O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining


Download 0.77 Mb.
bet7/20
Sana31.10.2020
Hajmi0.77 Mb.
#139490
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
187 06.04.2017


Rus tili o‘quv fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari

Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida rus tili fanini o‘qitishning maqsadi:

o‘quvchilarning o‘qish va mehnat jarayonida, jamoat joylarida turli nutqiy vaziyatlarda rus tilida mustaqil ravishda fikrini bayon eta olish, rus tilida eshitilgan axborotni idrok etish, voqea-hodisalarga o‘z munosabatini bildirish;

adabiyotning eng sara namunalari, jahon madaniyatiga va milliy madaniyatga hissa qo‘shgan buyuk allomalar ijodiy merosini o‘rganish orqali milliy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish malakasini rivojlantirishdan iborat.

Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida rus tili fanini o‘qitishning asosiy vazifalari:

o‘quvchilarning kundalik va kasbga oid sohalarda faoliyat olib borishi uchun rus tili fani bo‘yicha o‘zlashtirgan bilimlarini muloqot jarayonida qo‘llash malakasini rivojlantiruvchi nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish;

o‘quvchilarning rus tilida og‘zaki va yozma savodxonligini rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish;

o‘quvchilarning bilimlari asosida o‘zini o‘zi mustaqil rivojlantirish, egallangan bilim, ko‘nikma va malakasini turli vaziyatlarda qo‘llash kompetensiyalarini shakllantirishdan iborat.

Rus tili fani bo‘yicha umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari

1. Nutqiy kompetensiya

A1

sodda yo‘riqnomalarni tushuna oladi va ularga amal qila oladi;

savol va ta’kidlovlarni, tanish matndagi autentik nutqni tushuna oladi;

sodda savollar tuza oladi va ularga javob bera oladi;

yashash joyi, oilasi, do‘stlari va tanishlari haqida ma’lumot bera oladi;

o‘zini tanishtira oladi, yoqtirgan va yoqtirmagan narsalari haqida so‘zlab bera oladi;

tanish mavzularda qisqa xabar bera oladi;

bir daqiqada 30 — 35 ta so‘zni ovoz chiqarib to‘g‘ri o‘qiy oladi;

shaxsiy sodda xabarlarni yoza oladi;

shaxsiy ma’lumotlar (ismi va otasining ismi, yashash manzili va hokazo) bilan sodda so‘rovnomani to‘ldira oladi;

she’r va hikoyalar, qo‘shiqlarni, tanish matndagi autentik nutqni tushuna oladi.

A1+

xalq og‘zaki ijodi (topishmoq, maqol, tez aytish, ertak) va bolalar adabiyoti namunalaridan olingan hikoya, she’rlarni va ulardan berilgan parchalarni o‘qib tushunadi va mazmunini so‘zlab bera oladi.

A2

o‘z ehtiyojlari va qiziqishlariga bog‘liq bo‘lgan gap va iboralarni tushuna oladi;

kerakli ma’lumotni tegishli manbalardan topa oladi;

ommaviy axborot vositalarida chop etilgan qisqa xabar va kichik maqolalarni, rasmiy xatlarning asosiy turlarini, texnik qurilmalar, shuningdek oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va hokazolardan foydalanish yuzasidan berilgan yo‘riqnomalarni tushuna oladi;

sodda iboralar orqali narsa-buyumlar va o‘ziga tegishli narsalarni qiyoslay oladi;

kommunikativ vaziyatlarda o‘zaro suhbatga kirisha oladi;

sodda iboralar yordamida odamlar, joylar va buyumlarni tasvirlay oladi;

kundalik turmushini, tarjimai holini yoza oladi.

A2+

kundalik mavzulardagi muhim ma’lumotlarni tushuna oladi;

turli ommaviy vaziyatlarda muloqotga kirisha oladi;

oldindan rejalashtirilgan tanish mavzular yuzasidan qisqa muloqotga kirisha oladi;

tadbir, voqea-hodisa haqida qisqa ma’lumotlar bera oladi;

rejalar, tadbirlar, odatlar, maqsadlarni ifodalay oladi;

faktlarga asoslangan matnlarda, masalan, broshyuralar, reklamalar, gazeta e’lonlaridan, veb-saytlardan kerakli ma’lumotlarni topa oladi;

ba’zi notanish so‘zlarning ma’nosini matnga qarab aniqlay oladi;

og‘zaki xabar yoza oladi.

V1

ommaviy axborot vositalaridagi xabarlarni tushuna oladi;

kasbiy sohaga oid normativ huquqiy hujjatlarni tushuna oladi;

asosiy rasmiy ish qog‘ozlarining turlarini biladi va ular haqida qisqacha axborot bera oladi.

V1+

qisqa hajmli matnlarni rus tilidan o‘zbek tiliga tarjima qila oladi;

kundalik hayotiy faoliyatda va shaxsiy ehtiyojiga zarur bo‘lgan ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalari va veb-saytlardan topa oladi;

kasbiy sohasi bo‘yicha qisqacha taqdimot tayyorlashni biladi.

2. Lingvistik kompetensiya

A1

rus tilining barcha tovushlarini aniq talaffuz qila oladi;

muloqot vaziyatlarida mantiqiy urg‘u, intonatsiya modellarini farqlaydi, oddiy grammatik shakllar va sintaktik tuzilmalardan to‘g‘ri foydalana oladi;

voqea va hodisalarni tasvirlashda, hikoyalarni bayon qilishda gaplarni to‘g‘ri ketma-ketlikda bog‘lay oladi;

kommunikativ vaziyatlarda lug‘atlardan o‘z o‘rnida to‘g‘ri foydalana oladi;

baynalmilal so‘zlar va boshqa tildan olingan o‘zlashtirma so‘zlarni tushuna oladi va o‘z o‘rnida ishlata oladi.

A1+

kommunikativ vaziyatlarda oddiy grammatik shakllar va sintaktik tuzilmalardan foydalana oladi;

fe’l shakllari va o‘rganilgan sodda payt ravishlaridan foydalanib, gaplarni to‘g‘ri bog‘lay oladi, hikoyalar hamda voqealarni bayon qila oladi.

A2

so‘z yasashning turli usullarini farqlay oladi;

sodda bog‘lovchilar yordamida so‘z birikmalari va qo‘shma gaplarni bog‘lay oladi;

fe’l shakllari va sodda payt ravishlaridan foydalanib, gaplarni to‘g‘ri bog‘lay oladi, hikoyalar hamda voqealarni to‘g‘ri ketma-ketlikda ta’riflay oladi.

A2+

kommunikativ vaziyatlarda asosiy grammatik tuzilmalarni to‘g‘ri qo‘llay oladi.

V1

so‘z tanlash tamoyillari va so‘z qo‘llash me’yorlarini biladi;

kasb sohasiga oid so‘z, so‘z birikmalaridan o‘rinli foydalanib, hikoya qila oladi;

badiiy, publitsistik, ilmiy va rasmiy uslublarning asosiy xususiyatlarini biladi va matnda ularni ma’nolaridan aniqlay oladi.

V1+

turli nutqiy vaziyatlarda erkin muloqotga kirisha oladi;

o‘qilgan va tinglangan matn, ko‘rilgan rasm, tasvir asosida kichik hikoya tuzadi va bayon yoza oladi.

5-§. Tarix fani

Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida tarix fanini o‘rganish bosqichlari

Ta’lim bosqichi

Bitiruvchilar

Standart darajasi

Daraja nomlanishi

Umumiy o‘rta ta’lim

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining

5-sinf bitiruvchilari



A1

Tarix fanini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi

Tarix fani chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarining
5-sinf bitiruvchilari

A1+

Tarix fanini o‘rganishning kuchaytirilgan boshlang‘ich darajasi

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarning

9-sinf bitiruvchilari



A2

Tarix fanini o‘rganishning tayanch darajasi (eng qadimgi davrdan XX asr boshlarigacha)

Tarix fani chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarining
9-sinf bitiruvchilari

A2+

Tarix fanini o‘rganishning kuchaytirilgan tayanch darajasi.

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari

V1

Tarix fanini o‘rganishning tayanch darajasi davom ettiriladi (XX asr boshlaridan hozirgi kungacha bo‘lgan davr). Tarix fanini o‘rganishning umumiy darajasi.

Tarix fani chuqurlashtirilib o‘rganiladigan akademik litsey bitiruvchilari

V1+

Tarix fanini

o‘rganishning kuchaytirilgan



umumiy darajasi.

Tarix o‘quv fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari

Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida tarix fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:

O‘quvchilarda tarixiy ong va tarixiy tafakkurni shakllantirish, dunyo xalqlari hamda ko‘p millatli xalqimizning tarixi va bugungi kuniga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini tarbiyalash;

o‘quvchilarga davlatchiligimiz tarixi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi ekanligini anglatish;

o‘quvchilarda tayanch va tarix faniga oid umumiy va kuchaytirilgan kompetensiyalarni shakllantirishdan iboratdir.

Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida tarix fanini o‘qitishning vazifalari:

O‘quvchilarga davlatchiligimiz tarixi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi ekanligini anglatish;

ajdodlarimizning ma’naviy merosi va jasoratlaridan ibrat olishga, ularga munosib voris bo‘lishga o‘rgatish;

o‘quvchilarni tarixiy voqealarni idrok etishga yo‘naltirish orqali ularning o‘zligini anglash, shaxs sifatida kamol topishiga yordam beradigan tushunchalar, milliy, umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iborat.

Tarix fani bo‘yicha umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari

1. Tarixiy voqelikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi

A1

tarixda yil hisobini biladi;

tarixga oid muhim fakt, voqea va jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi;

o‘z fikr va qarashlarini bayon etishda tarixiy bilimlaridan foydalana oladi.

A1+

tarixiy jarayonlarni ko‘rgazmali tushuntira oladi.

A2

tarixda davr va yil hisobini biladi;

tarixiy-geografik makon haqida ma’lumot bera oladi;

O‘zbekiston va jahon tarixining eng qadimgi davridan XX asr boshlariga qadar insoniyat tarixida muayyan iz qoldirgan muhim voqea va jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi;

o‘zbek xalqining shakllanish bosqichlarini tushuntirib bera oladi;

o‘rganilgan tarixiy davrlarga munosabat bildirib, xulosa chiqara oladi;

davlatlarning tashkil topishi, hududi, aholisi va boshqaruv tartiblarini tushuntira oladi;

o‘zbek xalqining madaniyati, ma’naviyati, dunyoviy va diniy qadriyatlarining ravnaq topishi, ularning jahon sivilizatsiyasiga ta’siri haqida ma’lumot bera oladi;

mamlakatimizdagi tarixiy-me’moriy obidalar hamda ilm-fan, davlatchilik rivojiga hissa qo‘shgan tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi.

B1

tarixiy-geografik makon haqida ma’lumot bera oladi;

O‘zbekiston va jahon tarixining XX asr boshlaridan bugungi kunga qadar bo‘lgan insoniyat tarixida muayyan iz qoldirgan muhim voqea va jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi;

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi;

O‘zbekiston davlatining tinchlikni asrash siyosati, tashqi siyosiy faoliyati haqida ma’lumot bera oladi;

o‘rganilgan tarixiy davrlarga munosabat bildirib, xulosa chiqara oladi;

davlatlarning tashkil topishi, hududi, aholisi va boshqaruv tartiblarini tushuntira oladi;

mustaqillik yillarida o‘zbek xalqining madaniyati, ma’naviyati, dunyoviy va diniy qadriyatlarining hamda ilm-fan, davlatchilik rivojiga hissa qo‘shgan mutafakkirlar nomlarining tiklanishi haqida ma’lumot bera oladi;

jismoniy tarbiya va sport sohasining rivojlanishi haqida ma’lumotlarni tushuntira oladi.

tarixiy voqealar natijasi yuzasidan munosabat bildiradi, umumlashtiradi, bayon qiladi va xulosa chiqaradi;

B1+

O‘zbekiston va jahon tarixining eng qadimgi davridan bugungi kunga qadar insoniyat tarixida muayyan iz qoldirgan muhim voqea va jarayonlar haqida ma’lumot bera oladi;

tarixning davrlarini taqqoslay oladi, tahlil qiladi, baholaydi va xulosa qiladi, yozma ma’lumot bera oldi;

voqea va jarayonlarni tarixiy davr nuqtai nazaridan tahlil qiladi, baho beradi, xulosa chiqaradi, munosabat bildiradi.

davlatlarning tashkil topishi, davlat shakli, davlatdagi ijtimoiy-iqtisodiy-siyosiy jarayonlar, ichki va tashqi munosabatlar, harbiy salohiyat, insoniyat sivilizatsiyasida tutgan o‘rni haqida yozma ma’lumot bera oladi;

tarix fanidan olgan bilimlarini boshqa fanlar bilan bog‘lay oladi.

2.Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi

A1

tarixiy illyustratsiyalar asosida hikoyalar tuza oladi;

fikrini tarixiy xaritalar va qo‘shimcha materiallar (videofilm, slaydlar) yordamida tushuntira oladi.

A2

eng qadimgi davrdan XX asr boshlarigacha kechgan tarixiy voqelikni bayon qilishda muhim bo‘lgan tarixiy toponomik atamalar mazmunini tushuntira oladi

qo‘shimcha adabiyot va manbalardan foydalana oladi;

tarixiy-badiiy asarlar, OAVlarida berilayotgan ma’lumotlarga tarixiy bilimlari asosida munosabat bildira oladi.

V1

XX asr boshlaridan bugungi kungacha kechgan tarixiy voqelikni bayon qilishda muhim bo‘lgan tarixiy toponomik atamalar mazmunini tushuntira oladi;

tarixiy jarayon va voqealar haqida ma’lumot berishda qo‘shimcha adabiyot va manbalardan foydalana oladi;

tarixiy-badiiy asarlar, ommaviy axborot vositalarida berilayotgan ma’lumotlardan foydalanishda va ularga munosabat bildirishda axborot madaniyatiga rioya qiladi.

B1+

tarixiy manbalarni mustaqil o‘rganadi, mavzuga oid qo‘shimcha ma’lumotlar to‘play oladi, xulosalar chiqaradi, baholaydi, mustaqil fikr bildiradi;

mavzu yuzasidan tarixiy adabiyotlarni mustaqil tanlay oladi, mustaqil ishlar va taqdimotlar tayyorlay oladi;

o‘z oilasining shajarasini tuza oladi.

6-§. Davlat va huquq asoslari (Huquqshunoslik) fani

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida davlat va huquq asoslari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida huquqshunoslik fanini o‘rganish bosqichlari

Ta’lim bosqichi

Bitiruvchilar

Standart darajasi

Daraja nomlanishi

Umumiy o‘rta ta’lim

Umumta’lim maktablarining
8-sinf bitiruvchilari

A1

Davlat va huquq asoslari fanini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi

Umumta’lim maktablarining
9-sinf bitiruvchilari

A2

Davlat va huquq asoslari fanini o‘rganishning tayanch darajasi

Davlat va huquq asoslari fani chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari

A2+

Davlat va huquq asoslari fanini o‘rganishning kuchaytirilgan tayanch darajasi

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilari

V1

Huquqshunoslik fanini o‘rganishning umumiy darajasi

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling