O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya Farmatsiya va sanoat farmatsiyasi fakulteti barcha yo„nalishlari talabalari uchun o„quv-uslubiy qo„llanma Toshkent-2018


shaxsning o`ziga aloqador bo`lgan ichki nizolar


Download 485.84 Kb.
bet110/121
Sana21.08.2023
Hajmi485.84 Kb.
#1668839
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   121
Bog'liq
Psixologiya-fayllar.org

shaxsning o`ziga aloqador bo`lgan ichki nizolar – odatda bevosita
ijtimoiy psixologiya tomonidan o`rganilmaydi, bu kabi nizolar umumiy, pedagogik
hamda patopsixologiyaning predmeti bo`lib, u asosan bir inson qalbidagi turli his-
kechinmalar, istak-hohishlar va motivlarning bir biriga zid kelishi, qarama-qarshi
fikrlarning paydo bo`lishi oqibatida yuzaga keladi. Bunday nizo shaxsgagina ma‟lum
bo`ladi, bahzan esa odam qilib qo`ygan ishining aynan o`zining ichki nizolari oqibati
ekanligini anglamaganda unga pisxoanalitik yoki patopsixolog yordamga keladi.
-
shaxs va guruh o`rtasida sodir bo`ladigan nizolar odatda bir shaxs
qarashlari, hatti-harakatining u mansub bo`lgan yoki ishi tushgan guruhning normalari,
xulq-atvor maromlariga zid kelishi, shaxs kutishlarining guruh normalaridan og`ishi

126


oqibatida kelib chiqadi. Agar bu mehnat jamoasida ro`y bersa, bu guruh a‟zolarining
malakasizligi yoki rahbarning odamlarni boshqarishdagi uquvsizligi natijasida kelib
chiqishi mumkin. Demak, bunday jamoada psixologik, mahnaviy muhit nosog`lom
bo`ladiki, shaxs bilan boshqa shasxlar o`rtasida kelishmovchilikka olib keladi.
-
guruhlararo ziddiyat yoki nizo - ikki yoki undan ortiq guruhlarning bir-
birlari bilan murosaga kelisholmay qolgan taqdirda ruy beradi va bunda ularning o`z
maqsadlariga erishishlari uchun bir-birlarining halaqit berishlari asosiy omillardan
hiosblanadi. Ko`pincha muayyan formal, rasmiy guruh a‟zolari guruhbozlikka berilib,
har bir kichik guruh manfaatlari bir-biriga mos kelmay qolganda ham nizo kelib
chiqadi. “Guruhbozlik” deb atalmish bunday holat ham ijtimoiy psixologik nuqtai
nazaridan zararli bo`lib, bu yaxlit jamoadagi mahnaviy muhitga jiddiy salbiy ta‟sir
ko`rsatadi. Bahzan bir jamoa rahbariyati va rasmiy tizimi bilan guruh ichidagi
norasmiy tuzilma o`rtasida ham nizo kelib chiqadi. Lekin bu holatlarni sog`lom
raqobatga asoslangan manfaatlar kelishmovchiligi, masalan, siyosiy partiyalar
o`rtasidagi raqobatdan farqlash lozim.
-

Download 485.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling