O’zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi Toshkent Davlat Transport Universiteti “iqtisodiyot nazariyasi” fanidan
Savdo yarmarkasi - muayyan belgilangan vaqtda va joyda otkaziluvchi hamda otkazilish jarayonida ulgurji savdo bitimlari tuziluvchi tovar namunalari ko‘rgazmasi
Download 294.5 Kb.
|
Bozor iqtisodiyoti mazmuni, asosiy belgilari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savdo uyi - oz ichiga tashqi savdo kompaniyasi bilan bir qatorda ishlab chiqarish, bank, sug‘urta, transport, ulgurji-chakana va boshqa turdagi firmalarni oluvchi keng tarmoqli savdo kompaniyasi.
- Ulgurji savdo firmalari
- - korxona, firma, kompaniyalar moliyaviy xo‘jalik faoliyatini tekshirib boruvchi, ular hisobotini ekspertizadan o‘tkazuvchi muassasa.
Savdo yarmarkasi - muayyan belgilangan vaqtda va joyda otkaziluvchi hamda otkazilish jarayonida ulgurji savdo bitimlari tuziluvchi tovar namunalari ko‘rgazmasi. Savdo bitimlari tovar ishlab chiqamvchi bilan savdo firmalari o'rtasida tuzilib, unda bevosita iste’molchi qatnashmaydi.
Savdo uyi - o'z ichiga tashqi savdo kompaniyasi bilan bir qatorda ishlab chiqarish, bank, sug‘urta, transport, ulgurji-chakana va boshqa turdagi firmalarni oluvchi keng tarmoqli savdo kompaniyasi. U ixtisoslashgan yoki universal boiishi mumkin. Ixtisoslashgan savdo uyi ayrim tovarlar bilan (kiyim-kechak, oyoq kiyim, gazlama va h.k.), universal savdo uyi har xil tovarlar bilan savdo qiladi. Savdo uylari tarkibida savdo firmalari muhim o‘rin tutadi. Ular tijorat ishini yurituvchi va ixtisoslashgan savdo-sotiq korxonalaridir. Firmalar mustaqil yoki yirik sanoat korporatsiyalari tarkibida ish yuritib, ulgurji va chakana savdo bilan shug‘ullanadigan turlarga boiinadi. Ayrim firmalar har ikkala savdo turi bilan ham shug‘ullanadi. Savdo uylari o‘z nomidan va ko‘pincha o‘z hisobidan eksport-import hamda boshqa savdo aloqalarini olib boradi. Tashqi savdo uylari savdo korxonalarini sotib olish, jihoz va uskunalami ijaraga topshirish, kreditlar berish, sug‘urta xizmati koisatish orqali moliyaviy va ishlab chiqarish xizmatida ham qatnashadi. Ulgurji savdo firmalari tovarlami o‘z mulki va mablagiari hisobidan sotib olib, keyin iste’molchilarga sotadi. Chakana savdo firmalari turlicha faoliyat yuritib, ular mustaqil do‘konlar, maxsus do‘konlar va supermarketlardan iborat boladi. Supermarket - bu xaridorning o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatishiga asoslangan keng tarmoqli savdo korxonasi. U tovarlaming deyarli barcha turlari bilan, jumladan import tovarlar bilan ham savdo qiladi. Supermarket xaridorlarga bepul maslahatlar beradi, tovarlami buyurtma bo‘yicha xaridor uyiga etkazadi, ularga madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatadi. Hozirgi kunda keng rivojlanib borayotgan zamonaviy bozorlardan biri bu elektron savdo bozorlari bo’lib hisoblanadi. U 0 ‘zbekiston Respublikasining “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi 2015-yil 9 dekabrdagi son Qonunining yangi tahriri bilan belgilanadi va amalga oshiriladi. Unda internet tarmogidagi tijorat sohasiga oid faollikni, unda oldi-sotdini amalga oshirilishini ifodalash uchun qoilaniladi; kompyuter tarmogidan foydalangan holda xarid qilish, sotish, servis xizmati koisatishni amalga oshirish, marketing tadbirlarini oikazish imkoniyatini ta’minlaydi. Elektron tijoratning an’anaviy savdo turlaridan farqi quyidagilardan iborat: - xaridor o‘ziga qulay vaqt, joy va tezlikda mahsulotni tanlash va sotib olish imkoniyatiga ega; - savdo-sotiq faoliyatini ish faoliyati bilan birga parallel ravishda, ya’ni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda olib borish imkoniyati; - ko‘p sonli xaridorlarning bir vaqtning o‘zida bir nechta firmalarga murojaat qila olish imkoniyati; - kerakli mahsulotlami tezlikda izlab topish va ushbu mahsulotlar mavjud boigan korxonalarga murojaat qilishda texnik va transport vositalaridan samarali foydalanish imkoniyati; - xaridorlarning yashash joyi, s o g iig i va moddiy ta’minlanish darajasidan qat’iy nazar hamma qatori teng huquqli mahsulot sotib olish imkoniyati; - hozirgi kundagi mavjud jahon standartlariga javob beradigan mahsulotlami tanlash va sotish imkoniyati; - elektron tijoratda savdoni tashkil etish korxonalaming raqobatini kuchaytiradi, monopoliyadan chiqaradi va mahsulotlaming sifatini oshirish imkoniyatini beradi. Qo’lga kiritilgan yutuqlar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, avvalambor, tizimli demokratik bozor islohotlarini joriy etish, iqtisodiy liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish, sanoat tarmoqlarida tarkibiy o‘zgarishlami amalga oshirish, modemizatsiyalash va diversifikatsiyalash jarayonlarini izchil davom ettirish -bulaming bari muvaffaqiyatlaming asosiy omilidir. E’tiborli jihati, yalpi ichki mahsulotning muttasil o ‘sishi an’anaviy xom ashyo tarmoqlari yoki boimasa, jahon bozoridagi qulay kon’yunktura va ayrim xom-ashyo hamda materiallar narxining yuqoriligi hisobidan emas, aksincha, raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish, zamonaviy xizmat ko‘rsatish sohalarini jadal rivojlantirish evaziga ta’minlanmoqda. Ushbu vazifalami amalga oshirish natijasi o’laroq, iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan o ‘zgartirish, qayta ishlangan hamda yuqori qo'shimcha qiymatga ega bo'lgan tayyor mahsulotlami ko‘paytirish barcha tarmoq va sanoat korxonalarining tashqi bozordagi pozitsiyasini mustahkamlash imkonini bermoqda. Infratuzilma tizimida moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar alohida o‘ringa ega. Ular moliya bozori, uning asosi boigan kapital bozorini shakllantiradi va amal qilish tartib-qoidalarini o‘matadi. Moliyaviy muassasalaming aksariyati o‘ziga xos belgilar bilan bir qatorda yagona umumiy belgiga ham ega. Bu ular faoliyatining doimo moliyaviy majburiyatlar bilan bog’liqligidir. Ya’ni, moliyaviy muassasalar subyektlarning ortiqcha pul mablagiarini jalb etib, o‘z nomidan moliyaviy mablag’larga ehtiyoj sezgan subyektlarga pul qarz beradi Bozor iqtisodiyoti subyektlarini moliyaviy axborotlar bilan ta’minlash bozor infratuzilmasining axborot xizmati idoralari, shu jumladan auditorlik firmalari zimmasiga tushadi. Auditor firma - korxona, firma, kompaniyalar moliyaviy xo‘jalik faoliyatini tekshirib boruvchi, ular hisobotini ekspertizadan o‘tkazuvchi muassasa. Ular odatda aksiyadorlik jamiyati yoki kooperativ shaklda faoliyat koisatadi va to’liq mustaqillikka ega boiadi. Auditor firmalar o‘z ishini har bir mamlakatda yoki xalqaro miqyosda qabul qilingan hisob-kitob va taftish qoidalariga binoan olib boradi. Auditor firma ishida qatnashuvchi taftishchilar auditorlar deb ataladi. Shunday qilib, bozor infratuzilmasi va uning ko‘rib chiqilgan muassasalari barcha bozor turlarining faoliyat koisatishi hamda davlatlararo iqtisodiy munosabatlami tartibga solishni ta ’minlaydi. Download 294.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling