О`збекистон республикаси


Restoran xodimlari va ulaming lavozim majburiyatlari


Download 364.5 Kb.
bet5/22
Sana25.03.2023
Hajmi364.5 Kb.
#1294872
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Ishchi o\'quv dastur 8 mart Xoliqulova Dilobar

6.1.2 Restoran xodimlari va ulaming lavozim majburiyatlari.
Ma’muriyat – mehnat jamoasining bir qismini tashkil qiladigan direktor, boshliq, mansabdor shaxslardir. Ma’muriyat o‘z huquq va majburiyati doirasida jamoa faoliyati ustidan rahbarlikni amalga oshiradi, mehnat jamoasi nomidan ish qiladi, ularning manfaatini himoya qiladi, burchlarini bajarishi uchun javob beradi. Shveysar – restoran direktori tomonidan qo‘yiladi, u mehmonlarni kutib olishi kerak. Eshiklarni ochib-yopib turadi, zallarning joylanishi haqida restoranga keluvchilarga axborot beradi. Restoran yopilishi oldidan kiruvchilarni to‘xtatadi. Mehmonlar iltimosiga ko‘ra taksi chaqirib berish ham uning vazifasiga kiradi. Restoranga kirish qismi tozaligiga qarab, oyna, eshiklarni, polni artib tozalab turadi. Restoran eshigi atrofidagi qorlarni kuraydi, tashqari ozodaligini ham nazorat qiladi. Signalizatsiya sistemasini, reklamalar to‘g‘ri osilganini kuzatadi. Kiyim iluvchi. Restoranga kirishda ustki kiyimlarni yechadigan joy bo‘ladi. Bu yerda xizmat qiluvchi mehmonlarning ustki kiyimlarini va boshqa buyumlarini qabul qilib oladi, kiyim osilgach, osqich nomeri yozilgan jeton beradi. Kiyimlar qabul qilib oluvchi topshirilgan buyumlar uchun mas’ul hisoblanadi. Jeton qaytarilgach, topshirilgan buyumlar olib beriladi, kiyim qabul qiluvchi ustki kiyimni kiyishda mehmonga yordamlashadi. Kiyim tugmalari, ilgichlar uzilgan bo‘lsa, tikib beradi. Bu ishlar uchun xizmat haqi talab qilinmaydi.
Bosh ofitsiant – ofitsiantlarning hamma ishlariga rahbarlik qiladi. Shuningdek, shveysar, kiyim iluvchi, zal, hojatxona farroshlari, bufet xodimlari ishlari ham uning nazoratida bo‘ladi. Bosh ofitsiant zimmasiga mijozlarga xizmat qilish qoidalari xodimlar tomonidan qanday bajarilayotganini nazorat qilish, ichki tartib-intizom, shaxsiy gigiyena, bir shakldagi kiyimlar kiyishga rioya qilinishi, idish-tovoqlar, stol dasturxonlari, ularga qo‘yiladigan buyumlarning taxt turishini, restoran zali mijozlar qabul qilishga tayyorligini nazorat qilish yuklatiladi.



Download 364.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling