O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа tа’lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgik univеrsitеti
Download 282.12 Kb. Pdf ko'rish
|
Kitob 2051 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol va topshiriqlar
Tayanch iboralar: Sivilizatsiya, sivilizatsiya piramidasi, mafkura, ishlab
chiqarish usuli, iqtisodiy usul, ijtimoiy ong, tarixiy burilish, tarixiy jarayon, lokal sivilizatsiya, jahon sivilizatsiyasi, A.Toynbi, O.Shpengler, S.Xantington, N.Berdyayev, I.M.Dyakonov. Savol va topshiriqlar 1. “Jahon sivilizatsiyasi” tushunchasini ochib bering va u “ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya” tushunchasidan nima bilan farq qilishini tushuntiring. 2. Jahon va lokal sivilizatsiyalar dinamikasidagi o`zaro aloqasi qanday? 3. “Sivilizatsiya piramidasi”ni tuzilishini tavsiflab bering. 4. “Sivilizatsiya piramidasi” qavatlaridan qaysi biri jamiyat taraqqiyotida, jahon sivilizatsiyalarini almashuvida yetakchi o`rinni egallaydi? 5. Sivilizatsiyalarga tarix falsafasi nuqtai - nazaridan taxlil qilgan taniqli olimlarning konsepsiyalarini ko`rsating? SIVILIZATSIYALAR ALMASHUVI MEXANIZMI Nima uchun sivilizatsiyalar almashadi? Chunki hukmron sivilizatsiya unga berilgan tarixiy muddatni tugatdi, o`z kuchini tugatdi, o`z hayotiy siklini so`nggi fazasiga kirdi. Boshlanishda u yosh to`la kuchga egaligi bilan aholining o`sib borayotgan ehtiyojlarini to`la qondirdi, iqtisodiy o`sishning yuqori darajasiga va ma’naviy sohani kotarilishiga yordam berdi. Lekin, keyin bu imkoniyatlar tugadi. Texnologik, iqtisodiy, ijtimoiy - siyosiy mexanizmlar, ilmiy - texnik, ta’lim va madaniy kuch - quvvatlar sezilarli eskirdi, to`zidi, tub yangiliklarni qabul qilmaydi. Ko`tarilish davrida o`sib borgan ehtiyojlar bilan uni qondirish uchun yanada cheklangan imkoniyatlar o`rtasidagi oraliq kuchayib boradi. Bu qarama - qarshiliklar sivilizatsiyaning butun hayot sikli davomida bir marta deb aytish mumkin emas. “Trayektoriya ko`proq “uch o`rkachli tuyani” eslatadi; odatda yuksalish uch marta kuzatiladi, uning orqasidan turg’unlik, tushkunlik yuz beradi. Sivilizatsiya dinamikasi trayektoriyasi. Fazalar: tug’ilish shaklining yetuklik, qarish, tushkunlik, o`lim/ 111, 112, 113-sivilizatsiyaning shakllanish, gullab-yashnash va keksayish fazalaridagi yuksalish bosqichlari. K1, K2, K3 o`sha fazalarda tushkunlik bosqichlari. Birinchi yuksalish – yangi sivilizatsiyaning shakllanish fazasida, tez tarqalishida nisbatan uzoq davo etmagan, lekin yuqoriligi kuzatiladi. Jamiyatning faol kuchlari yaratuvchanlik romantikasi bilan ruhlanganlar, yangilangan ishlab chiqarish kuchlari o`zlashtirish va taqsimot shakllari iqtisodiy o`sishning yuqori sur’atlarini tushkunlik vaqtida qiynalgan aholining turmush kechirish darajasi va sifatini yuqori bo`lishini ta’minlaydi. Lekin tezda yuksalish abadiy emasligi, u ko`p holda eski o`layotgan jamiyatning parchalarida ko`rilgani, muddati cheklangan yoshlik kuch – g’ayratiga asoslanganligi ko`rinadi. Sivilizatsiyaning ilk bosqichining birinchi tushkunligi, ko`ngil qolish davri kiradi. Bu tushkunlikni bosib o`tib, romantik xom xayollardan qutulib ulg’aygan jamiyat nisbatan uzoq va barqaror yetuklik fazasini ko`tarilish davriga kiradi, qachonki o`z xususiy asosi rivojlanayotganda bu sivilizatsiyaning mohiyati, asosiy belgilari va afzalliklari to`la hajmda ko`rinadi. Yetuklik fazasi ertami, kechmi nihoyasiga yetadi. Bu sivilizatsiyaga berilgan kuch - qudratni tugash belgilari quyuqlasha boshlaydi, boylikning kam ulushini olgan ijtimoiy qatlamlarning noroziligi kuchaya boshlaydi. Ijtimoiy mehnatning unumdorligini o`sish sur’atlari pasayadi, yetuklik fazasini tugallaydigan yangi tushkunlik boshlanadi. Biroq, bu sivilizatsiyani hali tugashi emas. Yemirilishni o`sib borayotgan belgilari bilan tetiklangan sivilizatsiya yangi sharoitlarga qo`llashga mos yangiroq davom etmaydigan va yuqori bo`lmagan yuksalishga qayta qurishlar uchun so`ngi urinishlarga o`zida kuch topadi. Lekin bu eskirgan kasal organizmni qayta jonlantirishga urinish, uning keksaygan organlariga “uchinchi yoshlik”ni berish mumkin emas. Uzoq davom etmagan yuksalish orqasidan navbatdagi sivilizatsiyaga o`tish davri boshlanganini bildirgan jamiyatning umumiy tushkunligi boshlanadi. Yangi sivilizatsiyani shart - sharoitlari va unsurlari o`tmishga ketayotgan, mahkum jamiyatning bag’rida tug’ilib o`zini bildirayotgan edi. Har qanday sivilizatsiyaning harakat trayektoriyasi ana shunday. Bu Qadimgi Sharqda Misr, Osuriya, Xett va boshqa bir necha davlatlar tarixida yaqqol ko`rinadi, qayerlarda yuksalish va o`tish davrlarining fazalari, og’ir yo`qotishlar bilan yuz berdi. Bu bosqichlarni industrial jamiyat misolida ham ko`rishimiz mumkin. Birinchi yuksalish XIX asr boshida kuzatildi, bu sanoat inqilobini yutuqlarini o`zlashtirish natijasi edi. Ikkinchi, uzoqroq (40-yillar tushkunliklaridan keyin) XIX asrning II yarmidan – XX asr boshlarigacha – industrial sivilizatsiyaning gullab - yashash yetuklik davri edi. Keyin ikki jahon urushlari va industrial jamiyatning so`nishini boshlab bergan og’ir jahon tushkunligining 30 yillik davri kirdi. Lekin, XX asrning 50-60 yillarida u yana bir yuksalish davrini boshdan kechirdi. Bu insoniyatni nihoyasiz gullab - yashnash davriga kirgani, tushkunliklardan xalos bo`lgani to`g’risida xom xayollarni tug’dirdi. Lekin XX asrning 70-80 yillar boshlaridagi va 90-yillar boshlaridagi jahon tushkunliklari bu xom xayollarni tarqatdi va ikki yuz yildan ko`proq davom etgan industrial sivilizatsiyani halokatga mahkumligini, postindustrial jamiyatni shakllanishi shubhasizligini ko`rsatdi. Sivilizatsiyalar almashuvi qanday yuz berdi? Sivilizatsiyalar almashuviga sabab bo`lgan o`zgarishlarning birinchi manbasini piramida poydevorida, insonda, uning ehtiyojlari va qobiliyatlari - bilimlari, malaka, manfaatlari dinamikasidan izlash zarur. Biologik va ijtimoiy jihatdan oila, alohida odamning ehtiyojlari o`zgaradi. Odamlarning har bir yangi avlodi ehtiyojlarni qondirishni erishilgan darajasiga suyangan holda oziq - ovqat, kiyim, uy - joy, taqinchoqlarga va hokazo yangi talablar qo`yadi. Oilalar iste’mol qiladigan mahsulotlarni, xizmatlarni ishlab chiqarish uchun qo`shimcha tabiiy xomashyo, buyumlar, mehnat qurollari, energiya manbalarini jalb qilish kerak. Aholi sonini o`sishi, ijtimoiy kelishmovchiliklar va urushlar - boshqaruv, mudofaa, tartibni saqlash ehtiyojlari uchun ijtimoiy ehtiyojlar doirasini kengaytiradi. Ma’naviy shadagi ehtiyojlarni o`sishi cheksiz, yangi hududlarni, ko`pincha noqulay iqlim sharoitlari bilan yangi hududlarni o`zlashtirish qo`shimcha ehtiyojlarni keltirib chiqaradi. Atrof - muhitni ifloslanishi, jamiyatni faoliyati tufayli biosferaga yetkazilgan zarar, ishlab chiqarishni tabiiy shart - sharoiti va odamlarni hayoti uchun g’amxo`rlik qilish doirasini kengaytiradi. Inson, oila, jamiyatning ehtiyojlar tuzilmasini murakkablashuvi va hajmini o`sishi jamiyat piramidasining barcha qavatlarida o`zgarishlar uchun turtki beradi. Odamlarning ehtiyojlarini o`sishini umumijtimoiy qonunni – modiy va ma`naviy, shaxsiy, ishlab - chiqarish va harbiy, joriy va istiqboldagi - to`g`ri chiziqda tushunish kerak emas. Ehtiyojlar bir tekisda o`smaydi, u o`z sikllik xususiyatiga ega. Yangi sivilizatsiyani shakllanish davrida iqtisodiy o`sish sur`atlarining kuchli o`sishi va jamg`arish, ba`zida tez sur`atlar bilan o`sib borsada, o`sib borayotgan boylik hajmi bir qismi ehtiyojlarni qoplashga sarflanadi. Aholini barcha qatlamlari bir xil sur`atda bo`lmasada, boyib boradi. Lekin yetuklik fazasida kutish – umidlar oqlangani umri qisqaligi ko`rinadi. Istemol jamg`armasining o`sish sur`atlari sekinlashadi, yangi avlodning o`tmish o`sish sur`atlari bilan qamchilangan, ehtiyojlari esa o`sib borayotgan talablarni qo`yadi, qaysiki u to`la hajmda qoniqtirilmaydi. Turli ijtimoiy qatlam va guruhlar o`rtasida sekin sur`atlar bilan o`sayotgan boylikni qayta bo`lish uchun kurash kuchayadi. Ijtimoiy qarama - qarshilik va kelishuvlar kuchayadi. Hukmron elita yaqinlashib kelayotgan ijtimon bo`ronlari yer osti qimirlashlarini his qilib ularni sekinlatishga urinadi, norozi ommaga “non va tomoshalar” tashlashga harakat qiladi, shu bilan birga tashqi manbalar, militorizm, ta`sir doiralari va hududlarni qayta taqsimlashni qo`llashga harakat qiladilar. Bu harbiy sohani kuchayishiga olib keladi va yaratilgan milliy boylikda shaxsiy istemol jamg`armasini hissasini yanada kamayishiga olib keladi. Bunday yo`lning istiqboli yo`qligi umumsivilizatsiya tushkunligi davrida ochiq ko`rinadi. Ishlab – chiqarishning tushkunligini boshlanishi turmush darajasini pasayishiga, va keyin aholining ko`pchilik qatlamlarini kambag`allashuviga olib keladi. Davlat aholining yordamga muhtoj qatlamlariga yordam berishga urinadi, lekin uning imkoniyatlari daromadlarni qisqarishi va byudjet taqchilligi bilan cheklangan. Qo`shimcha emissiya, muomalaga qo`shimcha pul masalasini tanlashga to`g`ri keladi, bu inflyatsiyani kuchaytirib aholini ko`pchilik qismini qashshoqlashuviga, investitsiyalarni qadrsizlanishiga olib keladi. Boylikni qayta taqsimlash, asosan “soyadagi iqtisod” foydasiga kuchayadi. Ehtiyojlar tushkunligi oqibati bir xil emas. Bir tomondan resurslar imkoniyatlari bilan oqlanmagan, asossiz yuqori parazitik ehtiyojlar “yuviladi” (bu XX asrning 70-yillarning oxiri - 80-yillar boshlarida rivojlangan mamlakatlarda yuz berdi). Jamiyatning cheklangan resurslari va o`zgargan sharoitlarga mos yangi ratsional istemol modeli shakllantiriladi. Bilim va ko`nikmalarni yangilash faollashadi, noqulay muhitda jon saqlash va rivojlanish samarali yo`llari va shakllari izlanadi. Boshqa tomondan jamiyat a`zolarining ko`payib borayotgan qismi tirikchilik uchun ishlashdan mahrum bo`ladi, ishsizlar, uysizlar toifasiga tushib qoladi, jinoyat dunyosini to`ldiradi. Parallel ravishda o`zgarishlar sivilizatsiya piramidasini yuqori qavatini – ma`naviyat sohasini qamrab oladi. Ijod kishilari, o`qituvchilar, vrachlar, olimlar boshqalardan oldin ahvol og`irlashayotganini sezadilar. O`tmish to`ntarish g`oyalrini o`zida singdirgan, qaysiki uni bayrog`i ostida hozir hukmron jamiyat shakllangan, ular boshqalardan ko`ra ko`proq bu g`oyalar va amaliy hayot to`g`ri kelmasligini ko`proq his qiladilar. Yirik yangi g`oya va yirik kashfiyotlarga talab deyarli bo`lmaydi – ular ulkan sekin harakat qiluvchi davlat Mashinasi va Monopolliyalarning eskirgan texnik tizimlari bilan rad qilinadilar. Tushkunlikdan chiqish uchun ko`plab yangi g`oyalar, konsepsiyalar ilgari suriladi, lekin ularning ko`pchiligi aldandan ma`lum edi. Lekin asta-sekin ilmiy merosda qadryatlar tizimida yangi ijtimoiy ideal shakllana boshlaydi va uning tarafdorlari ko`payib boradi va nihoyatda jamiyatning faol qismini ergashtiradi. Hammadan kech ijtimoiy ongni yemirilishiga ta`lim tizimi javob beradi; qachonki yangilangan bilim va g`oyalar, maktab va o`quv darsliklariga kiritilsa, ma`naviy sohadagi tushkunlik tugallangan deb hisoblash mumkin. Sivilizatsiyalar almashuvi jarayoni piramidaning quyi va yuqori qavatlaridan, ehtiyojlar va ma`naviy dunyo tushkunligidan boshlanadi, sub`ektiv omildan kelib chiqadi. Lekin u ishlab - chiqarishning texnologik va iqtisodiy usullarida va ijtimoiy - siyosiy tuzumda tub o`zgarishlar bo`lmasa amalga oshmaydi. Jamiyatning texnologik bazasi eng katta inersiyaga ega. Bu ajablanarli emas, texnologik tizimlarni (zavodlar, inshootlar, kommunikatsiya qurilish, mashinalarni loyihalash, ishlab - chiqarish va ekspluatatsiya qilish, tabiiy boyliklarni o`zlashtirish) ulkan mablag`lar ajratiladi, qaysiki ular o`zini qoplashi kerak. Kashfiyotlar yangi texnologik tizimlarga joriy etilishidan oldin sinchiklab amaliy samaradorligi ekspertizadan o`tkaziladi. Buning uchun ishlab - chiqarish infrastrukturasi qiyofasini o`zgartirish, xodimlarni qayta tayyorlash, eskirgan mashinalarni almashtirish, ishlab - chiqarishni tashkil etishni samarali shakllarini tadbiq etishi lozim bo`ladi. Texnologik bazani qayta qurish ishlab – chiqarishni qisqarishi, eskirgan ishlab - chiqarish apparatini to`la yuklanmagani va almashtirish, asosiy jamg`armalarni tubdan yangilash bilan bog`liq. Texnologik tushkunlik va to`ntarish – sivilizatsiyalar almashuvi mexanizmining o`zgarmas unsirlaridir. Shu bilan birga ular ishlab - chiqarish va texnikani qo`llashning barcha sohalarini qamrab oladi va to`ntarish ekitsentridan periferiyaga ko`chadi. Dastlab ishlab - chiqarishning eski va yangi texnologik uslublarini qamrab olgan o`tish gibrid texnologik uklad paydo bo`lgan. Faqat keyingi bosqichda yangi sivilizatsiyaning texnologik bazasiga to`la hajmda mos uklad shakllanadi. Texnologik sohadagi o`tish bosqichi doirasi bizning davrimizda taxminan bir yarim asr vaqtni tashkil etadi. Texnologiya iqtisodiyot bilan ajralmas bog`langan. Jamiyatning texnologik asosidagi tub o`zgarishlar ishlab - chiqarishning iqtisodiy usulida siljishlarga olib keladi, qaysiki qayta ishlab - chiqarish tuzilmasida o`z ifodasini topadi. Turli qayta qurish sektorlari orasida proporsiyalar o`zgaradi. Tushkunlik sharoitlarida iste`mol sektorining hissasi - oraliqdagi ulushlarning (xomashyo, buyumlar, yoqilg`i, energiya) harbiy, investitsiya va intellektual sektorlar, qoplash (amortizatsiya) va jamg`armalarning qisqarishi hisobidan o`sadi. Harbiy konfliktlar harbiy sektorning ulushini yana ko`paytirib yuborishi mumkin. Iste`molni jonlanish fazasida texnologik bazani qayta qurish investitsiya va intellektual sektorlar ulushini ko`payishini talab qiladi, bu ishlab – chiqarishni o`sishini boshlanishi bilan yengillashadi. Tushkunlik sharoitida qo`shimcha mahsulot ulushi pasayadi, shaxsiy daromadlar zaruriy mahsulotni to`la kattaligini aks ettirmaydi, asosiy jamg`armalarning (qaysiki sezilarli qismi chiqib ketadi) ko`chirilgan qiymati amortizatsiyada o`z ifodasini topadi. Keyingi fazada qayta ishlab - chiqarishning samaradorligini oshishi orqasidan qo`shimcha mahsulotning normasi o`sadi, bu jamg`arma fondini ko`paytirib, bir vaqtni o`zida yangi texnologiya bazasida ishlab – chiqarish va mahsulotni yangilashga imkon beradi. Investitsiya kompleksini ulushi ham tegishli o`sadi. Har bir sivilizatsiya ishlab – chiqarish munosabatlari tizimiga – (mulkchilik) o`zlashtirishning shakllariga taqsimot, ayirboshlashga sifat o`zgarishlarini kiritadi. Bu o`zgarishlar o`z birinchi manbasi insonga ega ishlab - chiqarishning ma`lum texnologik tashkiliy shart – sharoitlarida optimal manfaat, motivatsiya mexanizmi yaratish zarur. Neolit sivilizatsiyasi uchun bir necha ishlab -chiqarish vositalariga o`zlashtirishni jamoa usulidan muqarrar edi, asosan bir tekisdagi taqsimot, tovar almashuvining ilk ko`rinishi mavjud edi. Ammo o`shandayoq kamon, o`q, nayza ovchining shaxsiy mulki edi, oila, jamoalar o`rtasida ham mulkiy tengsizlik paydo bo`la boshlagan edi. O`zlashtirish va taqsimotning bir tekisda teng taqsim bo`lishi unumdor ishlaydigan oila, mohir jangchining qo`shimcha topgan mahsuloti bilan rag’batlantirishning yo`qligi jamiyat taraqqiyotiga to`siq bo`ldi. Xususiy mulkchilikni paydo bo`lishi uning shakliga mos notekis taqsimot va ayirboshlash progressiv omil edi. Iqtisodiy munosabatlarning keyingi har bir shakli shu sivilizatsiya chegarasida bir qadam olg`a tashlash edi. Industrial sivilizatsiyaning oxirida bevosita ishlab chiqaruvchining o`z mehnati natijalaridan begonalashuvi yuz berdi. Buning sababi davlat monopolistik taziyqini qayta ishlab – chiqarish jarayonida ijtimoiy boylikni taqsimlash, qayta taqsimlashga aralashuvi yuz berdi va insonning, ishlab-chiqarish texnologiyasi bazasini navbatdagi bosqichga o`tishiga xalaqit berdi. Mayatnik orqa tomonga tebrandi – mayda, xususiy va shaxsiy mulkning qayta tug`ilishiga, kichik va o`rta biznesning rivojlanishi, erkin konkurensiya, bevosita ishchining o`z mehnati natijalaridan manfaatdor bo`lishiga sabab bo`lmoqda. Bu sivilizatsiya uning iqtisodiy tuzumi faqat mulkchilikning faqat bir shakliga asoslangan degan tushunchadan holi bo`lish kerak. Iqtisodiyot hamma vaqt ko`p ukladli, unda o`zaro bog`langan hukmron mulkchilikning yetakchi shakli o`tmishda va tug`ilayotgan kelajak ukladlar “birinchi skripka” rolini o`ynovchi hamma vaqt ham mukammal bo`lmagan orkestrda unsurlari bilan aralash bo`ladi. Keyingi qavatda ijtimoiy - siyosiy tuzumda yana turli xil shakllar kuzatiladi. Sivilizatsiyaning yetuk fazsidagi nisbiy ijtimoiy hamkorlik va siyosiy barqarorlik o`tish davrida keskin, ijtimoiy - siyosiy va harbiy qarama - qarshiliklar bilan almashadi, chunki iste`mol fondi qisqaradi, ko`pgina oilalarni tirikchilik sharoiti yomonlashadi, aholini soni kamayadi (tug`ilishni kamayishiga sabab kasalliklar, urushlar) turmush darajasi pasayadi, inqiloblar, terror, talonchilik bilan boylikni kuch bilan taqsimlashga urinish kuchayadi. Bu to`plangan boylikdan voz kechishni istamagan mulkdorlarning keskin qarshiligiga uchraydi. Davlatlar o`rtasidagi, fuqarolik urushlari – turli ijtimoiy - siyosiy, milliy, diniy kuchlarning qarama – qarshiligi o`z navbatida ishlab chiqarishga salbiy ta`sir qiladi, ishlab – chiqarish kuchlarini yemiradi, jamiyatni orqaga uloqtiradi, madaniy merosni bir qismini yo`qotishga olib keladi. Imperiyalar, federatsiyalar parchalanadi. Davlat va huquq o`z kuchini sezilarli qismini yo`qotadi, jinoyatchilik o`sadi, korrupsiya davlat apparatini yemiradi. Boshqa bir necha marta bu mamlakat uchun og`ir bo`lgan yo`qotishlardan keyin lokal sivilizatsiyalarning o`z hayot siklini tugatib yo`q bo`lib ketishiga olib keladi. Lekin, ko`pincha iqtisodiy yuksalishning yangi ufqlariga chiqib olish, siyosiy va davlat tuzumini tartibga soladi. Bu jarayon o`z mulki va uni ko`paytirish usullarini himoya qilinishiga muhtoj bo`lgan yangi mulkdorlarning manfaatlariga mos keladi. Tuzum turli xil huquqiy shakllarda – demokratiyadan monarxiyagacha, yoki tiraniya (ochiq diktatura) bo`lishi mumkin. Lekin, har qanday sharoitda ham u ijtimoiy – siyosiy tartibni yangi sivilizatsiya shakllanishi va barqaror yashashi uchun qo`llab – quvvatlayd i. O`rnatilgan iqtisodiy va ijtimoiy – siyosiy tuzum piramidani cho`qqisida mafkuraviy qo`llab – quvvatlashga , oqlashga va jamiyatni ma`naviy dunyosida tadbiq etishga erishadi. Olimlar tantana qilgan tuzumni ob`ektiv zarurligi, adolatli va abadiy ekanligini isbotlashga harakat qildilar. Mafkurachilar va din arboblari uni qo`llab – quvvatlaydilar , hukmron etik normalar uning qadriyatlariga moslashadilar. Ta`lim tizimi keyingi avlodlarga uning qadriyatlarini uzatishga yordam beradilar. Yangi sivilizatsiyaga o`tish davrining mazmuni, bosqichlari va yakunlari. Bu davrning mazmuni jamiyat tuzilmasining barcha qavatlarining fundamental asoslarida yetilgan o`zgarishlar, umrini o`tab bo`lgan, progressni sekinlashtiradigan o`layotgan sivilizatsiyaning unsurlarini (tarixiy meros bo`lib qoladigan, insoniyat ma`naviyatini boyitadigan qadruyatlarni saqlab qolgan holda) siqib chiqarish yoki, buzib tashlash va azoblarda izlanishlar, xatolarda tug`ilish va yangi sivilizatsiyaning asosi tarixiy progress spirallining keyingi bo`g`ini bo`ladi. Bu davrda ikki tarixiy qatlamning “to`qnashuvi”da to`s-to`palon, buzg`unchi kuchlar kuchayadi, ijtimoiy qarama – qarshiliklarning barcha ko`rinishlari keskinlashadi, tushkunliklarning butun zanjiri, inqiloblar, urushlar, boshqa qarama – qarshiliklar rivojlanadi, salbiy demografik an`analar (tug`ilish sur`atini kamayishi, aholi sonining mutloq kamayishi, migratsiya to`lqinlari, qochoqlar). Ishsizlik keskin o`sadi, qashshoqlik, jinoyatchilik, aholini bir qismini degradatsiyasi kuchayadi. Bu og`ir kasallik ba`zida u yoki bu lokal sivilizatsiyani yoki davlat birlashmasini to`la halokatiga sabab bo`ladi. Download 282.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling