O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini


Download 3.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/146
Sana01.11.2023
Hajmi3.39 Mb.
#1737376
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   146
Bog'liq
Конференция Авлоний 2021

Адабиётлар: 
1. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 25 январдаги “Умумий ўрта, 
ўрта махсус ва касб-ҳунар таълими тизимини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари 
тўғрисида”ги фармони// Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2018 йил 4-
сон, 69- модда 
2. Мирзиёев Ш. Бугун маърифатга эътибор қаратиш ҳар қачонгидан ҳам муҳимдир. 
Электрон ресурс: https://www.gazeta.uz/uz/2016/10/19/ustuvor/. Мурожаат санаси: 05.09.2019. 
3. Каримов И.А. Юкcак маънавият–eнгилмаc куч.– Тошкент: Маънавият, 2008.– 176 б. 


- 29 - 
4. Касымов К. Художественно-эстетическое воспитание обучающихся в процессе 
кружковых занятий народной росписью по дереву в общеобразовательных школах 
Узбекистана: Автореф.дисс. канд. пед. наук. – М., 1983. – 16 б. 
5. Медетов Р.М. Развитие когнитивно-творческих способностей у современных 
школьников: взаимосвязь общепсихологических и этнопедагогических подходов.–212-229 с. 
6. 
М.А.Тилакова. 8-9 синф ўқувчиларида синфдан ташқари машғулотларда креатив 
қобилиятларни ривожлантиришнинг педагогик шарт-шароитлари. Дисертация 2019.-54-57
 
KASBIY RIVOJLANISHNING EHTIYOJLARGA ASOSLANGAN TIZIMNI 
YO‘LGA QO‘YISHDAGI ISLOHOTLAR SAMARASI 
Saodat Yuldosheva – Samarqand viloyati ХТХQТМОHМ dotsenti, filologiya fanlari 
nomzodi 
 
Annotatsiya: Mazkur maqolada xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish 
jarayoni sifatini oshirishda kasbiy rivojlanishning ehtiyojlarga asoslangan tizimni 
yo‘lga qo‘yishdagi islohotlar samarasi to‘g‘risida fikr yuritilgan
Bugungi kunda zamonaviy bilim va kasbiy ko‘nikmalarni mukammal egallagan, 
mamlakatning taraqqiyoti va kelajagi uchun sifatli ta’limni tashkil eta oladigan, 
doimiy ravishda o‘z kasbiy bilimlarini va malakasini oshirib borib amaliyotda ta’lim 
sifat-samaradorligiga ijobiy ta’sir eta oladigan pedagog kadrlarga ehtiyoj ortib 
bormoqda. Jamiyatning ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayotiga o‘z faoliyati bilan 
ta’sir etadigan, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan tashabbuskorligi, yangidan yangi 
g‘oyalarni ilgari surib, ta’lim berishning zamonaviy uslublarini tatbiq etadigan 
kadrlarga hukumatimiz katta ishonch bildirmoqda. Pedagog kadrlarning uzluksiz 
malaka oshirishi va “hayot davomida o‘qish”i uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish 
maqsadida mamlakatimiz rahbari tomonidan qator farmon va qarorlar chiqarildi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PF-108-
sonli “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini 
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, PQ-488-sonli “Ta’lim-tarbiya 
tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 
Qarori hamda 2021-yil 2l-yanvardagi PQ-4963-sonli “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-
tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini 
joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorlarida xalq ta’limi xodimlarining 
malaka oshirish jarayonini ,,hayot davomida o‘qish” tamoyili asosida uzluksiz malaka 
oshirishni nazarda tutuvchi tizimga aylantirish, an’anaviy malaka oshirish bilan bir 
qatorda kasbiy o‘qitishning uyg‘unlashgan, ish jarayoni bilan birgalikda olib 
boriladigan, masofaviy va boshqa turlarini joriy etish, shuningdek, xalq ta’limi 
xodimlarining ehtiyojlaridan kelib chiqib, qisqa muddatli maqsadli, muammoli va 
mualliflik kurslarini tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi. Mazkur farmon va 
qarorlardagi masalalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun muayyan vaqt va 
mehnat talab qiladi. Xususan, ta’lim sohasidagi jarayonni isloh qilishda izchillik, 
puxta o‘ylangan reja, tahlil va tadqiqqa asoslanib ish yuritish, so‘zsiz ijobiy natija 


- 30 - 
beradi. Xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish jarayonida sog‘lom raqobat 
muhitini yaratish maqsadida pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari 
hamda nodavlat ta’lim muassasalari tashkilotlarini ham jalb etilishi amalga 
oshirilayotgan islohotlarning biri sifatida e’tirof etish mumkin. Qayd etish lozimki, 
xalq ta’limi tizimida soha muammolarini tadqiq qiladigan, uning strategiyasini 
belgilaydigan va rejalashtirilgan innovatsiyalarni ilmiy jihatdan o‘rganib, tajriba-
sinovdan o‘tkazadigan maxsus ilmiy tadqiqot institutning tashkil etilishi ayni muddao 
bo‘ldi. Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va 
istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti zimmasida soha faoliyatini ilmiy-
metodik jihatdan ta’minlash, fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar 
o‘tkazish, ularning natijalarini amaliyotga joriy etish va umumiy o‘rta ta’limning 
dolzarb muammolari yuzasidan ilmiy-tadqiqot dastur hamda loyihalarini amalga 
oshirish vazifalari yuklatildi. Shuningdek, xalq ta’limi tizimi uchun yuqori malakali 
ilmiy kadrlarni tayyorlash, ilmiy xodimlar, sohadagi rahbar kadrlar va 
metodistlarning kasbiy darajasi, malakasini muntazam oshirib borish, shuningdek, 
sohaga oid ilg‘or tajribalarni o‘rganish va joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab 
chiqish, xorijdagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan aloqalarni 
rivojlantirish, umumiy o‘rta ta’limni tashkil etishning yangi texnologiyalari, vositalari 
va shakllarini ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va ekspertiza qilishda ishtirok etish 
kabi faoliyat yo‘nalishlarida ish yuritishi nazarda tutildi. Shuningdek, xalq ta’limi 
xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan pedagogik-psixologik hamda kasbiy ehtiyojni 
aniqlashga qaratilgan so‘rovnomalar asosida xalq ta’limi xodimrarini kasbiy 
rivojrantirishning zamonaviy turlari va shakllarini keng joriy etishga e’tibor qaratildi. 
Bunda xalq ta’limi xodimlarining joylardagi faoliyat shart-sharoitlaridan kelib chiqib 
kasbiy rivojlanishning (malaka oshirishning) muvofiq ta’lim shaklini tanlash 
imkoniyati berilishi nazarda tutildi. Jumladan, XTVning 2021-yil 19-aprelda “Xalq 
ta’limi xodimrarini kasbiy rivojrantirishning zamonaviy turlari va shakllarini keng 
joriy etish to‘g‘risida”gi 118-sonli buyrug‘iga ko‘ra ta’lim olishning 5 ta shakli: 
ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish, ishlab chiqarishdan ajralmagan 
holda ta’lim olish, masofaviy ta’lim, dual ta’lim, mustaqil ta’lim kabilar tavsiya 
etilgan. Xalq ta’limi xodimi ehtiyoj va imkoniyatlardan kelib chiqib mazkur ta’lim 
shakllarining biri orqali o‘z kasbiy bilimini oshirib boradi. Ushbu ta’lim shakllaridan 
3 tasi (ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish, dual ta’lim, mustaqil 
ta’lim) pedagoglarning ehtiyojlari o‘rganilishi natijasida belgilandi.
Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish shakli pedagoglarning ta’lim 
jarayonidan bo‘sh (ta’tili yoki metodika kunlari) vaqtiga ixtisoslashgan ta’lim 
tashkilotida, tayanch ta’lim muassasalarida, shuningdek, xodimlarning bevosita ish 
joyida o‘tkazilishi rejalashtiriladi. Bunday ta’lim olish pedagoglarning asosiy 
faoliyatiga ta’sir etmagan holda tashkil etiladi.
Dual ta’lim ta’lim olish shakli zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni olishga 
qaratilgan bo‘lib, ularning nazariy qismini pedagoglar ixtisoslashgan ta’lim tashkiloti 
negizida olib, amaliy qismi esa ta’lim oluvchining ish joyida amalga oshirilishi 
belgilangan.


- 31 - 
Mustaqil ta’lim olish shakli yangi bilim, ko‘nikma va malakalarni uzluksiz 
ravishda mustaqil o‘zlashtirishni nazarda tutib, o‘quv dasturi ta’lim oluvchi 
tomonidan uzluksiz kasbiy ta’lim traektoriyasi asosida tuziladi va mustaqil o‘qish 
vositasida o‘zlashtirishni nazarda tutadi. Pedagog “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron 
platformasidan foydalangan onlayn holda tarzda o‘zlashtirib borishi nazarda tutiladi.
Mazkur ta’lim shakllarini amalga oshirishda xodimlarining malaka oshirish 
jarayonini “hayot davomida o‘qish” tamoyili asosida tashkil qilish, xodimlarning 
kasbiy ehtiyojlarini tashxis qilish asosida ishlab chiqilgan individual rivojlanish 
dasturiga muvofiq malakasini oshirish tartibini amaliyotga kiritish, soha 
xodimlarining malaka oshirish jarayoniga kredit-modulga asoslangan uzluksiz kasbiy 
rivojlantirish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish vazifasini amalga oshirish 
belgilandi. Shuningdek, xalq ta’limi xodimlarining nazariy bilimlari va amaliy 
ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida qisqa muddatli (maqsadli, muammoliva 
mualliflik) kurslarini tashkil etish ham ahamiyatlidir. Mazkur qisqa muddatli 
kurslarni yaratishda professor-o‘qituvchilardan xalq ta’limi xodimlarning kasbiy 
ehtiyojlarini o‘rganish, dolzarb va talabgir modullarni ishlab chiqish, unga muvofiq 
sifatli kontentlar (mavzu matni, videodarsi, nazorat topshiriqalari, zaruriy va 
qo‘shimcha adabiyotlar)ni yaratish kabi vazifalarni yuklaydi. Bu jarayonda har bir 
professor-o‘qituvchi kurslarni yaratishda mas’uliyat bilan yondashgan holda 
izlanadi, yangidan-yangi innovatsiyalarni tatbiq etadi va mediasaodxonligini oshirib 
boradi.

Download 3.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling