О„zbekiston respublikasi oliy


Download 4.74 Mb.
bet39/45
Sana31.08.2023
Hajmi4.74 Mb.
#1671908
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   45
Bog'liq
icmx4-sqa9q

Mashg‟ulot turi: amaliy
Mavzu: Maktabgacha ta‟limda STEAM ta‟lim texnologiyasidan
foydalanishning mohiyati

Mashg‟ulot rejasi:
1. Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida STEAM ta‘lim texnologiyasi.
2. STEAM ta‘lim texnologiyasi.

3. STEAM ta‘lim texnologiyasini amaliy qо‗llash usullari.

Т-texnologiyasi

Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida STEAM ta‘lim texnologiyasi

afzalliklari

yutuqlari

Jonlantirish uchun savollar:

* STEAM ta‘lim texnologiyasi qanday ma‘nolarini anglatadi?
* STEAM ta‘lim texnologiyasini amaliy qо‗llash usullarini bilasizmi?
* STEAM ta‘lim texnologiyasida integratsion ta‘limning bog‘liqligi qanday?


2-amaliy mashgulot
Mashg‟ulot turi: amaliy
Mavzu: STEAM ta‟lim texnologiyasini maktabgacha ta‟limda
qo‟llashning me‟yoriy-uslubiy asoslari

Mashg‟ulot rejasi:

1. Maktabgacha ta‘lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi
2. ―Ilk qadam‖ davlat dasturida bo‘yicha maktabgacha yoshdagi bolalarga
STEAM ta‘lim texnologiyasi asosida ta‘lim-tarbiya berish masalalari.

Amaliy ishning maqsadi: STEAM ta‘lim texnologiyasini maktabgacha
ta‘limda qo‘llashning me‘yoriy-uslubiy asoslarini o‘rganish va amaliyotga tatbiq
etish.

Maktabgacha ta‘lim tizimida «Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning
rivojlanishiga qо‗yiladigan davlat talablari» va «Ilk qadam» о‗quv dasturining
ishlab chiqilishi, amaliyotga tadbiq etilgani maktabgacha ta‘lim sohasidagi ta‘lim-
tarbiya jarayonini samarali amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi.
Maktabgacha ta‘lim tashkilotlari barcha yosh guruhlarida tashkil etilgan
rivojlantiruvchi markazlaridagi jarayonlar bolalarning doimiy ravishda yangi
bilimlarni о‗zlashtirishga, mustahkamlashga yordam beradi. Bolalarni о‗z bilimini
mustaqil ravishda tо‗ldirib borish, bо‗layotgan yangilanish jarayonlariga munosib
moslashib borishga о‗rgatish rivojlanish markazlarining asosiy maqsadidir.
―Ilk qadam‖ о‗quv dasturi asosida tashkil etilgan rivojlanish markazlari
bolalarda quyidagi sifatlarni tarkib toptiradi:

- о‗zgarishlarni qabul qilish va amalga oshirish;
- tanqidiy fikrlash, dunyoqarashni shakllantirish;
- erkin tanlashni amalga oshirish;
- muammolarni о‗rganish va uni hal eta olish;
- ijodiy va mantiqiy tafakkur va ixtirochilik imkoniyatlarini namoyon etish;
- davlat, jamiyat, atrof-olam tо‗g‗risida g‗amxо‗rlik qilish;
- ilk bunyodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish;
- tabiiy-ilmiy bilimlarga ega bо‗lish, kichik tajribalarni о‗tkazish;
- kommunikativ qobiliyatlarini tarkib toptirish;
- atrof-muhit haqidagi tasavvurlarini kengaytiradi.

Tо‗g‗ri va oqilona tashkil etilgan sog‗lom ijtimoiy-ma‘naviy muhit bolalarda
izlanishga, tashabbus kо‗rsatishga va ijodkorlik qobiliyatlarini namoyon etishga
rag‗bat uyg‗otadi. Bunda tarbiyachilar bola rivojlanishi qanday kechayotganligi
tо‗g‗risida aniq tasavvurga ega bо‗lishlari, buning uchun esa ularni doimiy
ravishda nazorat qilib borishlari kerak bо‗ladi.


Tarbiyachi о‗quv materialini bolalarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan
holda ularga munosib tarzda yetkazadilar. Maktabgacha ta‘lim muassasalarida
pedagogik jamoaning о‗rni shundan iboratki, ular har bir bolaning qiziqishi,
qobiliyati va ehtiyojini inobatga olgan holda mos keladigan maqsadlar qо‗yishlari,
bolalardagi tabiiy qiziqishlarni qо‗llab-quvvatlashlari, ularda borliqni birgalikda
о‗zlashtirish kо‗nikmalarini shakllantirishlari kerak.

Bola rivojlanishining о‗ziga xosligini inobatga olishda avvalo shuni tushunib
yetish kerakki, barcha bolalar rivojlanishning ma‘lum bosqichlarini bosib о‗tadilar,
biroq bunda har bir bola noyob va takrorlanmasdir. Tarbiyachilar bolalarni aynan
bir xil, о‗xshash narsalar va faoliyat turlari bilan ta‘minlashlari uchun ularning
о‗ziga xos, boshqalardan ajralib turadigan rivojlanish kо‗rsatkichlari tо‗g‗risida
tо‗liq tasavvurga ega bо‗lishlari lozim. Shuningdek, tarbiyachilar bir xil yoshdagi
turli bolalarning qobiliyatlari va qiziqishlaridagi farqlarga e‘tibor bilan
munosabatda bо‗lishlari kerakligini mutaxassislar alohida ta‘kidlashadi.
Bunda bola rivojlanishining о‗ziga xosligiga doir bolalar qiziqishlariga javob
beruvchi faoliyat turlari, ya‘ni ularning aqliy, ijtimoiy va ma‘naviy yetuklik
darajasi nazarda tutiladi. Bunday faoliyat turlari bolalarning tabiatga qiziqishlariga,
tajribadan qoniqish hosil qilishlariga va о‗z g‗oyalarini tajribada sinab kо‗rish
xoxish-istaklariga qaratilgandir. Bunda bolalarda paydo bо‗lgan savollarga о‗zlari
javob topishiga yordam berish muhim ahamiyatga ega. Negaki, savolga javob
izlash barobarida bolada qiziqish, dalillash va e‘tibor berish avtomatik tarzda
faollashadi. Bunda tarbiyachining roli savolni soddalashtirmasdan va bolani kо‗p
axborot bilan chalg‗itmasdan uni qoniqtiradigan javob topish yо‗llarini birgalashib
qidirishdan iboratdir.
Rivojlanish markazlaridagi ta‘lim jarayonida bolalarning о‗zlari tegishli
rivojlanish markazini ixtiyoriy tanlay boshlaydilar. Bolalarni mustaqil guruhlarda
ishlashi, kichik jamoa bо‗lib ishlashda tarbiyachi shunday faoliyat turlarini о‗ylab
topadiki, unda barchaga birdek kо‗rsatma berilsa-da, biroq har bir bola undan kelib
chiqqan holdaa о‗zi mustaqil ravishda muvaffaqiyatga erishishiga imkon beriladi.
Epchillik va topqirlik talab etiladigan faoliyat turini tanlagan va bolalarni
diqqat bilan kuzatgan holda tarbiyachi zaruriyat tug‗ilib qolsa topshiriq va
materiallarni о‗zgartirishi yoki moslashtirishi mumkin.

Ilk qadam‖ о‗quv dasturi asosida maktabgacha ta‘lim muassasalarida
quyidagi rivojlanish markazlari faoliyati yuritmoqda:

- Qurilish-konstruksiyalash va matematika markazi
- Syujet-rolli о‗yinlar va sahnalashtirish markazi
- Til va nutq markazi
- Ilm-fan va tabiat markazi

- San‘at markazi


- Musiqa va ritmika markazi.

Rivojlanish markazlari bolalarga о‗zlarining shaxsiy kо‗nikmalari va
qiziqishlaridan kelib chiqqan holda ta‘lim-tarbiya jarayonini mustaqil
individuallashtirish imkoniyatini beradi. Masalan, san‘at markazida bir bola qog‗oz
qirqadi, boshqa bola esa shu qog‗ozdan qaychi bilan о‗zi о‗ylagan shaklchani kesib
oladi. Stol ustida о‗ynaladigan о‗yinlar markazida bir bola tо‗rtta yog‗och
kubikdan shakl yasaydi, boshqa birovi esa yigirma besh bо‗lakli karton qog‗ozli
tasvirni tuzishni ma‘qul kо‗radi. Tarbiyachi jarayonda bolalarni kuzatadi va
ularning rivojlanishiga daxldor fikrlarni yozib boradi. Ancha vaqtdan sо‗ng u
bolalarga vazifani murakkablashtiruvchi materiallarni taklif etadi yoki vaziyatga
qarab ana shu vazifalarni bajarishda bolaga tо‗g‗ridan tо‗g‗ri yordam beradi.
Bunday yо‗l tutish tufayli bola yaxshi sur‘atda о‗sib-ulg‗ayishi mumkin.
Tarbiyachilar rivojlanish markazlarida bolalarning yordamchilari rolini
о‗ynaydilar, mashg‗ulotlar olib boriladigan joyda imkoniyatlar kengligini ta‘min

etadilar va har bir bola individual rivojlanishi darajasini egallay

olgan xolda

faoliyat turlarini rejalashtiradilar. Kun tartibi turli mashg‗ulot turlarini о‗zida
qamrab olishi lozim: kichik guruhlarda birgalikda va tarbiyachi hamkorligida
yakka tartibda (individual) yoki mustaqil ular tomonidan tanlagan mashg‗ulotlarga
vaqt ajratish kerak, chunki bolalar ongli tanlab olishni о‗rganadilar, о‗z qiziqish va
qobiliyatlarini amalga oshiradilar.
Tarbiyachi rivojlantiruvchi markazlarga rahbarlik qilishda bolalarning о‗z
tanlovlarini amalga oshirishi, muammolarni hal etishi, atrofdagi kishilar bilan
birgalikda harakat qilishi, individual maqsad qо‗yishi va unga erishishni bilishlari
lozim.
Tarbiyachining eng muhim vazifasi – rivojlanish markazlarida bolalarning
muloqotga kirishishga bо‗lgan qiziquvchanligini rag‗batlantiruvchi muhitni
yaratish va bolalarning о‗zgaruvchan ehtiyojlariga qarab, о‗z vaqtida kerakli
sharoitlarni moslashtirgan xamda ularni kuzatishdan iborat. Individual yoki kichik
guruhlar uchun topshiriqlar ota-onalar bilan suhbatlashgandan sо‗ng, qaysidir
kо‗nikmalarga alohida e‘tibor berish uchun ishlab chiqiladi.
Ota-onalar va oilaning boshqa a‘zolari mashg‗ulotlarga kelib kuzatar ekanlar,
ular о‗z farzandlarida ishtiyoqning ortib borayotganligini, intilishning
о‗sayotganligin his etadilar va ta‘lim jarayoni qanday ketayotganligini, kelajakda
bilimli, ijodkor kishilar bо‗lish uchun bolalar qanday о‗zaro muloqot
qilayotganliklari, kirishib ketishi, izlanayotganliklari, erkin tanlash imkoniyatini
amalda qо‗llayotgani va bilim hamda kо‗nikmalarni egallayotganliklarining guvohi
bо‗ladilar.



Download 4.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling