O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini


Download 3.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/146
Sana01.11.2023
Hajmi3.39 Mb.
#1737376
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   146
Bog'liq
Конференция Авлоний 2021

 
Список литературы: 
1. Указ Президента Республики Узбекистан от 7 февраля 2017 года «О Стратегии 
действий по дальнейшему развитию Республики Узбекистан», ПФ-4947 (Сборник 
законодательства Республики Узбекистан, 2017, № 6) 
2. Указ Президента Республики Узбекистан от 21 сентября 2018 года № ПФ-5544 «Об 
утверждении Стратегии инновационного развития Республики Узбекистан на 2019-2021 
годы».
3. Пятибратова С.И. Совершенствование профессионализма учителя в процессе 
постдипломного образования: Акмеологический подход // Автореф. дисс. . канд. пед. наук. 
- СПб., 2002. - 21с.
4. Мавлянов А., ва б.қ.лар. Ўқув машғулотларини ташкил этишда таълим 
технологиялари. Ўқув қўлланма. Тафаккур бўстони нашриёти. - Тошкент, - 2013. - 142 б. 
5. Зубков, А. Л. Развитие методической компетентности учителей в условиях 
модернизации общего образования: автореф. дис. ... канд. пед. наук. - Екатеринбург, 2007. - 
22 с. 
XALQ TA’LIMI XODIMLARINING UZLUKSIZ MALAKASINI OSHIRISH 
ORQALI KASBIY RIVOJLANTIRISH TAMOYILLARI 
Shodiyeva Matluba Jo‘rayevna – Qashqadaryo viloyat ХТХQТМОHМ 
Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim kafedrasi mudiri, p.f.f.d., (PhD) 
Annotatsiya. Maqolada o‘qituvchilarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish bilan 
bog‘liq vazifalar, pedagog mutaxassislar kasbiy tayyorgarligini shakllantirish 
aspektlari, o‘qituvchining o‘zini o‘zi rivojlantirish uchun o‘z malakasini uzluksiz 
takomillashtirib borish yo‘nalishlari ijtimoiy-pedagogik jihatdan asoslab berilgan.
Xalq ta’limi sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan rahbar, mutaxassis va pedagog 
xodimlarni 
qayta 
tayyorlash 
va 
ularning 
malakasini 
oshirish 
tizimini 
takomillashtirish, umumiy o‘rta ta’limning ilmiy asoslarini yaratish maqsadida xalq 
ta’limi xodimlarini kasbiy rivojlantirishning zamonaviy turlari va shakllarini keng 
joriy etish masalalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-


- 36 - 
yanvardagi “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab quvvatlash 
hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi PQ-4963-son qarorida ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab berildi [1]. 
Shunga muvofiq bugungi kunda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bilan 
bir qatorda ta’lim tizimining rivojlanib borishi zamon talabiga mos ta’lim-tarbiyaga 
qaratilgandir. Bugungi ta’limni modernizatsiya qilish sharoitida, o‘qituvchi ijtimoiy 
bilimlar va madaniy qadriyatlarning yetkazuvchisi sifatida boshlang‘ich ta’limda 
innovatsion jarayonlarni rivojlantirishga doir yangi talablarga duch kelmoqda. 
Shundan kelib chiqib, umumiy o‘rta ta’lim tizimi oldiga qo‘yilgan ijtimoiy 
buyurtmani hisobga olgan holda, o‘qituvchilarning kasbiy va metodik 
tayyorgarligidagi mavjud kamchiliklarni ularning (davriy va uzluksiz) malakasini 
oshirish hamda o‘z shaxsi va faoliyatini anglashi, tahlil qilishi va boshqalar bilan 
taqqoslash, mustaqil mutolaa qilish, o‘z ustida ishlash, o‘zini o‘zi rivojlantirish 
jarayonini tashkil etish orqali bartaraf qilish muhim vazifalardan hisoblanadi.
Shu nuqtai nazardan ijtimoiy buyurtma va jamiyatning o‘qituvchi oldiga 
qo‘ygan zamonaviy talablari pedagog mutaxassislar kasbiy tayyorgarligini shakllan-
tirish jarayonining mazmuniga zaruriy o‘zgartirishlarni kiritishni talab etadi va bu 
o‘zgarishlar quyidagi aspektlar bo‘yicha amalga oshirilishi maqsadga muvofiq 
sanaladi:
- kasbiy sifatlarning shakllanishi – pedagogik faoliyat muvaffaqiyatining muhim 
omillaridan biri bo‘lib, ular maqsadga intiluvchanlik, qat’iyatlilik, tirishqoqlik, 
kuzatuvchanlik kabi sifatlardan tarkib topadi, unda ijtimoiy faollik, jamiyatda 
kechayotgan ijtimoiy jarayonlar hamda ta’lim muassasasi hayotida faol ishtirok etish, 
turli tashabbuslarni ilgari surish, ularni amalga oshirishda shaxsiy namuna ko‘rsatish, 
umummilliy moddiy va ma’naviy qadriyatlarni yanada boyitishga bevosita hissa 
qo‘shish layoqatiga egalik talab etiladi.
- ijtimoiy va pedagogik-psixologik tayyorgarlik – mutaxassisning ta’lim-tarbiya 
jarayonining qonun-qoidalarini o‘zlashtirishi, pedagogik-psixologik bilim, ko‘nikma 
va malakalarga ega bo‘lishi, ta’lim oluvchi shaxsining yosh va individual 
xususiyatlarini bilishi hamda ularning psixologik holatini boshqara olish, ta’lim 
jarayoni, uning mazmuni, tamoyillari, ta’limni tashkil etishning shakl, metod va 
vositalari haqidagi dastlabki nazariy ma’lumotlarga egalik darajasidir.
- maxsus-metodik tayyorgarlik – mutaxassisning ta’lim mazmuni, o‘quv 
jarayoni va uning mazmunini yorituvchi hujjatlar, ta’lim shakllari, ilg‘or metodlar, 
shuningdek, didaktik va texnik vositalardan maqsadga muvofiq, o‘rinli foydalana 
olish borasidagi nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish, o‘quv 
tarbiyaviy jarayonini tashkil qilish va boshqarish malakalariga egalik, ta’lim 
jarayonining mohiyatini to‘g‘ri tushunish, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini tashkil 
qilish hamda boshqarish, jamoada sog‘lom psixologik muhit va samimiy, o‘zaro 
yordam va qo‘llab-quvvatlashga asoslangan shaxslararo munosabatlarni qaror toptira 
olish qobiliyatini namoyon bo‘lishi bilan tavsiflanadi.
- innovatsion tayyorgarlik – ta’lim jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro 
hamkorliklariga tayangan holda o‘qitishning innovatsion g‘oyalari, shakl, metod va 
vositalaridan samarali foydalanish, o‘quv va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil 


- 37 - 
etishga ijodiy yondashish, yangiliklar yaratishga, innovatsion kasbiy faoliyatga
intilish qobiliyati bilan izohlanadi. 
O‘qituvchilarning kasbiy faoliyatini innovatsion yondashuv asosida tashkil 
etish, ularning kasbiy-metodik tayyorgarligini takomillashtirishga doir ba’zi 
adabiyotlarda andragog uchun eng zarur tushuncha bu – katta yoshli insonni 
ta’limning turli tashkiliy shakllariga jalb etish yoki mavjud ishlab chiqarishni, 
uzluksiz ta’lim tizimi orqali yuksaltirish ishidagi ishtirokini ta’minlash deb 
hisoblanadi. Inson hayotining o‘zi uzluksiz ta’lim hisoblanadi va aniq o‘quv 
muddatlari bilan chegaralanmaydi. O‘qishning uzluksizligi, aynan uning butun hayoti 
davomida insoniylik sifatlarini oshiradi [2, 31-32 b]. 
S.E.Sarevaning 
ta’kidicha, 
metodik 
tayyorgarlikning 
asosiy 
natijasi 
o‘quvchilarning boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga fanlarni o‘qitish, o‘quv jarayonini 
predmeti va vositalari yordamida o‘quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirish, 
shuningdek, bunday ta’lim, tarbiya va rivojlanish muammolarini tadqiq etishga 
tayyorlikdir [3].
Chet el tajribasi, ilmiy adabiyotlar tahlili va kuzatishlarimiz natijasi zamonaviy 
o‘qituvchi pedagogik faoliyatning quyidagi uch turini amalga oshirish yuzasidan 
uzluksiz tayyorgarlikka ega bo‘lishini ko‘rsatdi: o‘qitish faoliyati, o‘zini o‘zi kasbiy 
rivojlantirish va metodik tayyorgarligini takomillashtirish faoliyati.
Ko‘rinib turibdiki, mutaxassisning kasbiy tayyorgarligi va pedagogik mahorati 
unda nafaqat kasbiy bilimlarni kerakli darajasini, balki, psixologik tayyorgarlikni, 
o‘zini-o‘zi va o‘quv-tarbiya jarayonini boshqarish, kasbiy, ma’naviy, jismoniy va 
shaxsiy imkoniyatlarini kerakli sharoitda qo‘yilgan masalani hal etishga to‘g‘ri 
yo‘naltira olish kabi kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishni nazarda tutadi. 
O‘qituvchilarning kasbiy-metodik tayyorgarligini takomillashtirishni uzluksiz 
malaka oshirish, mustaqil ta’lim, uzluksiz pedagogik ta’lim integratsiyasini 
ta’minlash orqali amalga oshiriladi. 
Shunga ko‘ra, o‘qituvchilar o‘zini o‘zi rivojlantirishni shaxsan qabul qilishi 
muhim ahamiyat kasb etadi. Agar o‘qituvchi o‘zgarishlarni professional faoliyatida 
aks ettirish asosida qabul qilishga tayyor bo‘lsa, bu uning o‘zini o‘zi rivojlantirishi 
uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Demak, o‘qituvchi kasbga nisbatan faol ijobiy 
munosabatni boshdan kechirsa, kasbiy muhim fazilatlarni, ularni rivojlantirish 
zarurligini anglasa, shu bilan birga kasbiy o‘sishga intilsa o‘qituvchining o‘zini o‘zi 
rivojlantirishi barqaror motivga aylanishi mumkin. O‘z-o‘zini rivojlantirish 
motivatsiyasi ijobiy aks ettirish va shaxsning informatsion xabardorligi natijasida 
paydo bo‘ladi. Bu orqali pedagog o‘z kasbiy o‘sishining maqsadi, shakllari, vositalari 
hamda individual trayektoriyasini mustaqil belgilaydi. Bunda o‘qituvchining shaxsiy 
malakasining rivojlanishiga turli darajada ta’sir ko‘rsatish, shaxsiy kasbiy 
rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash, kasbiy qiyinchiliklarni konstruktiv tarzda yengib 
o‘tishlari uchun shart-sharoitlarni ta’minlash uzluksiz malaka oshirishning 
ustuvorligini ta’minlaydi.
O‘qituvchining o‘z malakasini uzluksiz oshirib borish muammolari bilan bog‘liq 
bo‘lgan ilmiy taqdiqotlarni o‘rganish, tahlil etish asosida shaxsiy ijodiy faoliyat va 


- 38 - 
ularning malakasini uzluksiz takomillashtirish bosqichlarini taxminan quyidagicha 
belgilash mumkin:
1. O‘z-o‘zini tahlil qilish (o‘z kasbiy va metodik tayyorgarlik darajasi, sifatli 
ta’lim olish muhitini yaratishga doir tayyorgarligi, jamiyat talablari asosida ijtimoiy 
tayyorgarligi, ta’limiy imkoniyatlari va shaxsiy sifatlarini tahlil qilish).
2. O‘z-o‘zini tahlil qilish natijalari asosida o‘zini o‘zi rivojlantirish yo‘nalishlari, 
maqsad va vazifalarini belgilash.
3. Shaxsiy ijodiy faoliyat dasturi yoki o‘z ustida mustaqil ishlash individual 
rejasini tuzish.
4. Shaxsiy ijodiy faoliyatning reja va dasturi asosida uzluksiz malaka oshirish, 
o‘zini o‘zi takomillashtirish.
5. O‘z-o‘zini qayta tahlil qilish (pedagogik mahorati va kasbiy o‘sish jarayonini 
vaqti-vaqti bilan o‘rganish), uzluksiz malaka oshirishga doir mustaqil ta’lim olish 
faoliyatiga jamiyatning yangi talablari asosida o‘zgartirish, tuzatishlar kiritish.
6. Mustaqil ijodiy faoliyat natijalarini umumlashtirish, ularni individual shaxsiy 
ijodiy faoliyatning reja va dasturi asosida ijodiy faoliyatning maqsad va vazifalari 
bilan taqqoslash orqali istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash.
Xulosa shuki, shaxsning kasbiy rivojlanishining samaradorligi kasbni psixologik 
jihatdan to‘g‘ri tanlash, kasbga qiziqish va moyillik bilan optikalarni professional 
tanlash, ularning kasbiy yo‘nalishini shakllantirish, o‘quv yurtidagi kasb-hunar va 
o‘quv jarayonining mazmuni va texnologiyasiga doir rivojlanish xususiyati, bir-biri 
bilan uzviy bog‘liqlik tizimining mutaxassisi tomonidan izchil o‘zlashtirilishi kabi 
shartlarga bog‘liq. 

Download 3.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling