O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini


Download 3.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/146
Sana01.11.2023
Hajmi3.39 Mb.
#1737376
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   146
Bog'liq
Конференция Авлоний 2021

Masofaviy o‘qitish - eng yaxshi an’anaviy va innovatsion metodlar, o‘qitish 
vositalari va sirtqi va kunduzgi ta’lim shakllarini o‘z ichiga olgan axborot va 
telekommunikatsiya 
texnologiyalariga 
asoslangan 
ta’lim 
formasidir. 
Masofaviy o‘qish - bu yangi axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari va 
texnik vositalariga asoslangan ta’lim tizimidir. U ta’lim oluvchiga ma’lum 
standartlar va ta’lim qonun-qoidalari asosida o‘quv shartlari sharoitlari asosida 
o‘qituvchi bilan o‘quvchi muloqotni ta’minlab, o‘quvchidan ko‘proq mustaqil 


- 150 - 
ravishda shug‘ullanishni talab qiluvchi tizimdir. Bunda o‘qish jarayoni ta’lim 
oluvchining 
qaysi 
joyda 
va 
qaysi 
vaqtda 
o‘qishiga 
bog‘liq 
emas. 
Masofaviy o‘qitish – mamlakatdagi va chet davlatlardagi aholining keng qatlamiga 
masofadan turib ta’limga oid ma’lumotlarni almashish vositalariga (televizor, 
kompyuterli aloqa, radio, suniy yo‘ldosh aloqasi va h.k.) asoslangan 
ixtisoslashtirilgan informatsion ta’lim muhiti yordamida taqdim etiladigan o‘qitish 
xizmatlari kompleksi. [2-279] 
Masofaviy o‘qitishning axborot ta’lim tizimi muntazam tashkil etilgan 
ma’lumot uzatish vositalari, axborot resurslari, o‘zaro hamkorlikda ishlash 
protokollari, texnik-dasturiy va tashkiliy-uslubiy ta’minotlar majmuasidan iborat 
bo‘lib, foydalanuvchilarning ta’lim ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan. 
Masofaviy o‘qitish uzluksiz ta’lim shakllaridan biri hisoblanadi.Masofaviy o‘qitish 
deganda o‘qituvchi va o‘quvchi bir biridan vaqt va fazo bo‘yicha ajralgan holda 
bilimlarni uzatishning har qanday turi tushuniladi. [3.7-12-b] Masofaviy o‘qitishning 
asosiy tamoyili o‘qituvchi va o‘quvchining to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchrashuvlarini 
ta’minlamasdan ular o‘rtasida interaktiv muloqotni o‘rnatish, tanlangan kurs bo‘yicha 
ma’lum bilim va ko‘nikmalar massivini mustaqil o‘zlashtirishdir. An’anaviy va 
masofaviy o‘qitish bir biridan ancha farq qiladi.
Bular: 
1) o‘qituvchi va o‘quvchining bir-birida alohida joyda ekanligi hamda zamon 
va makonda ajralganligi; 
2) ta’lim jarayonida o‘quvchining faol ishtirokini kuchaytirish: ta’lim 
maqsadlarini belgilash, o‘qitish shakli va sur’atini tanlash; 
3) masofadan turib o‘rganish uchun mo‘ljallangan materiallarni tanlash. 
Bugungi kunda masofaviy ta’limning vebinar shaklidan ham tez-tez 
foydalanilmoqda. Shu o‘rinda vebinar nima degan savolga javob bersak. 
Vebinar metodi – zamonaviy axborot-kommunikastiya texnologiyalari (kompyuter, 
monitor, multimedia va shu kabi vositalar) yordamida turli joylardagi ishtirokchilar 
bilan masofadan turib o‘tkaziladigan interfaol mashg‘ulot turi. Vebinar metodi yoki 
“Webinar” texnologiya tushunchasi muloqotga 1998-yilda kirib keldi.[4.25-30-b] 
Vebinar metodida dars masofaviy seminar yoki konferensiya shaklida internet 
orqali bir vaqtda hozir bo‘lgan talabalar bilan masofaviy ta’lim tizimida 
qo‘llanayotgan ko‘plab interfaol audio video aloqa vositalari yordamida jonli olib 
boriladi. Bu darslarni kelgusida kerak darajada foydalanish uchun yozib olish 
mumkin. Bu metodda olib boriladigan butun o‘quv yoki kurs jarayonidagi darslar 
yagona o‘quv dasturidagi izchillikda o‘zaro uzviy bog‘lanmaydi, ular alohida-alohida 
bir martalik darslardan iborat bo‘ladi.
Masofaviy o‘qitishni rivojlantirishning asosiy muammosi telekommunikatsion 
muloqot muhiti talablariga javob beradigan o‘qitish metodlari va texnologiyalarini 
yaratish hamda zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalana 
olish kompetensiyasiga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlash ham hisoblanadi. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ta’lim-tarbiya jarayonida axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishda nafaqat zamonaviy kompyuter 
texnikasi - proektor va interaktiv elektron doskalar bilan ta’minlash, balki ulardan 


- 151 - 
samarali foydalana oladigan pedagog kadrlarning kompetensiyasi hamda o‘quv 
uslubiy materiallarning sifatiga jiddiy e’tibor qaratish lozim.

Download 3.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling