5. PISA tadqiqotlarida ishtirok etish aslida nima?
PISA tadqiqotida ishtirok etish bu shunchaki ta’lim holatini nazorat qilish emas,
balki ta’lim tizimining qanday ahvoldaligi haqida ma’lumot beradigan, ta’lim sifatini
yaxshilashga
ko‘maklashadigan
va uni
yanada
raqobatbardosh
qiladigan
yo‘nalish ekanligini hamma juda yaxshi tushunishi kerak.
Yaxshi natijalar ko‘rsatish uchun hech bo‘lmaganda 2 maqsadga ega bo‘lish
kerak: birinchisi, o‘qituvchilar va ular ishlaydigan, foydalanadigan materiallarni
tayyorlashdir. Zero xalqaro tadqiqotlarda bejizga maktablarda ta’lim sifati
o‘qituvchilarning kasbiy darajasiga, ularning bilim darajasiga bog‘liq, deb
aytilmaydi. Demak, o‘qituvchilarni tayyorlashga mablag‘ ajratish va yangi o‘quv
materiallarini yaratish kerak. Tegishli vazirliklar malaka oshirish tizimiga investitsiya
kiritishi, moliyalashtirishi va uslubiy qo‘llab-quvvatlash uchun shart-sharoitlar
yaratishi lozim.
Xalqaro tadqiqotlardagi natijalarni yaxshilash uchun o‘qituvchilarni maqsadli
tayyorlash va ta’lim jarayonida o‘qitish metodikasi va ustuvor tamoyillarni
o‘zgartirish zarur. Buning uchun biz o‘qituvchilarni tayyorlashimiz, rivojlantiruvchi
ta’limning yanada faol tizimini tatbiq etishimiz va o‘qituvchilarni ta’lim jarayonida
yanada muvaffaqiyatli foydalana oladigan materiallar bilan ta’minlashimiz kerak.
Adabiyotlar:
1. «Maktab o‘quvchilarini baholash bo‘yicha. PISA tadqiqotlarda ishtirok etish O‘zbekistonga
nima beradi?» :[Электронный ресурс]. – https://www.gazeta.uz/oz/2020/09/14/education/
2. Расширение масштабов положителного воздействия программы READ-2 в
Таджикистане:
https://mcusercontent.com/48c4a73c23e2baf7ec7646cae/files/87a655ee-edaa-
4809-910e-6cef465b328c/December_2020_Feature_Story_Russian.pdf
3. “Таълим сифатини баhолаш соhасидаги халqаро тадqиqотлар тўg‘рисида (PISA
Халqаро баhолаш дастуридаги математика фани мисолида) ” мавзусидаги семинар-тренинг
мажмуа. физ.мат.ф.н., доцент Ш.Исмаилов, физ.мат.ф.н., доцент Р.Тургунбаев. Toshkent-
2019 yil. Nizomiy nomli TDPU ning respublika seminari.
4. https://sputnik-georgia.ru/society/20191204/247177202/Mezhdunarodnaya-organizatsiya-
PISA-otsenila-uspevaemost-gruzinskikh-shkolnikov.html
Do'stlaringiz bilan baham: |