O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya Farmatsiya va sanoat farmatsiyasi fakulteti barcha yo„nalishlari talabalari uchun o„quv-uslubiy qo„llanma Toshkent-2018


Download 485.84 Kb.
bet111/121
Sana21.08.2023
Hajmi485.84 Kb.
#1668839
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   121
Bog'liq
Psixologiya-fayllar.org

shaxslararo nizo - bir yoki bir necha konkret shaxslarning o`zaro yoki
guruh doirasidagi ziddiyatidir. Bu keng tarqalgan nizolardan biri bo`lib, bunday nizolar
rasmiy jamoalarda ham norasmiy muloqotlar oqibatida ham yuzaga kelishi mumkin.
Bunday nizolar odamlarning fehl-atvoriga ham, konkeret vaziyatlarga ham bog`liq
tarzda kelib chiqishi va vaziyatning xarakteriga bog`liq holda turlicha kechishi
mumkin. Keng tarqalgan shaxslararo nizolardan – bu er va xotin, ota-ona va farzandlar,
qaynona-kelin o`rtasidagi nizolar hisoblanadi. Ularning tabiati ham, davom etish
muddati ham, xal bo`lish yo`llari ham turlicha bo`lib, har qanday ko`rinishda ham
baribir bunday nizo ikki va undan ortiq shaxslar o`rtasidagi psixologik masofani tobora
uzoqlashtiradi, samimiyatning kamayishiga olib keladi.
Boshqarish jarayonida nizo – bu raxbar, ichki va boshqa xodimlar o`rtasida
muayyan masalalarni xal qilishda tomonlarning bir-biri bilan bir yechimga kela
olmaganligi tufayli vujudga keladigan vaziyatdir.
Ishlab chiqarishdagi nizolar kishilar kayfiyatiga salbiy ta‟sir qiladi va ularning ish
qobiliyatini pasaytiradi, jamoadagi «ruxiy iqlim»ni yomonlashtiradi, qadrlar
ko`nimsizligini ko`paytiradi. Shuning uchun bu masalalarga doimo e‟tibor berish,
mehnat jamoalarini boshqarishni, qadrlar turg`unligini tahminlovchi shartlardan biridir.
Ishlab chiqarishda nizoli vaziyatlar oldini olishning barcha imkoniyatlaridan
foydalanish lozim.
Nizo qanday xarakterga ega bo`lmasin va u qay darajada katta bo`lmasin, barcha
holatlarda nizoning sabablari hamda uni vujudga keltirgan holatlar diqqat bilan taxlil
qilinishi lozim. Rahbar xar bir aniq vaziyatning tagiga adolat va obyektivlik bilan
tegishli xulosalar chiqarishi kerak.
Mutaxassislar tadqiqotlarining ko`rsatishicha, ruxiy iqlim yaxshi bo`lgan hamda
intizom ancha yuqori bo`lgan joyda faqat iqtisodiy ko`rsatkichlar yuksak emas, balki
nizolar ham anchagina kam, xodimlarning o`z mehnatidan katta qoniqish olayotgani

127


ko`zga tashlanib turadi. Xodimlar noroziligi yuksak talabchanlik va ishlab chiqarishing
bahzi jixatlarini yaxshilash, bu bilan mexnat unumdorligini oshirish istagining natijasi
sifatida ijobiy sabablarga ham ega bo`lishi mumkin. Jamoa a‟zolarining printsipalligi
hamda kamchiliklar bilan murosa qilmaslik istagi jamoaning yuksak faolligi tashabbusi
tufayli yuzaga keladi.
Ishlab chiqarishda nizoli vaziyatlarni keltirib chiqaradigan turli sabablarga
ko`ra vujudga kelishi mumkin. Ulardan:

mehnatni tashkil qilishdagi kamchiliklar;

xaq to`lashning takomillashtirilmaganligi;

yomon mehnat sharoitlari;

mehnat haqidagi qonunlarni o`zi;

raxbarlikning qoniqarsiz saviyasi;

o`zaro munosabatlar madaniyatining past saviyasi
Jamoa a‟zolari orasida nizolarning ko`pchiligi qo`yidagi sabablar tufayli sodir
bo`ladi:
1. Vazifalarni – o`zaro bog`liqligi. Mehnat taqsimot barcha bo`g`inlarni bir-biri
bilan bog`lab qo`yadi. Bunday sharoitda bir kishi yoki gurux kishilarning bajaradigan
ishi boshqa bir kishi yoki boshqa bir gurux ishiga bog`liq bo`lib qoladi. Ko`rib
turibsizki, noroziliklar hamma bug`inlarda bor. Aynan shular nizoni kelib chiqishiga
sabab bo`ladi.
2. Erkinlik, mustaqillik va o`z qadrini bilishdagi har xillik. Bu sabab eng ko`p
hollarda uchraydigan sabablardan hisoblanadi. Masalan, bo`ysunuvchi o`z fikrini
aytishga har doim xoxlayman deb aytsa, raxbar bunga javoban fikringizni faqat biz
«so`ragan paytda aytishingiz mumkin» desa, o`z-o`zidan nizo vaziyat tug`iladi.
3. Manmanlik, qaysarlik. SHunday xodimlar borki, faqat o`zining fikrini
maqullaydi, murosaga xech ham bormaydi. Bunday odamlar g`alvaning ini. Ular bilan
nihoyatda extiyotkorlik bilan munosabatda bo`lish kerak.
4. Kommunikatsiya. O`zaro aloqaning qoniqarsizligi. Axborotning xodimlarga
yetib bormasligi yoki uning juda ham sust bo`lishi nizo chiqish uchun ham sabab, ham
oqibat bo`lishi mumkin.

Download 485.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling