O’zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi Toshkent Davlat Transport Universiteti


Bozor infratuzilmasi - bu bozor aloqalarini o‘rnatish va ularning


Download 421.74 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/25
Sana09.03.2023
Hajmi421.74 Kb.
#1255011
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Bozor iqtisodiyoti mazmuni, asosiy belgilari Ergashov Soxib

Bozor infratuzilmasi - bu bozor aloqalarini o‘rnatish va ularning 
bir maromda amal qilishiga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar tizimidir. 
Bozor infratuzilmasi tarkibiga kimvchi muassasalami quyidagi asosiy 
yo‘nalishlar bo'yicha gumhlash mumkin: 
1) tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat qiluvchi muassasalar (ombor 
xo'jaligi, transport va aloqa xizmatlari ko'rsatuvchi korxonalar, birjalar, auksionlar
savdo uylari, savdo-sotiq idoralari va agentliklari va h.k.); 


2) moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar (bank, kredit 
muassasalari, sug'urta va moliya kompaniyalari, soliq idoralari va h.k.); 
3) ijtimoiy sohaga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar (uy-joy va kommunal xizmat 
idoralari, aholini ishga joylashtirish firmalari va h.k.); 
4) axborot xizmati idoralari (ma’lumotlami to'plash, umumlashtirish va sotish 
bilan shug'ullanuvchi muassasalar). 
Bozor infratuzilmasi muassasalari tovar ishlab chiqaruvchilarning savdo-
sotiq, moliya-kredit faoliyatiga, asosiy hamkorlami topishiga, ishchi kuchini 
yollashiga ko‘maklashadi, davlatning iqtisodiyotni tartibga solish bo‘yicha 
tadbirlarini amalga oshiradi, tijorat aloqalarini o‘rnatishga yordam beradi. Ulaming 
bir qismi davlat mulki doirasida faoliyat yuritib, bepul xizmat ko‘rsatsa, boshqalari 
mustaqil tijorat muassasasi va uyushmalaridan iborat bo‘lib, ko‘rsatgan xizmatlari 
uchun haq oladi. Bozor infratuzilmasi tarkibida tovar va xizmatlar muomalasiga 
xizmat qiluvchi muassasalar muhim o‘rin tutishi sababli ulardan asosiylarining 
qisqacha tavsifiga to‘xtalib o‘tamiz. 
 
Birja - namuna (yoki standart)lar asosida ommaviy tovarlarning muntazam 
savdo-sotiq ishlarini o‘tkazuvchi tijorat muassasasi. Uning tovar birjasi, fond birjasi, 
valyuta biijasi, mehnat biijasi singari turlari keng tarqalgan. 

Download 421.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling