O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа tа’lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgik univеrsitеti


Download 282.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/20
Sana30.04.2023
Hajmi282.12 Kb.
#1415857
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
Kitob 2051 uzsmart.uz

L.I.Smennikova. 
Bunday yondashuvni O.Shpengler, qandaydir ma’noda A.Toynbi ham 
ilgari surdilar. Shu bilan birga umumjahon tarixi inkor qilinadi: u local 
sivilizatsiyalar taraqqiyotining yopiq jarayonlarining konglameratiga aylanadi. 
Insoniyat taraqqiyotning yagona birlik sifatida umumtarixiy ritmlari doirasida 
ularning dinamikasining o`zaro ta’siri uloqtirib tashlanadi. Tarixni XX asr 
oxirida shunday tushunishni o`zi ajablanarli, qachonki yerning barcha xalqlarining 
tarixiy taqdirining umumiyligi yaqqol ko`rindi. 
Lokal sivilizatsiyalar umumiy taqdir bilan bog`langan umumtarixiy 
progressning ritmida sinadigan va aks etadigan ba`zida uning epitsentrida, ba`zida 
undan uzoqlashadigan alohida mamlakatlar, mamlakatlar guruhi, etnoslarning 
iqtisodiy - geografik, diniy, etnik, madaniy - tarixiy o`ziga xosliklarini ifodalaydi. 
Har bir lokal sivilizatsiya o`zining husnixati, jahon sivilizatsiyalari ritmi bilan u 
yoki bu darajada sinxron bo`lgan o`z ritmiga ega. A. Toynbi local sivilizatsiyalar 


to`g`risida o`zining (1934-1961 yillarda yozgan) “A study of History” (“Tarixni 
tushunish”- “Постыжение истории” rus tilida) asarida to`la tavsif beradi. 
Oxirgi ming yillikdagi insoniyat tuzilmasini tadqiq qilib, A.Toynbi besh 
hayot sivilizatsiyasini aniqladi: 
1. G`arb xristianlari birlashgan, g`arb jamiyati;
2. Janubi - sharqiy Yevropa va Rossiyada joylashgan pravoslav - xristian yoki
Vizantiya jamiyati; 
3. Shimoliy Afrika va O`rta Sharqdan Buyuk Xitoy devorigacha bo`lgan islom 
jamiyati; 
4. Tropik va subkontinental Hindistonda - hinduizm jamiyati; 
5. Janubi - Sharqiy Osiyoning subtropik va mo`tadil tomonlaridagi uzoq Sharq 
jamiyati; 
Bu jamiyatlarning oldingi tarixini o`rganish Toynbining bu uchinchi avlod 
sivilizatsiyalar, ularning har biriga birinchi va ikkinchi avlod o`tgan degan 
xulosaga keldi. Hammasi bo`lib dunyoning madaniy xaritasida 37 sivilizatsiya 
kiritilib, ulardan 21 tasi sinchiklab tekshirildi va insoniyat tarixining 6 ming yili 
tasvirlandi. Toynbi o`z o`tmishdoshlariga nisbatan qisqa hayot kechirgan, 
hududiy cheklangan va kam sonli ibtidoiy jamiyatlarga qaraganda sivilizatsiyalar 
hayoti “davomiyroq, ular keng hududlarni egallaydi, sivilizatsiyalar bilan qamrab 
olingan odamlar soni qoidaga ko`ra katta. Ular boshqa jamiyatlarni assimilyatsiya 
qilish va bo`ysundirish yo`li bilan tarqalish an’anasiga ega”. (50. c. 80). 
Sivilizatsiyalar asta - sekin rivojlanadi, o`zining hayotiy sikliga ega; ular “static 
formatsiyalarni emas, evolyutsion tipdagi dinamik tashkilotni o`zida aks ettiradi. 
(o`sha yerda 87-bet). Ularning har biri o`z taraqqiyotida fazalardan o`tadi - paydo 
bo`lish (genesis), o`sish, buzilish va yemirilish. Sivilizatsiyalar genezesini irqiy his 
- tuyg’u yoki atrof - muhitdan emas, balki chaqiriqqa javobga jamiyat giriftor 
bo`lgan tushkunlikka reaksiyaga javobga izlash zarur. 
Hududiy ekspansiyaning oqibati ijtimoiy hayotning harbiylashuvi, to`rt yoki 
besh ming yilliklar davomida sivilizatsiyalar buzilishining eng umumiy va keng 
tarqalgan sababi hududiy ekspansiyaning oqibati, ijtimoiy hayotning 
harbiylashuvi, militarizmdir. Militarizm lokal davlatlarni o`zaro urushlarga tortib 
sivilizatsiyani yemiradi. Ijtimoiy yemirilish geografik ekspansiya uchun qulay 
shart - shoroit bo`ladi. “Tushkunlikni boshidan kechirayotgan jamiyat o`z hayotiy 
kuchlarini ulkan hajmdagi moddiy loyihalarga yo`naltirish bilan o`z o`limini kuni 
va soatini orqaga surishga harakat qiladi, bu hukm qilingan o`z layoqatsizligi va 
o`lim taqdirini o`layotgan ongini aldashga urinish demakdir.” (O`sha kirtob 224 
bet). 

Download 282.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling