O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа tа’lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgik univеrsitеti
Download 282.12 Kb. Pdf ko'rish
|
Kitob 2051 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol va topshiriqlar
- L.Mordan va F. Engels
- O.Shpengler
Tayanch iboralar: “Iqtisodiy sikllar”, fundamental, Yozef Shumpeter, siklik
dinamika, Karl Yaspers, “Tarixning ibtidosi va uning maqsadi”, “Tayanch vaqt”, fransuz tarix maktabi “annallari”, Mark Blok va Lyusen Fevr, Fernan Brodelning, “Moddiy sivilizatsiya, iqtisodiyot va kapitalizm. XV-XVIII asrlar”, “Dunyo” tarixi-bu kortej, I.M.Dyakonov “Tarix yo`llari eng qadimgi odamdan bizni kunlarimizgacha”, “Tarixni tugashi”, Frensis Fukuyama. Savol va topshiriqlar 1. Tarix fanlari taraqqiyoti va shakllanishini asosiy bosqichlarini ayting? 2. Tarixiy sikllar tadqiqotiga qaysi olimlar asosiy hissa qo`shdilar? 3. Tarix falsafasi rivojlanishiga Sharq olimlari, jumladan Al-Beruniy qanday hissa qo`shdi? 4. Tarix fanlarining tizimini taraqqiyoti uchun Tarix falsafasining ahamiyatini ochib bering? 5. Tarix fanlari piramidasini tavsiflang. Sivilizatsiyalar: Tushuncha va tuzilish “Sivilizatsiya” atamasini bundan 2-3 ming yil oldin fransuz marifatparvarlari erkinlik, adolat huquqiy tuzum surgan fuqarolik jamiyatini belgilash uchun kiritilgan edi. Oradan qisqa vaqt o`tmay bu tushunchada turli talqin qilina boshlandi. Amerikalik antropolog L.Mordan va F. Engels sivilizatsiyani yovvoyilik va varvarlikdan keyin kirgan insoniyat jamiyatining taraqqiyoti sifatida belgiladilar. Bu bosqichda ijtimoiy tuzum tartibga solingani, sinflar, davlat xususiy mulkni paydo bo`lishi bilan tavsiflanadi. O.Shpengler esa bu atamani salbiy ma’noda ishlatib, madaniy - tarixiy bazani so`nish bazasini tushundi. A.Toynbi lokal sivilizatsiyalarni turli xil madaniy - taixiy tuzumlar sifatida qarab, ularni evolyutsiya tipidagi dinamik tuzilma deb qaradi. Olim Y.B.Yakovets bu atamani diniy va lokal sivilizatsiyalari tushunchalarida beradi. Jahon sivilizatsiyasi - insoniyat tarixida ishlab chiqarishning texnologik va iqtisodiy usullari, siyosiy va ijtimoiy munosabatlarning qurilishi, ma’naviy qayta ishlab chiqarish taraqqiyoti darajasi, insonning ko`nikma va manfaatlari, bilimlari, qobiliyatlari, ehtiyojlarining ma’lum darajasi bilan tavsiflanadigan bosqichdir; mohiyat jihatdan yuqori uzoq muddatli (ko`p asrli) tarixiy sikl to`g’risida so`z boradi. Jahon sivilizatsiyalarini almashinuvi insoniyatning o`zini rivojlanishi, tarixiy progressning olg’a harakatini ifodalaydi. Ba’zi tarixchilar “Jahon sivilizatsiyasi” tushunchasini o`zini huquqiyligini inkor qiladilar. Insoniyat jamiyati o`zi bir xil emas, umumplanetar yondashuv asosida uning tarixini tushunish mumkin emas, yagona jahon sivilizatsiyasi konsepsiyasi taraqqiyotning ko`p variantliligini inkor qiladi… Uning bayrog’i ostida yana unifikatsiya qilingan taraqqiyot g’oyasi taklif qilinadi” deydi Download 282.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling