O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
PTE uz (1)
(250 band birinchi xatboshi "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27
yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). 59 Poezdni harakatga keltirishdan avval etakchi lokomotiv mashinisti va uning yordamchisi poezddan yoki stansiya xodimlari tomonidan to’xtatish signallari uzatilmayotganiga ahamiyat berishlari kerak. Yo’lovchi poezdining vagon kuzatuvchilari xavfsiz harakatlanishga qarshi biron-bir to’siqqa duch kelganlarida poezdni to’xtatish uchun zudlik bilan chora ko’rishlari kerak. Yo’lovchi poezdi (motorvagon poezddan tashqari) stop-kranni qo’llash natijasida yoki o’z-o’zidan peregonda to’xtab qolganida kuzatuvchilar o’zlari xizmat ko’rsatayotgan vagonlarini ko’rib chiqishlari va zarurat tug’ilganda lokomotiv tomonga to’xtatish signalini uzatishlari kerak. Motorvagon poezdning oraliq yo’lda to’xtab qolganida mashinist yordamchisi vaziyatni o’rganib chiqib, mashinistga xabar berishi kerak. Boshqa poezdlarning bunday to’xtab qolishida mashinist yordamchisi poezdni ko’rib chiqib, so’nggi vagon raqami bo’yicha to’liq tarkibdaligini va shu vagondagi poezd signalining mavjudligini tekshirishi kerak. Yo’lovchi poezdi harakati vagonlarning hamma kuzatuvchilari tomonidan to’xtatish signali olib tashlanganidan keyin, qolgan poezdlar harakati esa mashinist yordamchisining dokladidan keyin davom ettiriladi. Peregonlarda harakat jadvalida ko’rsatilmagan (yo’lovchilarni chiqarish, tushirish, yuklarni ortish, tushirish) boshqa to’xtashlarda poezdlarni harakatga keltirish poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnomada o‘rnatiladi. 251. Peregonning chiqish signallari bo’lmagan joyini egallashga, shuningdek, chiqish signalining taqiqlovchi ko’rsatkichida poezdning jo’natilishi uchun ruxsatnoma, etakchi lokomotiv mashinistiga shaxsan stansiya navbatchisi yoki ushbu poezd lokomotiv brigadasining biron xodimi orqali, yo’l, post, park navbatchisi, navbatchi operator, strelka posti navbatchisi, signalchi yoki bosh konduktor (poezd tuzuvchi) orqali topshiriladi. Mashinist peregonni egallashga qabul qilingan ruxsatnomaning to’g’riligiga ishonch hosil qilishi kerak. Lokomotiv mashinistlariga harakat xavfsizligini ta’minlovchi peregonni egallashga ruxsatnoma topshirish tartibi stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktlarida belgilanadi. 252. Agar stansiyaga qabul qilinayotgan poezd tarafdagi yaqinlashish joyi uzoqqa cho’zilgan pasayish bo’lsa va qabul qilinayotgan poezd marshruti jo’natilayotgan poezd marshrutidan (muhofaza berk yo’li yoki qabul va jo’natish yo’llarining o’zaro joylashuvi bilan) chegaralanmagan bo’lsa, bir vaqtning o’zida poezd jo’natish va xuddi shu yo’nalishda stansiyaga poezd qabul qilish man etiladi. 253. Stansiya navbatchisi har bir jo’natilayotgan yoki to’xtovsiz o’tib ketayotgan poezdning ahvoli, signallarining mavjudligi va to’g’ri ko’rsatishligini tekshirib kuzatadi. Stansiya navbatchisi poezdning to’liq tarkibda jo’natilishiga signalchi, strelka posti navbatchisi dokladi orqali yoki shaxsan ishonch hosil qiladi. Poezdlarni jo’natish yo’llari uzoqlashgan yoki mahalliy sharoit tufayli stansiya navbatchisi poezdni kuzata olmaydigan stansiyalarda ularni signalchilar yoki strelka posti navbatchilari kuzatishlari kerak. Stansiya navbatchilari bo’lmagan markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalarida hamda elektr izolyatsiyalangan yo’l va strelkalarga ega bo’lgan, mahalliy sharoit tufayli stansiya navbatchisi poezdlarni kuzata olmaydigan va boshqa xodimlari (signalchi, strelka posti navbatchilari) bo’lmagan stansiyalarda esa poezdlarning jo’natilishi boshqaruv moslamalarining ko’rsatgichlariga binoan nazorat qilinadi. Stansiya navbatchilari poezdlarni kuzatmasa bo’ladigan stansiyalar ro’yxati va poezdlarni jo’natishda harakat xavfsizligini ta’minlash sharoitlari DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan o‘rnatiladi. (253 band beshinchi xatboshi "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). Poezdni kuzatuvchi xodim poezd yaxshi ahvolda o’tib ketganiga ishonch hosil qilishi kerak. 60 Poezdda harakat xavfsizligiga xavf tug’diruvchi nosozliklar aniqlanganida, shuningdek, poezd poezd signallarisiz ketayottanini payqagan poezdni kuzatuvchi xodim uni to’xtatish uchun chora-tadbirlar ko’rishi kerak. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling