O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini
Fanning o‘quv materiallari (darslik va uslubiy qo‘llanmalar)
Download 3.39 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция Авлоний 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yakka tartibdagi va guruhli onlayn loyihalar
- Virtual sinf xonasi
Fanning o‘quv materiallari (darslik va uslubiy qo‘llanmalar). Ular ham
qog‘oz, ham elektron shaklda mavjud bo‘ladi. Elektron shakli qog‘oz shakliga qaraganda mazmuni ancha boy, qiziqarli va o‘zlashtirishga qulay bo‘ladi. Onlayn muloqot. Bu ta’lim oluvchilar uchun qiziqarli muloqot hisoblanadi. Ular odatda chat, forum, e-mail shaklida bo‘ladi. Ular orqali ta’lim oluvchilar o‘zaro muloqot qilishadi va hamkorlikda ishlashadi. O‘qituvchiga xohlagan vaqtda savol berish va qisqa muddatlarda javob olish imkoni bo‘ladi. Bilim olishda boshqa ta’lim oluvchilar bilan maslahatlashib ishlash juda katta yutuqlarga olib keladi. Yakka tartibdagi va guruhli onlayn loyihalar. Bunday loyihalar Internetda ishlash, turli manbalardagi axborotlarni tahlil qilish, guruh bilan kelishib ishlash, vazifalarni bajarish bo‘yicha mas’uliyat va vazifalarni birgalikda taqsimlash ko‘nikmalarini shakllantiradi (collaboration). Hozirgi vaqtda ko‘pchilik Evropa kompaniyalari collaboration usulidan kundalik faoliyatida keng foydalanishadi. Virtual sinf xonasi. Bunda turli Internet aloqa vositalari yordamida, shuningdek, ta’lim oluvchilar bevosita jismoniy tarzda o‘qituvchi bilan yoki o‘zaro ushrashishi, muloqot qilishi mumkin. Bu ta’lim oluvchilarga muayyan erkinlik beradi. Audio va video ma’ruzalar, animatsiya va simulyatsiyalar. Bular aralash ta’limni yanada oddiy, boy va qiziqarli qiladi. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar, blended learningning o‘ta moslashuvchan tizim ekanligini ko‘rsatmoqda. Demak, ta’lim oluvchi 2-sentabrda darsga kelib o‘qituvchi bilan ko‘rishadi va fanning kirish darsida ma’lumotlarni elektron shaklda oladi. Adabiyotlar ro‘yxati o‘rniga web-sayt manzilini hamda login va parollarni oladi. Ma’ruza darsida ma’lumotlar qisqa beriladi va havola etilgan manbalarda juda ko‘plab qiziqarli materiallar, sinov va imtihonlarni topshirish uchun zarur topshiriqlar bo‘ladi. Ma’ruzalar asosan Power Point taqdimotlari shaklida bo‘ladi. - 209 - “Blended-learning usulida ta’lim olishni o‘rgangan o‘quvchilar, albatta hayotda o‘z o‘rnini topishda qiynalmaydi, vaqtdan unumli foydalanishni bilish bilan bir qatorda axborot bilan ishlash ko‘nikmasini ham takomillashtiradi. To‘g‘ri, bu ta’lim usulining o‘z talablari mavjud. Eng katta shartlaridan biri – internet va uning tezligi. Bugungi kunda blended learning kunduzgi an’anaviy ta’lim va masofaviy ta’limning unsurlari kombinatsiyasi hisoblanib, bunda an’anaviy metodika va yangi texnologiyalarni uyg‘unlashtirishga imkon yaratiladi. Bu tizimda o‘qituvchi ta’lim markazida qoladi va internet imkoniyatlaridan keng va samarali foydalanadi. Blended learning masofaviy ta’lim (Distance learning), sinf xonada ta’lim (Fase-to-Fase learning) va internet orqali ta’lim (Online learning)dan iborat”. An’anaviy ta’lim elementlari ming yillardan beri mavjud, biroq aralash ta’lim paydo bo‘lganiga hali 10 yilcha ham bo‘lgani yo‘q. Shu sababli bu ta’lim turlarini aralash tarzda olib borish maqsadga muvofiq. Download 3.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling