O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа tа’lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgik univеrsitеti


Download 282.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/20
Sana30.04.2023
Hajmi282.12 Kb.
#1415857
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Bog'liq
Kitob 2051 uzsmart.uz

Artur Shlezinger kichik Qo`shma Shtatlar siyosiy hayotida kishilar avlodi 
almashinuvi bilan bog’liq bo`lgan o`ttiz yillik sikllar ritmini tasvirladi. U “sikl bu 
harakatsiz nuqtalar orasida tebranadigan mayatnik emas, balki spiral, u yangini 
qabul qiladi va shuning uchun determinizmdan qochadi. Va bundan tashqari tarixiy 
sikl hamma vaqt tarixchi shaxsi bilan bog’liq”. Har bir tarixchi o`zining sikllar 
almashinuvini taklif qiladi. Shlezinger tarix faylasufi R.Dj.Kollingvudning 
“tarixning har bir tadqiqotchisini o`z sikllar tizimi bo`lishi lozim… tarixga siklik 
qarash o`zgaradi va yo`qoladi, individning va boshqa irqlarning tarixiy bo`lishida 
har bir yangi qadam bilan yig’iladi.” Bilim yo`li nihoyasiz, shuning uchun tarixiy 
sikllarga qarashlar kelajakda ko`p o`zgaradi.
Tarix fani hozirgi kunda (boshqa ijtimoiy fanlar kabi) jiddiy tushkunlikni 
boshdan kechirmoqda, uning xulosasi bo`lib, insoniyatning siklik dinamikasi
genetikasi bosqichlari va qonuniyatlari o`tmishining tasviri bo`ladi. Tarix falsafasini 
bu tushkunlik yanada chuqurroq chulg’adi, bu uning hukmron paradigmalarining 
halokati, ilmiy dunyo qaqrashning umumiy tushkunligi bilan bog’liq edi. Tarix 
barcha insoniyatning umumiy qonuniyatlari uchun tarix hech qanday ahamiyatga 
ega emas degan asarlar paydo bo`ldi. Amerikalik tarixchi Frensis Fukuyama shov-
shuvga sabab bo`lgan “Tarixni tugashi” nomli maqolasida g`arb liberal 
demokratiyasining fashizm va eng yangi marksizm ustidan g`alabasi, sovuq urushni 
tugashi tarixni tugallanishi, insoniyatning mafkuraviuy evolyutsiyasini va g`arb 
liberal demokratiyasini hukmronlikning so`ngi tugallangan shaklini bildiradi deb 
e`lon qildi. Bu g`arb falsafasi tarixini navbatdagi tushkunligi edi, uning jahon 


tarixini yangi burilishi va bu bilan bog`langan yo`qotishlar va tarixiy tafakkurning 
yangilanishi oldidagi uning taslim bo`lishi edi. “Tarixni tugallanishini tan olish 
jamiyatni keyingi progressi uchun kurashni mantiqsiz qiladi. Buni Fukuyamani o`zi 
ham tan oladi. “Tarixni tugallanishi” qayg`uli tan olinish uchun kurash, sof 
mavhum g`oya uchun hayotni xavf ostiga qo`yish, jasorat talab qiladigan 
mahkuraviy kurash – bularni barchasi o`rniga – iqtisodiy o`sish, nihoyasiz texnik 
muammolar, ekologiya to`g`risida g`amxo`rlik va iste`molchining noziklashgan
talablarini qondirish. Posttarixiy davrda san`at ham, falsafa ham yo`q; faqat 
sinchkovlik bilan ehtiyot qilinadigan insoniyat tarixi bor xolos.” Bu umidsiz 
bashorat. Hozircha insoniyat mavjud ekan –tarix nihoyasiga yetmaydi. Duyoni 
bilishdagi tub burilishlar, ijtimoiy taraqqiyot qonuniyatlarini anglashdagi davriy 
ilmiy tushkunliklardan xoli bo`lish mumkin emas. 
Tarixiy tafakkur taraqqiyotining qisqacha qarab chiqishga tayanib, endilikda 
katta bilim bilan tarix fanlarini predmetini aniqlashga qaytish mumkin. Tarix – bu 
insoniyat jamiyatini o`tmish to`g`risida va uni buguni, aniq shakllardagi, makon va 
zamon o`lchovlarida ijtimoiy hayot taraqqiyoti qonuniyatlari to`g`risidagi fandir, 
uni bugungi kunini va kelajagini asoslangan holda ko`rish uchun tarixni mazmuni 
bo`lgan tarixiy jarayonni qonuniyatlari va an`analarini aniqlashdir. Jamiyat ko`p 
o`lchovli, shuning uchun ham tarix fani ko`p bo`g`inli bo`lib, tarix fanlarini butun 
bir piramidasini o`z ichiga oladi . Uning bir qirrasi – mamlakatlar va xalqlar tarixi, 
yanada umumiy ma`noda - kontinentlar tarixi (Osiyo, Yevropa, Afrika, Amerika, 
Avstraliya) va insoniyat tarixinni asosiy bosqichlarini o`rganadigan umumiy tarix. 
Bu piramidaning boshqa qirrasi - inson faoliyatining alohida sohalari - fan, texnika,
iqtisodiyot, siyosiy munosabatlar, davlat va huquq, urushlar, madaniyat va ta’lim, 
etika va din va h.k. uchinchi qirra tarixiy bilishning bosqichlari va metodlari -
tarixshunoslik, etnografiya, arxeografiya, manbashunoslik, arxeologiya, statistika
tarixiy jarayonlarni modellashtirsh va h.k. to`g’risidagi fanlarni tashkil qiladi. 
Piramidani cho`qqisi- tarixiy jarayon nazariyasi, uning umumiy qonuniyatlari va 
an’analari, tarixiy tadqiqotlar metodologiyasi, tarix falsafasi va h.k.
Tarix fanlarining har biri qarindosh ijtimoiy fanlar - mamlakatlar tarixiy 
geografiyasi bilan, faoliyat turlari tarixi - fanning tegishli sohalari bilan, tarixiy 
tadqiqotlar metodlari - statistika nazariyasi, modellashtirish va h.k. bilan bog’liq. 
Tarix falsafasi - falsafa, siyosiy iqtisod, sotsiologiya, siklik dinamika va 
sotsioginetika bilan juda yaqin aloqada

Download 282.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling