To`rtinchidan, ma`naviy dunyoning
taraqqiyotida yangi bosqich
boshlandi, insonning erkinlik darajasi va manfaatdorligi oshadi.
Beshinchidan, yangidan mamlakat va dunyoda
integratsiya va markazga
intilish an`analari kuchayadi, yangi markazga tortuvchi
markazlar shakllanadi,
iqtisodiy, texnologik, siyosiy, madaniy aloqalar ko`payadi.
O`tish davrining tugallanishi yangi sivilizatsiyani o`rnatilishi va tarqalishi
uchun
kenglik ochadi, uning to`lqinlari dunyo mamlakatlarini qamrab olib eski
sivilizatsiyaning chetda saqlanib qolgan qoldiqlarini ham o`z ta`siriga
bo`ysundiradi.
Sivilizatsiyalar almashuvi mexanizmlari va
mazmunini ochib beradigan
umumiy abstrakt chizma ana shunday.
Tayanch iboralar: Sikl, trayektoriya, faza, Xett, Misr, qo`shimcha
emisssiya,
investitsiyalar, g`oyalar, texnologik tizimlar, uklad,
konsepsiyalar,
mafkurachilar, potensial yadro, depressiya fazasi.
Savol va topshiriqlar
1. Jahon sivilizatsiyalari almashuvi qanday sodir bo`ladi?
2. Jamiyatning bir tarixiy bosqichdan boshqasiga o`tishning birinchi manbai
nima?
3. Dunyo sivilizatsiyalar almashuvi mexanizmini tavsiflang?
4. Jahon sivilizatsiyalarining almashuvi o`tish
davrining bosqichlarini va
mazmunini ochib bering?
5. O`tish davri nima bilan tugallanadi, uning yakunlari qanday?