O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya Farmatsiya va sanoat farmatsiyasi fakulteti barcha yo„nalishlari talabalari uchun o„quv-uslubiy qo„llanma Toshkent-2018


Download 485.84 Kb.
bet115/121
Sana21.08.2023
Hajmi485.84 Kb.
#1668839
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   121
Bog'liq
Psixologiya-fayllar.org

Trening-inglizcha
maxsus 
rejim, 
trenirovka”
degan
ma‟noni bildiradi. Kishilarda muloqot malakalari tasodifan yoki ta‟lim mahsuli
sifatida shakllanib boradi. Ijtimoiy psixologik treninglar ikki xil vazifani:
1)
muloqot va pedagog muomala qonuniyatlarini o`rganish;
2)
pedagogik kommunikatsiya texnologiyasini egallash, kasbiy pedagogik
muomala ko`nikma va malakalarini shakllantirishni tahminlaydi.
Ijtimoiy psixologik trening muammosining nazariy va amaliy tomonlari ajratib
ko`rsatiladi. Amaliy tomoni trening ishtirokchilar bilan bo`ladigan muloqot
ko`nikmalari va malakalarini egallashga va ularni chiniqtirishga qaratilgan mashqlar:
darsning barcha bosqichlarida izchillik bilan harakat qilish malakalarini, pedagogik ish
davomida mushaklarning zo`riqishini so`ndirish malakalarini, ixtiyoriy diqqatni
taqsimlash malakasini shakllantirishga, kuzatuvchanlikni namoyon qilishga qaratilgan
mashqlarni taqozo etadi.
Ijtimoiy aql-zakovatga ega bo`lgan shaxs o`zini ham, o`zgalarni ham, ularning
o`zaro munosabatlarini ham to`g`ri anglaydi hamda turli muloqot shakllarini bashorat
qila oladi. Ana shunday aqlning bo`lishi uchun psixologlar maxsus tayyorgarlik
guruhlari yoki trening guruhlari tashkil etishni taklif qilib chiqishgan. Shunday
maqsadlarda G`arbda mashhur bo`lgan T-guruhlar tashkil etilib,unga ixtiyoriy muloqot
jarayonida ma‟lum qiyinchiliklarni his qilayotgan shaxslar taklif etiladi. Ijtimoiy
psixologik treningning asosiy metodlariga guruhiy munozaralar, rolli o`yinlar va
psixologik sezgirlikni oshiruvchi treninglar kiradi. T-guruh a‟zolari odatda 7 kishidan
15 kishigacha bo`lib, mashg`ulotlar bir necha kundan bir necha oylargacha davom
etadi. T-guruhning ahamiyati shundan iboratki, u birinchidan, odamlar o`rtasida iliq
o`zaro munosabatlarning shakllanishiga olib kelib, shaxsda birovni tushunishga intilish,
uning manfaati yo`lida o`z qarashlarini ham qayta analiz qilish ehtiyojini paydo qiladi.
Ikkinchidan, T-guruh a‟zolari o`rtasida shunday umumiy “psixologik til” paydo
bo`ladiki, ular tez orada o`zgalarni va o`z his-kechinmalarini anglabgina qolmay, balki
bir-birlariga ham ijobiy ta‟sir ko`rsatish qobiliyatiga ega bo`ladilar. Ularda muloqot
mobaynida o`zini “o`zgalar” o`rniga qo`yish, ularning ichki olamini to`g`ri tushunish

132


qobiliyati va istagi tarbiyalanadi. Uchinchidan, T-guruhdagi mashg`ulotlar muloqot
jarayonining turli murakkab qirralaridan tashqari, uning mazmuniy tomonlari bo`yicha
ham ishtirokchilarni chiniqtiradiki, ular muomaladagi har bir ibora va imo-ishoraning
tub ma‟nosini tushunishga erishadilar. Masalan, “xayr, yaxshi qoling” iborasini uning
qanday ohangda, qay holatda aytilishiga qarab, suxbatdoshning “yashirin” niyatlarini
o`qib olish va shunga ko`ra harakat qilishga o`rgatadi.
Muloqot jarayonida ishtirok etuvchi ikki jarayon - gapirish va tinglashning
faol o`zaro ta‟sir uchun teng ahamiyatga ega. Shu bois, ijtimoiy psixologiyada
odamlarni samarali muloqotga ataylab o`rgatishga juda katta e‟tibor berilib, bu
uslubning nomi ijtimoiy psixologik trening (IPT) deb ataladi. IPT - muloqot
jarayoniga odamlarni psixologik jihatdan hozirlash, ularda zarur kommunikativ
malakalarni maxsus dasturlar doirasida qisqa fursatda shakllantirish bo`lib, IPT
mobaynida odamlarning muloqot borasidagi bilimdonligi ortadi. Amaliy muloqot
treningi - IPTning bir turi bo`lib, u yoki bu professional faoliyatni amalga
oshirish jarayonida zarur bo`ladigan kommunikativ malaka, ko`nikma va
bilimlarni hosil qilishga qaratilgan tadbirdir. Guruh va jamoalarda muloqot
treningi vositasida muzokaralar olib borish, ish yuzasidan hamkorlik qilish yo`l-
yo`riqlarini birgalikda topish, katta auditoriya oldida so`zlashga o`rgatish, majlislar
o`tkazish, ziddiyatli holatlarda o`zini to`g`ri tutish malakalari hosil qilinadi. Bunda
trening qatnashchilari ongiga birovlarni tushunish, o`zini o`zga o`rniga qo`ya
olish, boshqalar manfaatlari bilan o`zinikini uyg`unlashtira olish g`oyasi
singdiriladi. Treninglar mobaynida guruhiy munozaralar, rolli o`yinlarning eng optimal
variantlari sinab, mashq qilinadi.
Muloqot – odamlarning birgalikdagi faoliyatlari ehtiyojlaridan kelib chiqadigan
turli faolliklari mobaynida bir-birlari bilan o`zaro munosabatlarga kirishish jarayonidir.
Ya‟ni, har bir shaxsning jamiyatda ado etadigan ishlari (mehnat, o`qish, o`yin, ijod
qilish va boshqalar) o`zaro munosabat va o`zaro ta‟sir shakllarini o`z ichiga oladi.
Chunki har qanday ish odamlarning bir-birlari bilan til topishishini, bir-birlariga turli
xil ma‟lumotlarni uzatishni, fikrlar almashinuvi kabi murakkab hamkorlikni talab
qiladi. Shuning uchun ham har bir shaxsning jamiyatda tutgan o`rni, ishlarining
muvaffaqiyati, orttirgan obro`si uning muloqotga kirisha olish qobiliyati bilan bevosita
bog`liqdir.

Download 485.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling