O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini


Download 3.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/146
Sana01.11.2023
Hajmi3.39 Mb.
#1737376
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   146
Bog'liq
Конференция Авлоний 2021

Annotatsiya. Ushbu maqolada uzluksiz malaka oshirish jarayonlarini yanada 
takomillashtirishda masofaviy ta’limni ahamiyati hamda masofaviy ta’limni boshqa 
o‘qitish shakllarining эng yaxshi xususiyatlarini o‘zida mujassam etgan 
integrallashgan ta’lim shakli ekanligiga alohida to‘xtalib o‘tilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi «Xalq ta’limi 
boshqaruv 
tizimini 
takomillashtirish 
bo‘yicha 
qo‘shimcha 
chora-tadbirlar 
to‘g‘risida»gi PF-5538-son Farmoni va “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi 
tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3931-sonli Qarori, 2019-
yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha 
rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-sonli Farmonida 
belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi 
pedagog-xodimlarining kasbiy va pedagogik kompetentliligini rivojlantirish, ularga 
amaliy metodik yordam ko‘rsatish, uzluksiz malaka oshirish jarayonlarini 
takomillashtirish asosida ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish uchun pedagog-
xodimlarning malakasini uzluksiz oshirish jarayonlarini tashkil etish ishlariga
alohida ahamiyat qaratilmoqda. 
Uzluksiz malaka oshirish tizimini rivojlantirishda masofali ta’lim alohida 
ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda masofaviy ta’lim eng ommabob ta’lim shakli 
bo‘lib, rivojlangan mamlakatlarda 30 yildan buyon foydalanib kelinmoqda va 
ta’limning barcha darajalarini o‘zida mujassam etgan xalqaro ta’lim tizimining 
ajralmas qismi bo‘lib qolmoqda. Bilamizki, masofaviy ta’lim boshqa o‘qitish 
shakllarining eng yaxshi xususiyatlarini o‘zida mujassam etgan integrallashgan ta’lim 
shakliga aylangan. 
Masofaviy ta’lim (lotincha “distanstiya” – masofadan foydalanish) o‘qituvchi 
va o‘quvchi o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri, shaxsiy aloqasiz “masofadan o‘qitish” 
imkonini 
yaratib 
beruvchi 
zamonaviy 
axborot 
va 
telekommunikastion 
texnologiyalardan foydalanish bo‘lib, unga ko‘ra ta’lim jarayoni yangi axborot 
texnologiyalari, multimedia tizimi yordamida tashkil etiladi. U o‘quv fanlari bo‘yicha 
o‘zlashtirish samaradorligini ta’minlash; idrok etish qobiliyatini rivojlantirish kabi 
imkoniyatlarga ega. Kompyuter ta’limi masofaviy ta’limning o‘ziga xos turi 
sanaladi.[1.] 

Download 3.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling