Oʻzbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi ergasheva Oybahor A’zamjon qizining


Uchburchaklar burchaklariga ko’ra o’tkir burchakli, to’g’ri burchakli, o’tmas burchakli bo’ladi


Download 211.22 Kb.
bet9/14
Sana31.01.2024
Hajmi211.22 Kb.
#1828783
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
UCHBURCHAKLAR1

Uchburchaklar burchaklariga ko’ra o’tkir burchakli, to’g’ri burchakli, o’tmas burchakli bo’ladi.

Tomonlariga ko’ra uchburchaklar teng tomonli ( muntazam) , teng yonli, turli tomonli bo’ladi.

ABC teng yonli, yani AB=BC bo’ladi. AC uchburchakning asosi deyiladi.


Uchburchakning uchala tomoni uzunliklari yig’indisi uning perimetri deyiladi. P=AB+BC+AC
Muammo: Unutmang! Uchnburchakning ixtiyoriy bir tomoni qolgan ikki tomonidan doimo kichik, ammo ayirmasidan doimo katta bo’ladi.
Ixtiyoriy ABC uchburchak uchun quyidagi tengsizliklar o’rinli:
AB-BC
AB-AC
AC-BCO‘qituvchi sinfdagi o‘quvchilarni 3 guruhga bo‘lib, alohida savollar beradi.

  • 1- guruh: Ikkita burchagi o’tmas bo’lgan uchburchak mavjudmi? Izohlang.

  • 2- guruh: Ikkita burchagi to’g’ri bo’lgan uchburchak mavjudmi? Izohlang.

  • 3- guruh: bir burchagi to’g’ri, biri esa o’tmas bo’lgan uchburchak mavjudmi? Izihlang.

  • Endi guruhlarga muammoli savollar beriladi.

  • Qiziqarli masala.

  • Uchburchak tomonlaridagi doirachalarga 1,2,3,4,5,6,7,8,9 raqamlarini shunday joylashtiringki, har bir tomonidagi raqamlar yig’indisi birinchi guruhda 17 ga, ikkinchi guruhda 23 ga, uchinchi guruhda 20 ga teng bo’lsin.

  • Chizma


Moziydan xabar.
Ajdodla r avlodlarga maktub yo`llabdi. Maktubda ko`rsatilgan mashqlar. (kitob asosida).
O’rgan-o’rgat tadbiri asosida guruhlarga masalalar beriladi.
I-tur.

  1. Uchburchakning bir tomoni 3,6 sm, ikkinchi tomoni 6,8 sm, uchinchi tomoni esa ikkinchisidan 2,3 sm ga qisqa. Uchburchakning perimetrini toping.

  2. Teng yonli uchburchakning perimetri 20,2 sm, asosi 7,4 sm bo’lsa uning yon tomonlari uzunligini toping.

  3. Teng tomonli uchburchakning perimetri 44,1 sm bo’lsa, uning tomoni uzunligini toping.


II-tur.
1.Uchburchakning uchala burchagi o’zaro teng bo’lsa, shu burchaklarini toping. Bu uchburchak qanday uchburchak?
2. Bir burchagi 120 ga , qolgan ikkita burchagi o’zaro teng bo’lgan uchburchak qanday uchburchak?
3. Uchburchakning bir burchagi 40 gradus, ikkinchi burchagi esa undan 2,5 marta katta, shu uchburchakning uchinchi burchagini toping?
III-tur.
Uzunliklari quyida berilgan kesmalardan uchburchaklar yasash mumkinmi?
a. 1,3 dm; 2,7 dm; 45 sm;
b. 0,8 dm; 10 sm; 0,2 dm.
c. 20 sm; 2 dm; 200 mm.

V. Yangi mavzuni mustahkamlash.


Tarqatma didaktik test (zig-zak usuli).
1.Teng tomonli uchburchakning perimetri 75,9 sm ga teng. Uning tomonlari uzunligini toping.

  1. 25,3 sm , b) 2,53 sm , c) 20,3 sm, d) 7,59 sm

2. Teng tomonli uchburchakning tomoni uzunligi 23,8 sm ga teng. Uning perimetrini topng.
70,4 sm b) 71,4 sm c) 68,5 sm
d) 238 sm
3. Bir burchagi qolgan ikki burchagi yig’indisiga teng bo’lgan uchburchak
a)O’tkir burchakli b) o’tmas burchakli
c)to’gri burchakli d) mavjud emas
4. Bir 56 gradus ikkinchi burchagi undan ikki marta katta. Uchburchakning uchinchi burchagini toping.
a)168 gradus b) 183 gradus
c) 216 gradus d)12 gradus
5. Uchburchakni shunday 2 ta bo’lakka ajratingki, ulardan to’g’ri to’rtburchak yasash mumkin bo’lsin. Bu qanday uchburchak?
a) Teng yonli b) Teng tomonli
c) Turli tomonli d) Mavjud emas
Fanlararo bog`lanish (ko`prik)
Uchburchak, uning turlari, perimetri, uchburchak tengsizligi haqidagi tushunchalarni geometriya va fizika fanlaridan masalalar yechishda qo‘llash mumkin.


Download 211.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling