O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya Farmatsiya va sanoat farmatsiyasi fakulteti barcha yo„nalishlari talabalari uchun o„quv-uslubiy qo„llanma Toshkent-2018


Download 485.84 Kb.
bet113/121
Sana21.08.2023
Hajmi485.84 Kb.
#1668839
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   121
Bog'liq
Psixologiya-fayllar.org

tizimiy

shaxslararo

129


3) barcha ishlab chiqarish subyektlari faoliyatini yagona maqsad atrofida 
birlashtrish ham ishlab chiqarish jarayonlarida nizolarning sodir etilmasligini
kafolatlaydi. Bunday sharoitda rahbarlar va guruh liderlarining roli katta bo`ladi;
4) rag`batlantirish tizimini joriy etish samarali ish usullaridan hisoblanadi. Bunday
sharoitda odamlarning xulq-atvoriga ta‟sir etish, paydo bo`lishi mumkin bo`lgan nizoli
vaziyatlarga barham berish yoki sodir bo`lgan bo`lsa, uni baratarf etish uchun
tashakkur bildirish, mukofotlash, xizmat lavozimni ko`tarish kabilarni qo`llash ijobiy
samara berishi mumkin.
Nizolarni bartaraf etishning shaxslaro munosabatlarga aloqador usullariga
quyidagilar kiradi:
1) bosh tortish – nizoga nisbatan shunday reaktsiyaki, bunda nizoga guvoh
bo`lganlar aslida uning mavjudligini tan olmaydilar, unga aralashishdan bosh tortadilar.
Odatda bunday sharoitda rahbar yo ayni paytda vaqti yo`qligini, imkoniyat yo`qligini,
nizoning sababi arzimas holat ekanligini vaj qilib, uni xal qilishga aralashishdan bosh
tortadi. Yoki u vaziyat taqozosi bilan paydo bo`lgan nizo vaqt o`tishi bilan o`z o`zidan
yechimini topadi, odamlar insofga kelib qolishiga umid qiladi;
2) tekislash – bu nizolashuvchi tomonlardan birini mavjud holatga “ko`ndirish”,
moslashtirish va shu yo`l bilan o`zining ham muayyan manfaatlarini himoya qilishdir.
“Mayli men yutqazsam ham, sening ishing bitib keta qolsin” degan naqlda nizoga
aralashgan shaxs vaziyatni yumshatishga erishadi, go`yoki “o`zni qurbon qilib” bo`lsa
ham tomonlarning yarashib ketishi uchun barcha imkoniyatni yaratadi;
3) kompromiss – bu ochiq muloqot va vaziyatni, nizokashlarning xulq-atvori va
fikrlarini muhokama qilish yo`li bilan ikkala tomon uchun ham mahqul bo`lgan
yechimni qidirishdir. Bu usulning samaradorligi shundaki, nizoga aralashgan shaxs
ikkala tomonning ham aybini, ular tomonidan yo`l qo`yilgan xatolarni ochiq, holis
o`rtaga tashlaydi va eng mahquli – o`ar bir shaxs o`z burch va mashuliyatlarini taroziga
solib olishlari ekanligini uqtiradi. Natijada ikkala tomonda xosil bo`lgan tanglik
ma‟lum ma‟noda yumshaydi va oqilona qarorlar qabul qilish imkoniyati tug`iladi.
Nizokashlar janjal bo`lgandan ko`ra yomon bo`lsa ham bir qarorga kelinganligidan
xursand bo`lib, o`z fikrlaridan ma‟lum ma‟noda qaytadilar, vaqt o`tgach esa vaziyat
umuman yumshab, tomonlar yarashib ketishi mumkin.
Odatda oilaviy nizolarda kompromiss yo`lini tutgan oilaning katta a‟zosi yoki erkak
kishi nizoning oldini olishga erishadi, bunda biror tomonning “bir gapdan qolishi” katta
rolg‟ o`ynaydi;
4) raqobat – odatda bir tomonning ikkinchisi ustidan ustun kelishi hisobiga
boshqasining batamom yengilishini nazarda tutadi. Ya‟ni, bunda “Men yutishim uchun
sen mutloq yengilishing shart” degan tamoyil ustivor bo`ladi. Bunday usul albatta,
psixologik nuqtai nazardan samarasiz va noto`g`ri bo`lsa ham, ayrim holatlarda
masalaning aynan shu tarzda yechilishi boshqalarning iqtidori yoki irodasining
kuchayishiga sabab bo`lishi mumkin. Masalan, oilaviy majoroda kelin agar nohaq
bo`lib, yoshligi tufayli arazlab, barchaning dilini xira qilishi va ushbu vaziyatda baribir

130


qaynonaning sabr bilan ustun kelishi, baribir aytganini qildirishi yosh kelinchakning
kelgusini shu kabi xatti-harakatni boshqa qaytarmasligi uchun saboq bo`lishi mumkin;
5) hamkorlik – bu nizoni xal qilishning shunday usuliki, bunda ikkala tomonning
shaxsiy manfaatlari nizoni keltirib chiqargan muammodan ustun qo`yiladi. Bunday
holatlarda nizokashlar bir tomon manfaatining inobatga olinmasligi, ikkinchi
tomonning boshqa manfaatini yerga urishini tushungani uchun ham murosa yo`li
to`g`ri ekanligi, yaxshisi mavjud muammmoni yechishga teng kirishish lozimligi
fikriga kelib to`xtaydilar.
Shunday qilib, real hayotda nizoning kelib chiqishi, uning qanday kechishi va
yechimi uni keltirib chiqargan vaziyatdan ham ko`ra, ushbu vaziyatda ishtirok
etayotgan insonlarning unga nisbatan subyektiv munosabatlariga bog`liq bo`ladi.

Download 485.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling