O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа tа’lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgik univеrsitеti
Download 282.12 Kb. Pdf ko'rish
|
Kitob 2051 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi boqichi
SIVILIZATSIYALARNI ALMASHUVI VAQTIDA O`TISH DAVRINI BOSQICHLARI QANDAY? Tushkunlik bosqichlariga o`xshash to`rt davrni ko`rsatish mumkin. Birinchi bosqich – sivilizatsiyalar almashuvi shart – sharoitlarini to`planish latent (yashirin) davri: keksayish, eskirgan jamiyatni samaradorligini pasayishi, jamiyatning o`sib borayotgan ehtiyojlarini qondirishga qobilyatsizlik, yangiliklarni qabul qila olmaslik. Ko`tariladigan bo`ronni xabari keladi, lekin uni ko`plar ilg`amaydi. Jamiyat barqaror, tartibga solingan, yetakchi sivilizatsiya tizimi hozircha normada ishlab turibdi. Lekin uning bag`rida kelajak sivilizatsiyaning urug`lari yetilmoqda, hali u zaif bo`lsada, yorug`likga chiqishga o`jarlik bilan intiladi. Qachonki qarama – qarshiliklar kritik nuqtaga yetganda, qarigan mexanizmlarni ularni hal qila olmasligi aniq bo`ladi, to`la tushkunlik bosqichi- Ikkinchi boqichi boshlanadi; odatda undan o`tish davrining hisobi olib boriladi. Jamiyat piramidasining barcha qavatlarida to`s-to`palon kuchayadi, noaniqlik, harakatning tartibsizligi keskin o`sadi. Tushkunlik ketidan tushkunlik, halokat orqasidan halokat bo’ladi. Ziddiyatlarni tashqi manbalar orqali yechishga urinish, boyliklarni qayta taqsimlash inqiloblar va urushlarga olib keladi. Tushkunlikdan chiqish uchun ijtimoiy fikr azobli izlanishlarga tushadi, ziddiyatli, ko`pincha amalga oshmaydigan dasturlar paydo bo`ladi. Iqtisodiyot tushkunlikga tushadi, ijtimoiy ziddiyatlar keskinlashadi. Siyosiy partiyalar, davlat hokimiyati jamiyat oldida obro` - e`tiborini yo`qotadi. Ma`naviyat dunyosi – fan, madaniyat, axloq, ta`lim og`ir yo`qotishlarga uchraydi. Lekin bu tashqi tartibsizlik orqasida keyingi sivilizatsiyaning kurtaklari sekin – asta o`sib boradi, ularni kelajak uchun kurashi, integratsiyasi yuz beradi. Yangi ijtimoiy kuchlar yuzaga keladi, ular hozircha biror bir keng qamrovli yaratuvchi ishlarni bajara olmaydilar. Mamlakatda jamoa arboblari – yangi liderlar maydonga chiqadilar, kurashlarda chiniqadilar. Ular kelajak jamiyatning potensial yadrosini shakllantiradilar. O`tish davrining uchinchi bosqichi yangi va eski dunyoning vaqtingchalik kuchlar tengligi nisbatan qisqa vaqti lahzasi deyish mumkin. Bu iqtisodiy sikl dinamikasidagi depressiya fazasi, (ham turg`unlik yo`q, biroq iqtisodiy o`sish ham yo`q, sog`ayish jarayoni hali boshlanmadi) ijtimoiy kuchlarni qayta qurish, eski tuzumni yo`qotishi aniqligini, va yangisiga o`tish muqarrarligini jamiyatni anglashidir. Uning unsirlari tanaffusdan foydalanib, birlashib hal qiluvchi olishuvga tayyorlanadilar. To`rtinchi o`tish davrining tugallovchi bosqichi yangi jamiyatning kuchga to`lib borayotgan unsurlarining tezlik bilan bostirib kelishi bilan ifodalanadi. O`layotgan sivilizatsiya unsurlarining to`la yengilishi (albatta qarshi hujumga o`tishlar ehtimollari yo`q emas). Bu davrda asta – sekin tartibsizlik kamayadi va tartibga tushishi natijasida, jamiyat dinamikasida aniq kelajak o`sib boradi. Iqtisodiyotni o`sishi boshlanadi, bu ko`p resurslarni shaxsiy iste`mol uchun ajratish va jamg`arish, jamiyat texnologik bazasini qayta qurish imkoniyatini beradi. Yangidan barqarorlashtirish mexanizmlari kuchga kiradi, huquq – tartib o`rnbatiladi. Download 282.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling