O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta ta’lim vazirligi Toshkent davlat Iqtisodiyot Universiteti


Iqtisodiy o`sishga omillari va tiplari


Download 207.03 Kb.
bet13/32
Sana16.11.2021
Hajmi207.03 Kb.
#175085
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32
Bog'liq
Kurs ishi Ri-51 Mohinur

Iqtisodiy o`sishga omillari va tiplari:

Real ishlab chiqarish xajmlarining uzqk muddatli o`sishi sur`atlarini, ko`lamlarini, samaradorligi va sifati oshishini belgilovchi xodisa va jarayonlar iqtisodiy o`sish omillari deyiladi.

Iqtisodiy o`sish omillari ikki guruxga ajratiladi.

Birinchi guruh omillari iqtisodiy o`sishni fizik (ashyoviy) jixatdan ta`minlaydi. Bu guruhga ishlab chiqarish omillari kiritiladi:

• tabiiy resurslar soni va sifati;

• mexnat resurslari soni va sifati;

asosiy kapital xajmi;

• texnologiyalar va ishlab chiqarishni tashkil etish;

• jamiyatda tadbirkorlik malakalarining rivojlanishi darajasi.

Ikkinchi guruhga omillari jamiyatdagi iqtisodiy o`sish potentsialini yuzaga chiqarish imkonini beruvchi omillar – talab va taqsimot omillari bilvosita omillar) kiritiladi:

• bozorning monopollashuvi darajasini pasayishi;

• iqtisodiyotdagi solik muxiti;

• kredit-bank tizimi samaradorligi;

• iste`mol, investitsiya va davlat xarajatlarining o`sishi;

• eksport xajmining o`sishi;

• iqtisodiyotda ishlab chiqarish resurslarini qayta taqsimlash imkoniyatlari;

• daromadlarni taqsimlashning shakllangan tizimi.

Agar o`sish qo`shimcha resurslarni jalb etish xisobiga ta`minlansa va jamiyatdagi resurslardan foydalanishning shakllangan o`rtacha samaradorligi darajasini oshirmasa, ekstensiv iqtisodiy deb ataladi.

ekstensiv iqtisodiy o`sish yangi korxonalar, yo`llar, elektrostantsiyalar qurish , yangi yerlarni o`zlashtirish, mexnat va tabiiy resurslarni qo`shimcha jalb etish kabilar xisobiga ta`minlanadi. Ammo, bu resurslarning cheklanganligi rivojlanishning ma`lum bir bosqichida ekstensiv iqtisodiy o`sish imkoniyatlarini kamaytiradi va uni ziddiyatli qilib qo`yadi.

YAIMning o`sishi iqtisodiyotda band bo`lganlar sonidan yuqori sur`atga ega bo`lsa intensiv ixtisodiy o`sish ro`y beradi.


Iqtisodiyot nazariyasi. Ma'ruzalar matniG`Mualliflar jamoasi.-TDIU. IPO "Polipaper", 2005


“Iqtisodiy o`sishning intensiv tipi ishlab chiqarish samaradorligining oshishiga bog’lik. U foydalanilayotgan resurs birligiga to`gri keladigan maxsulot ishlab chiqarishni ko`paytirishni, ishlab chiqarishning texnik xususiyatlarini yaxshilashni ko`zda tutadi. Bunday jaryonlar namoyon bo`ladi:

• fan va texnika yutuklaridan foydalanish va ishlab chiqarishni yangilashda;

xodimlar malakasini oshirishda;

• ishlab chiqarilayotgan maxsulot sifatini oshirish, assortimentini yangilashda”*

Iqtisodiy o`sishning bu ikki tipi sof xolda ro`y bermaydi. Iqtisodiy o`sish uni ta`minlashdagi intensiv yoki intensiv omillarning ulushi darajasiga karab ko`prok ekstensiv, yoki ko`prok intensiv bo`lishi mumkin.


Download 207.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling