О`збекистон республикаси
Sanitariya qonun-qoidalari Restoranlar va ularning xarakteristikalari
Download 364.5 Kb.
|
Ishchi o\'quv dastur 8 mart Xoliqulova Dilobar
6.1.1 Sanitariya qonun-qoidalari Restoranlar va ularning xarakteristikalari
Iste’mol qilinayotgan taomlar harorati katta gigiyenik va fiziologik ahamiyatga ega. Taom iste’molchining nafaqat fiziologik talabini qondirishi, unga yaxshi kayfiyat ham baxsh etishi kerak. Shuning uchun ham taomlar iste’mol qilinganda ta’mi va hidi maksimal seziladigan haroratlarda taqsimlanib, uzatiladi. Issiq taomlarni (birinchi taomlar, souslar va issiq ichimliklar) suzib uzatish harorati 75°C, ikkinchi taom va garnirlar harorati 65°C, sovuq taomlar va ichimliklar harorati 14°C dan past bo‘lmasligi kerak. Taomlarni taqsimlab, suzib uzatish xonalarida o‘rnatiladigan jihozlar (marmitlar, vitrinalar) aynan ko‘rsatilgan haroratlarda realizatsiya qilish davrida ta’minlashga qaratilgan. Tayyor taomlarni suzib uzatish korxonalariga taomlar qaynoq suvda chayqab olingan, qopqog‘i mahkam yopiladigan termoslarda yoki boshqa idishlarda maxsus transport bilan keltirilishi kerak. Keltirilgan issiq taomlar va ichimliklarni saqlash va realizatsiya qilish muddati 3 soatdan ko‘p bo‘lmasligi lozim. Souslar bilan beriladigan ikkinchi taomlarni bufetlarda realizatsiya qilish har bir korxona uchun joylardagi SESlar ijozati bilan amalga oshiriladi. Ovqatlanish korxonalarida tayyor mahsulotlar realizatsiya qilinmasdan ertangi kunga qoldirilmasligi kerak. Ilojsiz hollarda ertangi kunga qoldiriladigan taom avval sovitilishi, keyin sovitkichlarda 2–6°C da 12 soat, –2+4°C gacha 18 soatgacha saqlanadi. Ertangi kunga qoldirilgan taomlar sifati realizatsiya qilishdan oldin organoleptik baholashdan o‘tkazilishi kerak. Sifati bo‘yicha qoniqarli baho olgan taomlarga qaytadan issiqlik ta’sirida ishlov beriladi (qaynatish, qovurish): birinchi taomlar bir marta qaynatiladi, ikkinchi taomlar esa duxovkada yoki qovurish shkafida 90°C gacha issiqlikda qizdiriladi. Qayta ishlov berilgan mahsulotlarni realizatsiya qilish muddati 1 soatdan oshmasligi kerak. Bundan tashqari, kechagi taomni yangi tayyorlangan taom bilan aralashtirish man qilinadi. Yana shuni ta’kidlash kerakki, ba’zi bir tayyor mahsulotlarni ertangi kunga umuman qoldirish mumkin emas. Restoran – murakkab tarzda tayyorlangan taomlarning keng assortimentini tayyorlaydigan umumiy ovqatlanish korxonasidir. Bular ichiga buyurtma va firma taomlari, spirtli ichimliklar, tamaki va qandolat mahsulotlari kiradi. Mijozlarning yaxshi dam olishlari uchun yuksak darajada xizmat qilinadi. Restoranlar markaziy ko‘chalarda, odamlar gavjum ko‘chalarda, temiryo‘l, avtomobil vokzallarida, aeroportlar, bandargohlarda, dengiz kemalarida, suzuvchi dam olish uylarida, stadion, shaharlararo hududlarda, tomosha maskanlari majmualarida, tarixiy va arxitektura yodgorliklari joylashgan yerlarda, shuningdek, O‘zbekiston sharoitida katta bozorlar, o‘yingohlar yaqinida ochiladi. Restoranlarda xo‘randalarga restoran xodimlari, bosh ofitsiant va ofitsiantlar xizmat qiladi. Taomlar va ichimliklarni oliy darajadagi pazandalar tayyorlaydi. Restoranda xizmat qiluvchi xodimlar bir xil kiyimlarda bo‘ladi, ularning poyabzallari yagona namunaga ega bo‘lishi shart. Xorijiy sayyohlarga xizmat qiladigan restoran ofitsiantlari bironta chet tilni bilishi va mehmonlar bilan erkin muloqot qila olishi lozim. Restoranlar ayrim xo‘randalargagina xizmat qilish bilan cheklanmaydi. Davlat miqyosidagi katta anjumanlar, majlislar, konferensiya, seminar, rasmiy kechalar, qabul marosimlari, to‘ylar, oilaviy tantanalar, banket va boshqalarga xizmat qiladi. Restoranlarda mijozlarga asosan tushlik va kechki ovqat beriladi, katta yig‘inlar, kengashlar, konferensiya qatnashchilariga taomning to‘la ratsioni beriladi. Ko‘pgina restoranlarda bayram kuni oldidan, shanba va yakshanba kunlari milliy taomlar ta’mini aniqlash (degustatsiya) tadbiri o‘tkaziladi. Hozirda ba’zi restoranlar faoliyatida oilaviy ovqatlanish tajribasi amalga oshirilmoqda. Xizmatning bu turida maxsus taomnoma tuziladi, bunda yosh bolalar hisobga olinadi, ammo oziq-ovqat uncha qimmat bo‘lmasligi kerak. Lyuks toifadagi restoranda buyurtma va firma taomlaridan tashqari taomnomada yozilmagan taomlarning buyurtmasini ham qabul qilish mumkin. Download 364.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling