini 
joylashuvi ko`p hollarda jamiyat taraqqiyoti darajasini va unda to`planib qolgan 
qarama -qarshiliklarni belgilaydi. 
Sivilizatsiyalar tarixi neolit davrida monogam (yaqin qarindoshlarni bir 
necha avlodlarini o`z tarkibiga olgan katta oila) oilani ijtimoiy - iqtisodiy birlik 
sifatida shakllanishidan boshlandi. Har bir yangi sivilizatsiya bilan oilaning tarkibi 
va funksiyasi uning moddiy va ma’naviy qayta ishlab chiqarishdagi roli o`zgaradi. 
Oila – jamiyatning asosiy qayta ishlab chiqaruvchi bo`g’ini. Unda 
odamni qayta ishlab chiqarish nafaqat bosh ishlab chiqarish kuchlarni, balki 
ijtimoiy qayta ishlab chiqarishning maqsad va mohiyati amalga oshiriladi. Hozirgi 
jamiyatda uy xo`jaligida foydali mehnatni 30-40 % gacha sarflanadi. Shaxsiy 
tomorqa xo`jaligida oila istemol qiladigan oziq - ovqatni bir qismi yaratiladi, uyda 
esa shaxsiy xizmatlarni (uyni tozalash, ovqat tayyorlash, kir yuvish, tarbiya, 
ta’mirlash va boshqalar) asosiy qismi amalga oshiriladi. 
Oila sivilizatsiyaning poydevorini saqlashdan chetlashmaydi. Inson 
individ, shaxs sifatida o`zining ma’naviy dunyosiga ega, oiladan, jamiyatdan 
axborot oqimi va energiyani simirib oluvchi, bu oqimlarni o`zgartirilgan holda 
qaytarib beruvchidir. Har bir kishi individual, takrorlanmas, lekin u jamiyatning 
oynasi, atomi bo`lib xizmat qiladi. Jamiyatsiz odam yo`q, odamsiz jamiyat yo`q. 
Jamiyat tarixi – bu ko`pgina odamlarning, ularni taqdirini, anglangan harakatlari 
tarixidir. 
Sivilizatsiyalar tarixi, jamiyatning dinamikasidagi bosqichlar – bu
izchil, to`la ziddiyatli hamkorlik va ko`pgina shaxslarning kurashidir, ularning
ongi va faoliyatida tarixiy qonuniyat yaqqol ko`rinadi, merosiy genotip saqlanib 
qoladi va boyiydi, jamiyatni bir tarixiy bosqichdan boshqasiga harakati yuz beradi. 
Alohida odam ko`p qiyofali, o`zgaruvchan, ba’zida sirli va o`z hatti - harakati va 
intilishlarida tushunib bo`lmaydigan, lekin aynan millionlar va milliard - 
individlarning hamkorligi va qarama - qarshiligidan tarixiy jarayonlarning yurishi 
qaror topadi. 
2. Sivilizatsiya piramidasining keyingi qavati - ishlab chiqarishining 
texnologik uslubi - jamiyatda foydalanadigan texnologiyalar, ishlab chiqarishning 
tashkil etilishini shakl va tamoyillari, ishlab chiqarish vositalari hamda tabiiy 
ishlab chiqarish kuchlarining to`plami ifodasidir. Insoniyat jamiyatining birinchi 
bosqichlarida davrlar arxeologlar va tarixchilar tomonidan asosiy materiallardan 


foydalanib tayyorlanadigan (tosh, jez, temir) mehnat qurollari bilan davrlar 
farqlanadi. Energiyaning asosiy manbasi insonning muskul kuchi, keyin esa 
hayvonlarning kuchi edi; insonning tabiat kuchlariga to`la qaramligi bilan 
mehnatning oddiy kooperatsiyasi yetakchi edi. Inson qadamma – qadam sun’iy 
dunyoni shakllantirdi, yanada murakkab mehnat qurollar, keyin mahshinalar, 
murakkab texnik tizimlar, energetikani, endi esa boshqaruv va nazorat 
funksiyalarini o`zlari kashf qilgan priborlar, programmalashtirilgan nazorat 
tizimlariga berdi. Ichki ishlab chiqarish, sohalararo hududiy mehnatni ijtimoiy 
taqsimoti yuz berdi; korxona, hududlar, mamlakatlar, jahon xo`jaligi yanada 
ko`proq integratsiyalashgan yaxlitlik belgilarini ola boshladi. 
Bir sivilizatsiyadan boshqasiga o`tishda ishlab – chiqarishning 
texnologik uslubi o`zgaradi, ishlab – chiqarish vositalari to`plamidan va uni 
tashkil qilish usullaridan foydalanadigan – texnologik inqilob yuz beradi. Lekin 
ishlab – chiqarishning bu usuli doirasida sifat o`zgarishlari yuz beradi, texnik 
tizimlarni energetic manbalari va umumiy tamoyillariga asoslangan, bu tizimlarga 
mos ishlab chiqarish shakllariga mos sifat o`zgarishlari yuz beradi. Ishlab 
chiqarishning industrial usuli qaysiki uni boshlanishini sanoat inilobi boshlab 
berdi, besh texnologik ukladlarni o`z ichiga oladi. Ulardan birinchisi manufaktura 
ishlab chiqarish usulidan meros olingan texnikada quriladi; ikkinchisi - to`rtinchisi 
ishlab chiqarishning industrial usulini o`z -o`zini rivojlanishini tizimli bosqichini 
ifodalaydi, zamonaviy beshinchi XX asr oxirida rivojlangan mamlakatlarda 
yetakchi bo`lgan postindustrial ishlab chiqarishni texnologik usuliga o`tish bo`lib, 
uning ilk unsurlarini o`zida olib borib XXI asrda o`z asosida rivojlanadi. Har bir 
texnologik uklad o`z navbatida, 10 yil davomida bir – biri bilan o`zaro bog’langan 
texnika avlodlarini o`z ichiga oladi, ularning har biri yirik kashfiyotni ba’zida 
yangilikni amalga oshiradi. Hozirgi zamon uchun hisoblash, lazer, kosmik, raketa 
texnikasini ko`rsatish mumkin. Har bir avlod umumiy texnologik tamoyil ko`pgina 
madvikatsiyalar va texnika modellarni amalga tadbiq qiladigan yana yuqori 
darajadagi (ilmiy texnika yo`nalishidagi) texnologik siklini shakllantirish va 
joylashtirish bosqichi bo`ladi. Ishlab chiqarishning aralash texnologik usullari, 
texnologik ukladlari, texnikaning avlodlari umumiy dalalar, har xil faoliyatning 
o`tish davrlarini hosil qiladi, bu uzluksiz texnik progresni ta’minlaydi. Shu bilan 
bir vaqtda texnikani yangi avlodini, texnologik uklad va ishlab chiqarish usulini 
qaror topishi navbatdagi texnik progress, u yoki bu masshtabdagi va chuqurlikdagi 
texnologik to`ntarishni belgilaydi.
Qarama – qarshiliklarga quriladigan bir-birini almashtiradigan tamoyillardagi 
texnikaning o`tish avlodlari, o`tish texnlogik ukladlar samarasi pastdir. Yanada 
yuqori darajada turadigan, texnologik siklni o`rtasidagi, uni yetuklik fazasini 
ifodalaydigan, unga joylashtirilgan potensialni to`la amalga oshiradigan avlod va 
ukladlar ko`proq samarali bo`ladi. 
Texnika taraqqiyotidagi bosqichlar insonning bilish, bilimlarini moddiylashuvi 
texnologik ko`nikmalarini aks ettiradi va o`z navbatida uning ishlab chiqarish 
qobiliyatlarini rivojlanishiga yangi bo`shliqlar ochadi. 
3. Jamiyat piramidasining navbatdagi qavati ishlab chiqarishning iqtisodiy 
usuli, iqtisodiy (ishlab-chiqarish) munosabatlari tuzulmasi. Uning asosiy unsurlari: 


qayta ishlab chiqarish tuzilishi; mulkchilik shakllari, ishlab chiqarish vositalari va 
uning natijalarini (o`zlashtirish) ishlab chiqarilgan mahsulotni qayta ishlab 
chiqarish ishtirokchilari, jamiyat a’zolari o`rtasida taqsimlash usullari; 
ayirboshlash usullari, jamiyatda ishlab chiqarilgan mahsulotni aylanishi, iqtisodiy 
boshqaruv shakllari, alohida xodimlar, qayta ishlab chiqarish birliklarini eng 
samarali usullarga undovchi boshqaruvchi va motivatsiya mexanizmi. Har bir 
sivilizatsiyaga ma’lum bir mos qayta ishlab chiqarish unsurlari va sohalar, 
iqtisodiy munosabatlar tuzumi mavjud.
Neolit sivilizatsiyasini jamoa mulki, teng taqsimot, natural ayirboshlash, 
ijtimoiy mehnat taqsimotining ilk shaklidagi mehnat faoliyatini bevosita 
boshqarishga asoslangan edi. Ilk sinfiy va antik sivilizatsiya xususiy 
o`zlashtirishga (yakka, yoki jamoa). Ishlab chiqarish vositalari va xodimlarni erkin 
dehqonlar va hunarmandlarni jamoa va kichik xususiy mulk aralashgan holda 
qullar uchun kam ulush, tovar ayirboshlashni o`sishi (ijtimoiy ishlab chiqarish 
mahsulotining bir qismini qamrab oladigan), dehqon oilalarini shaxsiy mulki 
sifatida mehnat qurollariga egaligi, noiqtisodiy majburlash va (sun’iy sug’orish
tizimini qurish, boshqarish, piramida, saroylar, ibodatxonalarni qurilishi). 
O`rta asrlar va industrial sivilizatsiyalar uchun yer va qisman ishlab 
chiqarish xodimlariga (qaram dehqonlar va hunarmandlar), toifaviy - feodal (“ko`p 
etajli”) egalik, dehqon oilalarini mehnat qurollariga shaxsiy egaligi, “Erkin 
shaharlar”da sanoat, qurilish, savdoda yollanma mehnat unsurlari bilan yarim 
burjua mulkchiligi, rivojlangan bozor - pul mexanizmini shakllanishi xosdir. 
Industrial sivilizatsiyalar uchun kapital va yollanma mehnat, bozor munosabatlari 
hukmronligiga asoslangan iqtisodiy tuzum xos. 
Ishlab chiqarishning iqtisodiy usuli o`z taraqqiyotida uning hayotiy sikli 
fazalariga javob beradigan ma’lum bosqichlarni bosib o`tadi. 
“Sof” ko`rinishda iqtisodiy munosabatlar bo`lmaydi. Har bir davrda turli 
iqtisodiy ukladlar bir - birini to`ldiradi va qarama - qarshi turadi: yetakchi bu 
ishlab chiqarish usuli yoki uning fazalari; eski, ilgari yetakchi bo`lgan 
ukladlarning kam yoki ko`p qoldiqlari; tarixiy vaqt, vaqt ham kelmagan 
tug’ilayotgan kelajak uklad kurtaklari. O`tish davrlarida ketayotgan va kirib 
kelayotgan ukladlarning nisbatan muvozanati va keskin qarama - qarshiligi 
kuzatiladi, shuning uchun bu yerda aralash iqtisodiyotning yetakchiligi to`g’risida 
gapirish to`g’riroq bo`ladi. 
4. Ijtimoiy - iqtisodiy tizim - sivilizatsiya piramidasining navbatdagi 
qavati - ijtimoiy munosabatlarning murakkab tizimini ifodalaydi. Unga ularning 
quyidagi ko`rinishlarini keltirish mumkin: 
a) Aholining turli guruhlari o`rtasidagi ijtimoiy munosabatlar - jins 
yosh (erkaklar va ayollar, bolalar, kattalar va keksalar) ijtimoiy qayta ishlab 
chiqarishda va mehnat taqsimotida turli o`rinlarni egallaganlar (turli sinflar, 
jismoniy va aqliy mehnat kishilari, shahar va qishloq aholisi); ta’lim darajasi va 
boshqa (turli dinlarga mansub ruhoniylar va dindorlar). 
b) Etnik va milliy – bir hududda (mamlakatda) yashovchi va 
madaniyat, iqtisodiyot, tarixiy an’analar, til birligiga ega bo`lgan odamlar guruhlari 
o`rtasidagi; turli irqlar, millatlar, milliy guruhlar o`rtasidagi; 


s) Siyosiy alohida ijtimoiy guruhlar, sinflar, mamlakatlar, etnoslar, 
manfaatlarini himoya qiladigan, yoki boshqa siyosiy kuchlar bilan hamkorlikda 
yoki qarama - qarshilikda, shu bilan birga bu qarama - qarshiliklar qurolli 
to`qnashuvlar, urushlar, mustamlakachilik bosqinlarining o`rta shakllarini olishi 
mumkin. Ichki siyosiy munosabatlar (bir davlat, mamlakat ichida) va tashqi 
siyosat (turli mamlakatlar o`rtasidagi) farqlanadi. 
d) Davlat – huquqiy - davlat hokimiyatining turli shakllarida aks 
etuvchi, uning huquqiy norma tizimlarida amalga oshiruvchi davlat va huquqni 
himoya qiluvchi organlarni ularga rioya qilishni ta’minlaydigan. Davlat mamlakat 
ichida turli funksiyalarni (qayta ishlab chiqarishni, huquq - tartib, aholini ma’lum 
bir qatlamlarini qo`llab - quvvatlash, davlat tuzumini o`zgartirishga
urinayotganlarni bostirish) va boshqa mamlakatlarni bosib olish, tashqi iqtisodiy 
munosabatlarni tartibga solish va boshqalar) bajaradi; tegishli huquqiy boshqarish 
bilan farqlanadi. Har bir sivilizatsiya o`z tuzumi va ijtimoiy - siyosiy 
munosabatlarning taraqqiyot darajasiga ega. Bu sohalarning asta - sekin 
kuchayishi, munosabatlarning yangi ko`rinishi va tiplarini paydo bo`lishi umum - 
tarixiy qonuniyatdir. Agar neolit sivilizatsiyasida yosh jins guruhlari o`rtasidagi,
ijtimoiy mehnat taqsimotining (chorvadorlar, dehqonlar) qo`shni jamoalar,
birinchi bosqichlari o`rtasidagi munosabatlar yetakchi o`rin egallagan bo`lsa, 
keyingi bosqichda esa munosabatlar yanada ko`p marta murakkablashdi; sinflar, 
siyosiy guruhlar, davlatlar, huquqiy tizimlar, davlat boshqaruvi paydo bo`ldi, 
soliqlar yig’ish bilan, qo`shinda xizmat qilish, madaniyat sohasida xizmat 
qiluvchilar bilan shug’ullanadigan odamlar qatlami ajralib chiqdi. Bu jamiyatni 
shakllanishida, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda muhim rol o`ynadi. Har 
bir keyingi sivilizatsiyada bu muassasalar ajraldi, takomillashdi. U keyin ham 
saqlanib qoldi: tarixiy tajriba shuni ko`rsatadiki, sinflar va davlatni o`lishi ham yuz 
bermaydi. Davlatni yo`q bo`lib ketishi, sinfsiz jamiyat tushunchalari markscha 
ta’limotni asosiy tamoyillaridan biri edi. Davlatning funksiyasi xilma-xil, u 
jamiyat o`z - o`zini tashkillashtirishni kutilgan natijasi edi, u ijtimoiy 
munosabatlardagi boshboshdoqlik va tartibsizlikka qarama - qarshi turadigan 
shakl edi. Sivilizatsiya siklining har xil fazalarida ijtimoiy - siyosiy sohalarni 
tartibga tushgan darajasi bir xil emas. O`tish davrlarida ijtimoiy qarama -
qarshiliklar turli siyosiy partiyalar, davlatlar o`rtasidagi kurash keskinlashadi, 
inqiloblar, fuqaro va davlatlararo urushlar ketma - ket o`ta keskin tusgacha chiqadi, 
davlat apparati bir qismining 
buzilishi xollari?
huquqiy tizimni, siyosiy 
muassasalarni o`zgarishi bilan ijtimoiy - siyosiy sohaning liderlarini almashuvi 
yuz beradi. Ijtimoiy - siyosiy sohada, to`z - to`polon, qonunsizlikning o`sishi, 
jinoyatchilikning kuchayishi kuzatiladi; urushlarda, inqiloblarda aholini bir qismi 
halok bo`ladi. Sivilizatsiya siklining keyingi fazalarida o`tish davrining to`z - 
to`polonlaridan insonda, ishlab chiqarishning texnologik va iqtisodiy usullaridagi
tubdan o`zgarishlarga javob beradigan ijtimoiy - iqtisodiy sohaning yangi tartibga 
solinishi tug’ladi. 
5. Sivilizatsiya piramidasining yuqori qavati insonning ma’naviy dunyosi 
ijtimoiy qavati ongning tuzilishi qanday? 


Bu eng avvalo, insoniyatning bilim sohasi, qaysiki vaqt o`tishi bilan 
jamiyatni, insonni o`zini taraqqiyoti qonuniyatlarini o`rganadigan boshda sof 
empiric, keyin esa, abstrakt vaqt o`tishi bilan tartibga solingan bilim – fan edi. 
Ijtimoiy ong qachon odam (alohida individ emas, individlar to`plami sifatida) 
o`zini o`rab turgan borliqdan ajrata olgan paytdan, o`zini o`rnini bilishi va bu 
bilimlarni o`z - o`zini saqlab qolish va rivojlanishi uchun maqsadli foydalana 
olishdan boshlanadi. Sekin - asta ijtimoiy, tabiiy va texnik fanlar paydo bo`lib 
boyib bora boshladi. Ijtimoiy zakovatning qudratli to`lqini uning yadrosi ilmiy 
bilim insonni o`z - o`zini rivojlanishini, jamiyatni dinamik taraqqiyotini va uni 
tarixiy spiral aylanishlari bo`yicha harakatiga birinchi manba sifatida chiqdi. 
Agar fan – o`ng yarim sharning faoliyatini to`plangan natijasi bo`lsa, 
madaniyat esa – o`ng yarim sharning faoliyati mevasi, atrof - dunyoni aniq obrazli
xissiy qabul qilishdir. U o`ziga estetik baholash, go`zallik va xunuklikni qabul 
qilish, tabiatni mukammalligi va insonni go`zalligini tushunishdir. Madaniyat 
tarkibiga san’atning (tasviriy san’at, haykaltaroshlik, me’morchilik, musiqa, vokal, 
xoreografiya, teatr), qaysiki ulardan bir nechasi paleolit davrida (qoyatosh 
tasvirlari, raqs, qo`shiq aytish) adabiyot paydo bo`ldi, XX asrda esa faqat kino, 
videosan’at paydo bo`ldi; ommaviy axborot vositalari va kitob bosish keyinchalir 
rivojlandi. Madaniyatning boyligi va turli xilligi o`rab turgan dunyoni keng 
qamrovli qabul qilishga, uni samarali transformatsiya qilishga yordam beradi. 
Ma’naviyat sohasidagi yana axloq normalari, har bir kishini yurish -
turishini estetik baholash, uni boshqa oila a’zolari va ijtimoiy guruhlar bilan o`zaro 
munosabatlari kiradi.
Axloqiy normalarning mezoni – har bir kishining yurish - turishida nima 
yaxshi, nima yomon; ularsiz jamiyat yashay olmaydi. Bu yurish - turish qoidalari 
oilaviy, milliy an’analarda, diniy qonunlarda, davlat uchun muhim bo`lgan huquq 
normalarida singdiriladi.
Nihoyat kishini, odamlar guruhini siyosiy partiyalar, davlat, ularni 
faoliyatini maqsadlari majmuasi bo`lgan mafkura ham ijtimoiy ong tarkibiga 
kiradi. Mafkura diniy shaklda ham mavjud bo`ladi. 
U yoki bu sivilizatsiyaning ma’naviy hayotining barcha sohalari o`zaro 
aloqada, chambarchas bir - biri bilan bog’langan ijtimoiy ongning hayotbaxsh 
harakatida ma’lum bir bosqichni ifodalaydi. O`tish davrlarida ma’naviy soha 
tubdan “tozalanadi”. Eskirib qolgan ilmiy paradigmalar yemiriladi, badiiy uslublar 
ta’limning mazmuni, uslublari va tashkiliy shakllari o`zgaradi, axloq normalari 
yangilanadi, mafkuraviy oqimlarning eskilari siqib chiqariladi, ularni o`rniga 
yangilari, diniy e’tiqodlar va boshqalar shakllanadi. 
Ma’naviy dunyoni vaqtinchalik to`s-to`polon qamrab oladi, qachonlardir 
uloqtirib tashlangan xurofotga berilish qayta tug’iladi, ijtimoiy ongda yuzaga 
kelgan bo`shliqni to`ldirish uchun shafqatsiz kurash boshlanadi. Keyin ma’naviy
tushkunlik bartaraf etiladi; ijtimoiy ongning yangi mazmuni qaror topadi, 
tarqaladi va takomillashadi, u hozircha navbatdagi tushkunlik yuz bermaguncha 
yashaydi. Sivilizatsiya piramidasi shunday umumiy ko`rinishda ko`rinadi. 



Download 282.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling