O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini


Download 3.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/146
Sana01.11.2023
Hajmi3.39 Mb.
#1737376
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   146
Bog'liq
Конференция Авлоний 2021

 
Adabiyotlar: 
1. http://www.uzedu.uz - O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi veb sayti 
2. Ishmuhamedov R., Yuldashev M. Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik 
texnologiyalar. -T.: ―Nihol, 2013-y, -279 bet. 
3. “Umumta’lim maktablari ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan 
foydalanishning dolzarb muammolari va yechimlari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy 
konferensiya materiallari. Navoiy-2019-yil 7-12-betlar
4.O.U.Avlayev, S.N. Jo‘rayeva, S.P.Mirzayeva “Ta’lim metodlari” o‘quv-uslubiy 
qo‘llanma, “Navro‘z” nashriyoti, Toshkent – 2017-y. 25-30-b 
 
 
MAKTAB AMALIYOTCHI PSIXOLOGINING MALAKASINI
OSHIRISHGA INNOVATSION YONDASHUV 
N.Salayeva – Xorazm viloyati XTXQTMOHM kafedra mudiri, ps.f.n 
Sh.Xudayberganova – Xorazm viloyati XTXQTMOHM o‘qituvchisi
 
Annotatsiya. Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalari 
o‘qituvchilari va psixologlarining malakasini oshirish jarayonini yangicha 
yondashuvlar asosida tashkil qilishning ba’zi jihatlari haqida fikr yuritilgan. 
Psixologning o‘z faoliyatini innovatsion tarzda tashkil qilishda hayot davomida 
malakasini oshirib borish masalalari ham o‘z ifodasini topgan
Respublikamizda ta’lim sohasida “Yangi O‘zbekiston-maktab ostonasidan 
boshlanadi”g‘oyasi asosida keng islohatlar amalga oshirilmoqda. Kelajakda 
o‘qituvchilarning malakasini oshirish jarayoni tubdan o‘zgartirilib “Hayot davomida
o‘qish”tamoyili asosida o‘z malakasini uzluksiz oshirib borishi yo‘lga qo‘yiladi. 
Rivojlangan mamlakatlardagi kabi androgogika asosida ya’ni o‘zlari uchun zarur 
bo‘lgan ma’lumot va axborotlarni egallab olish, o‘z fani va kasbidan kelib chiqib ish 
faoliyatini samarali va ijobiy tarzda davom ettirishda asqotadigan bilimlar bazasiga 
qisqa muddatda ega bo‘lishdek jarayon bilan mashg‘ul bo‘ladilar. Malaka oshirish 
jarayonida maktab amaliyotchi psixologlarini yangicha ishlashga, mustaqil va ijodiy 
fikrlashga o‘rgatish, psixolog faoliyatini amalga oshirishda zarur bo‘lgan yangi 
mazmundagi ishlarni o‘zlashtirishga psixologik va ijtimoiy jihatdan tayyorlash, 
pedagogik, psixologik va innovatsion axborot texnologiyalarini o‘zlashtirib 
olishlariga yordam berish uchun ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog 
kadrlarning uzluksiz malaka oshirishini tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan 
muammolarni bartaraf qilish maqsadida bir qancha yangiliklar kiritildi. Jumladan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 7- fevraldagi “O‘zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” 
gi PF-4947-son Farmoni, 2018- yil 5- sentabrdagi “Xalq ta’limi tizimiga
boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-
3931-son Qarori, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 


- 152 - 
2017- yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat
ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-son Qarori, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2019- yil 29- apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi
Xalq ta’limi tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi PF-5712-con farmonida belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan
kelib chiqqan holda zamonaviy talablar asosida fan o‘qituvchilari hamda maktab 
amaliyotchi psixologlari malakasini oshirish jarayonlarining mazmunini 
takomillashtirish hamda ularning kasbiy kompetentligini oshirishni nazarda tutadi.
Pedagog xodimlar hamda maktab amaliyotchi psixologlarining uzluksiz 
malaka oshirishining mazmun va mohiyatini zamon talablari asosida amalga oshirish 
uchun malaka oshirish hududiy markazlarida oliy ta’limda faoliyat yuritayotgan 
tayanch fakultetlardagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha dars berayotgan universitet 
professor-o‘qituvchilari bilan xamkorlikda tashkil qilinishi va ular bilan shartnomalar 
imzolanishi, ilmiy salohiyatni yanada takomillashtirish kabi dolzarb masalalarni 
amalga oshirish imkoniyatlarini yaratadi. 
Ta’lim tizimiga ilg‘or texnologiya va innovatsiyalar shiddat bilan kirib keldi. 
O‘zbekistonda “Elektron ta’lim” tizimi joriy etildi. Ushbu jarayonni tashkil qilishda 
asosiy urg‘u ta’lim sifatiga qaratildi. Pandemiya sababli o‘qituvchilar o‘z 
faoliyatlarini ONLAYN tarzda ZOOM platformasida ishlash va imkon qadar o‘z 
faoliyatini yangilashga erishildi. Ammo ba’zi o‘qituvchi va psixologlar bu 
innovatsiyalarni aksariyat hollarda o‘z faoliyatida qo‘llay olmadilar. Chunki 
o‘qituvchilarning ba’zilari o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida aloqa va munosabat 
o‘rnatish psixologiyasi, onlayn darslarni o‘quvchi ttomonidan idrok qilinishidagi
yuzaga keladigan kamchilik va muammolarni psixolog bilan hamkorlikda bartaraf 
qilish yo‘llarini izlab topish masalalari yuzaga keldi. Shu sababli, o‘quvchiga 
psixologik madad va ko‘mak berish ishlarini tizimli amalga oshirish jarayonlariga 
yuzaga keldi. Ushbu holat esa o‘qituvchi va psixolog hamkorligini yanada 
takomillashtirish va bevosita amaliyotda innovatsiyalarni tatbiq qilish jarayonini 
yaratadi. 
O‘qituvchilar va maktab amaliyotchi psixologlarining malakasini oshirish, 
ularga ko‘rsatiladigan metodik xizmatni yangicha tashkil qilish hozirda ta’lim 
tizimining amaliy ehtiyojini ta’minlovchi asosiy vositaga aylanmoqda. O‘qituvchilar 
va maktab amaliyotchi psixologlarining malakasini oshirish jarayonida ularning 
pedagogik faoliyatini yangilash, innovatsion faoliyatga yo‘naltirish, ta’lim jarayoniga 
yangiliklar va innovatsiyalarni olib kirishga tayyorlash zarurati paydo bo‘lmoqda. 
Pedagoglar 
va 
psixologlarning 
malakasini 
oshirishda 
yangicha 
yondashuvning mazmun-mohiyatini aniq rejalashtirib olish va uni amaliyotga tatbiq 
qilish masalasi xozirgi davrda ushbu jarayonga ijodiy yondashuv bilan bir qatorda 
unga yetkaziladigan fan yangiliklari, metodikalar, metodlar va vositalarning o‘ziga 
xos bo‘lgan xususiyatlari ham qaytadan ko‘rib chiqishni taqozo qilmoqda. 
Maktab amaliyotchi psixologlarining o‘quv rejasidagi amaliy psixologiyaning 
yo‘nalishlari blokiga yangi modullar kiritilib, ular o‘quvchining psixologik , 
emotsional holatlarini tashxislash va ijobiylashtirishga yo‘naltirilgan. Jumladan 
“Loy”terapiya, ”Musiqa terapiya”, “Artterapiya”, “Mato terapiya”,”Raqs terapiya” va 


- 153 - 
psixoanalitik metodlarning kiritilishi amaliyotchi psixologning o‘z malakasini 
oshirish va yangiliklardan boxabar bo‘lib, yuqorida keltirib o‘tilgan metodlarni 
o‘tkazish texnikasi va uni interpretatsiya qilish masalalari bo‘yicha 
kompetetnsiyalarga ega bo‘lishlari talab qilinadi. Shu sababli ham “Hayot davomida 
o‘qish”ni tizimli tashkil qilish, ularning o‘z faoliyatlarini ijobiy va samarali amalga 
oshirish uchun zamin yaratadi. Maktab amaliyotchi psixologlarining malakasi 
oshirishda qisqa muddatli, mualliflik va maqsadli kurslarni tashkil qilish orqali ijobiy 
natijalarga erishish imkoniyatlari kengayadi.
Ayniqsa, amaliyotchi psixolog o‘z faoliyatida tarbiyachi, maslahatchi, koouch 
va zamon talablari asosida psixoterapevt funksiyasini ham amalga oshirishi, 
o‘quvchining individual xususiyatlariga o‘zgacha yondashish masalasiga diqqatini 
qaratish talab qilinadi.Ta’lim-tarbiya jarayonida amaliyotchi psixologning faoliyati 
innovatsion pedagogik faoliyatga aylanishi zarur ekanligi, bu borada ilmiy asoslangan 
loyihalarni ishlab chiqish masalasi muhimdir. Psixologlar o‘z faoliyatlarida nafaqat 
psixologik xizmatning olti ta yonalishi balki, jamoatchilik asosida amalga oshirilishi 
zarur bo‘lgan masalalarga ham puhta tayyor bo‘lishi shart. Bu esa, ushbu faoliyatni
amalga oshirishda qo‘l keladigan usullar va yangicha yondashuvlar va metodlar bilan 
qurollanish zarurati ham tug‘ilmoqda. Chunki axborotlashgan bu davrda 
o‘quvchilarning olgan axborotlarining xilma-xilligi va rang-barangligi o‘qituvchidan 
o‘z fani va o‘quvchi shaxsiga aloqador bo‘lgan barcha masalalar yuzasidan to‘liq 
informatsiyalarga ega bo‘lishlik qobiliyatini talab qilmoqda. 
Endilikda hududiy malaka oshirish markazlarida o‘qituvchining malakasini 
oshirish va qayta tayyorlashda innovatsion faoliyat yuritish mexanizmi ishlab 
chiqilishi hayot davomida malaka oshirish tamoyiliga asoslangan bo‘lib,
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2021 yil 19 apreldagi 118-sonli 
buyrug‘ining 1-ilovasida “Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishda 
ta’limning turli shakllaridan foydalanish bo‘yicha Yo‘riqnomasi” da o‘z ifodasini 
topgan. Ushbu yo‘riqnomada xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishda 
ta’limning turli shakllaridan foydalanish tartib-qoidalari belgilangan. Bu esa,o‘z 
navbatida maktab amaliyotchi psixologlari uchun o‘z malakalarini oshirish jarayonga 
o‘zgacha yondashishni talab qiladi. 
Yoriqnomada kredit,kredit-modul tizimi,,o‘quv moduli kontenti,elektron 
platforma,dual ta’lim,mustaqil o‘qib bilim oshirish kabi yangi tushunchalar o‘z 
ifodasini topgan bo‘lib, ularning mazmun-mohiyati ochib berilgan.
Demak,bu hozirda innovatsion faoliyat bo‘lib, amaliyotchi psixolog va
o‘qituvchidan talab qilinayotgan me`yorning mavjud me`yor bilan to‘qnashuvi 
natijasida vujudga kelgan muammolarni yechishga qaratilgan faoliyatdir. Yanan 
ushbu jarayonda amaliyot va nazariyaning muhim sifat o‘zgarishlarini yuzaga keladi. 
Ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar dinamikasi maktab amaliyotchi psixologlari va 
o‘qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlash muammosiga murojaat etishga olib 
keldi.Uning tahlili faqat fan va texnika erishgan zamonaviy yutuqlardan 
foydalanishnigina o‘z ichiga olmasdan, balki yangiliklarni izlash, yaratish, 
moslashtirish, tatbiq etish va olingan natijalarni qayta tekshirish kabi jarayonlarni 
qamrab oladi. 


- 154 - 
Ta’limdagi innovatsiyalar va innovatsion pedagogik faoliyat haqida barqaror 
va hammaga ma’qul bo‘lgan ilmiy tasavvurlar va tasniflar shu paytgacha mukammal 
tarkib topmagan. Bunday holatning asosiy sabablaridan biri ta’limga yo‘naltirilgan 
ilmiy bilimlar tizimlari o‘rtasidagi qiyinchilik bilan yengib o‘tiladigan uzilishlardir. 
Yana kattaroq sabab esa nazariy bilim va amaliy pedagogik faoliyat o‘rtasidagi uzilish 
edi. Endilikda o‘qituvchining hayot davomida malakasini oshirish masalasiga 
o‘zgacha yondashuv,asosan o‘qituvchining talab va hohishlari asosida tashkil 
qilinishi va uning talabiga binoan qisqa va uzoq muddatli bo‘lishi, o‘qituvchining 
malakasini oshirishiga bo‘lgan munosabatini ham o‘zgartiradi. Chunki malaka 
oshirishga kelgan o‘qituvchi muammoli,maqsagli va muallifli kurslarda o‘z xohoshi, 
ehtiyojlari va istaklari asosida tahsil olsa, o‘zi tahsil olgan fakultetida amaliyot o‘tasa 
va o‘z ustozlaridan fan yangiliklarini qaytadan yangicha talqinini eshitsa, amaliyotga 
tatbiq qilsa, bu maqsadga muofiq uzviy bog‘lanishni yuzaga keltiradi.
Ma’lumki, innovatsion faoliyatning mazmuni yangiliklar asosida ishlash 
bo‘lib, o‘qituvchilarning yangilikni o‘zlashtirishga tayyorgarligi mezonlari, ya’ni 
o‘qituvchining motivatsiyasi, malakaviy tayyorgarligi, tajriba-sinovlar, pedagogik 
tadqiqotlarni amalga oshirish borasidagi bilim va ko‘nikmalari, innovatsiyaga qarshi 
to‘siqlarni bartaraf etish malakasini shakllanganligi bu jarayonda muhim ahamiyat 
kasb etadi. 
Hayot davomida malakasini oshirish faoliyatning mezonlari: o‘qituvchining
o‘z fani bo‘yicha o‘zi uchun zarur bo‘lgan bilimlar zahirasini to‘plashi,uni amaliyotda 
samarali va muvaffaqiyatli qo‘llashi,o‘z faoliyatini kreativ yondashuv asosida tashkil 
qilishi maktablarda ta’lim jarayonining natijaviyligiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 

Download 3.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling