O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа tа’lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgik univеrsitеti
Download 282.12 Kb. Pdf ko'rish
|
Kitob 2051 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fernan Brodel
- Kondratev va Shumpetr
Mark Blok va Lyusen Fevr boshchilik qildilar. Ular miqdoriy tarix, demografik
statistika va narxlarni siklik dinamikasini statistik tadqiqotiga jiddiy e’tibor berdilar. Bu tadqiqot yirik tarixiy voqealarni siklik oziq-ovqat tushkunliklari, davriy demografik turg’unliklar bilan o`zaro bog’liqligini ochdi, Yevropa iqtisodiy konyukturasining sikllarning har xil turlari ko`p asrli yoki yuz yillik, yarim asrlik, o`n yillik va yillik va yil davomida mavsumiy tebranishlarini aniqlashga yordam berdi. Bu tarixiy jarayonning qonuniyatlarini o`rganish uchun fanlararo tadqiqotlarni rivojlantirish uchun muhim omil bo`ldi. Bu tadqiqotlarning eng mahsuldor yo`nalishi urushdan keyingi davrdagi yirik fransuz tarixchisi Fernan Brodelning va asosan uning “Moddiy sivilizatsiya, iqtisodiyot va kapitalizm. XV-XVIII asrlar” nomli uch jildli asari bilan bog’liq. Brodel tarixiy jarayonni keng qamrovli jihatdan ko`rib chiqib yer sharining aholi joylashgan qismini qamrab olgan. Jahon iqtisodiyotini qaysiki ichki aloqalar va ayirboshlash ma’lum bir organik birlik tus beradigan iqtisodiyot dunyosining yer sharini iqtisodiy mustaqil qismini belgilaydi, bu bizni jahon va lokal sivilizatsiyalarni tushunishimizga javob beradi. Iqtisodiyot dunyosi aniq belgilangan kenglikka ega, uning markazida qutb-yirik shahar turadi, atrofida yaqin va uzoq periferiya, shunday qilib iqtisodiyot dunyosining kengligi har xil darajadagi boylik, potensiallar har xilligi toifalangan xususiy iqtisodiyotlar yig’indisi sifatida chiqadi, ularning vositasida barcha yig’indining faoliyati ta’minlanadi. “Dunyo” tarixi-bu kortej, yurish, ishlab chiqarish usullarining yonma-yon yashashi, qaysiki biz birin-ketin tarixni davrlari bilan aloqada qarab chiqishiga o`rganib qolganmiz, aslida esa ishlab chiqarishning bu usullari bir-biri bilan chulg’angan. Eng ilg’orlari eng qoloqlariga qaram bo`ladi va aksincha; taraqqiyot-bu zaif taraqqiyotning boshqa tomonidir. Tarixiy progress to`lqini tarzida nafaqat kenglikda yoyiladi, balki vaqt bo`yicha ritmlar, iqtisodiyot, siyosat va demografiyani, o`z-o`zini anglash va jamoa tafakkurini, jinoyatchilik, bir-birini almashtiradigan ba’diiy maktablar, adabiy oqimlar va modani qamrab oladigan konyuktura ritmlarini shakllantiradi. Mavsumiy tebranishlar bilan bir qatorda turli uzunlikda bo`lgan sikllar kuzatiladi: uch-to`rt yillik sikllar; 6-8 yil uzunlikdagi sikllar yoki 10-12 uzunlikdagi davomiyligidagi o`n yilliklar oralig’i sikllari; 150-300 yil davomiyligidagi asriy an’ana. Brodelning tarixning chuqurlikdagi to`lqinlari qisqarish an’anasiga ega degan tushunchasi muhim ahamiyatga ega. (9.t.3.c14, 18,65, 67, 72,73) Insoniyatning siklik taraqqiyotining tarixiy qonuniyatlarga qiziqish XX asrning so`ngi choragida, tarixiy dinamikaning trayektoriyasida tub burilish nuqtasida, yalpi umumiy tushkunlik arafasida yana kuchaydi. XX asrning 70-yillari boshlarida tarqalgan yalpi iqtisodiy va ekologik tushkunliklarni chuqur sabablarini izlash davri kirdi. Jamiyatshunoslar Kondratev va Shumpetrning uzoq muddatli sikllari nazariyalariga yana murojaat qildilar. Tarixdagi har bir yirik burilish davrida hayot qo`ygan keskin muammolarni yechish bo`yicha ko`pgina ilmiy qarashlar bayon Download 282.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling