- 220 -
V-SHO‘BA
XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA
MALAKASINI OSHIRISHDA SIFAT VA SAMARADORLIKNI
TA’MINLASH MASALALARI
BOSHLANGʻICH SINF OʻQITUVCHILARINING KASBIY
KOMPETENTSIYALARINI RIVOJLANTIRISH ORQALI QAYTA
TAYYORLASH VA MALAKA OSHIRISH JARAYONINING SIFAT VA
SAMARADORLIGIGA ERISHISH
Dilanov Bekmurza Gulimbetovich – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq ta’limi
xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi
direktori f.f.n.
Utemuratov Bayrambay Kulmuratovich – Maktabgacha, boshlangʻich va maxsus
ta’lim metodikalari kafedrasi mudiri f.f.n. dotsent
Annotatsiya. Maqolada qayta tayyorlash va malaka oishrish jarayonida
boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish yoʻllari
koʻrsatilgan. Shuningdek, ona tili darslarida lingvistik kompetentsiyani shakllantirish
masalalari yoritilgan.
Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini
oshirish bugungi kunning
dolzarab masalalaridan biriga aylandi. Oʻqituvchilar malaka oshirish davriyligining
har besh yilda bir marotaba boʻlishi, ularning yangi metod, texnologiya va usullar
haqida tuchunchalar olish imkonini bermadi.
Shuning uchun Prezidentimiz
tomonidan qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimiga alohida e’tibor qaratildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi «Xalq ta’limi
sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini qoʻllab quvvatlash hamda uzuluksiz kasbiy
rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4963-sonli qarori
qabul qilindi. Qarorda umumiy oʻrta ta’limni tashkil qilishning ilmiy-uslubiy va
amaliy-texnologik
asalarini yaratish, milliy ta’lim standartlari, oʻquv reja va
dasturlarini ishlab chiqish va tajriba sinovdan oʻtkazish vazifalari berilgan.
Inson oʻz
hayotida shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga
kirishishi, jamiyatda oʻz oʻrnini egallashi, duch keladigan muammolarning yechimini
hal etishi, eng muhimi, oʻz sohasi, kasbi boʻyicha raqobatbardosh boʻlishi uchun zarur
boʻlgan tayanch kompetentsiyalarga ega boʻlishi lozim. Bundan tashqari, ta’limda har
bir oʻquv fanini oʻzlashtirish jarayonida oʻquvchilarda, shu fanning oʻziga xosligi,
mazmunidan
kelib chiqqan holda, sohaga tegishli xususiy kompetentsiyalar ham
shakllantiriladi. Yetuk kasbiy mahoratga ega boshlangʻich sinf oʻqituvchilari
oʻquvchilarda fanga oid kompetentsiyalarni shakllantirib boradi.
Boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish kerak.
Ularni kreativ fikrlashga yoʻnaltirish talab etiladi. Qayta tayyorlash va malaka
oshirish jarayonida egallangan bilim, koʻnikma va malakalarini oʻz shaxsiy, kasbiy
va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qoʻllay olishi zarur.
- 221 -
Oʻzbekiston Respublikasida ta’limning
uzluksizligi, barkamol shaxsni
tarbiyalashga yoʻnaltirilganligidan kelib chiqqan holda, umumiy oʻrta ta’limda
oʻqitiladigan umumta’lim fanlari mazmunining izchilligini ta’minlash
maqsadida
tayanch kompetentsiyalar hamda har bir oʻquv fani mazmunidan kelib chiqqan holda
xususiy kompetentsiyalar belgilandi.
Oʻqituvchining koʻp qirrali va murakkab faoliyati zamirida yosh avlodni odobli,
axloqli qilib tarbiyalash, ularni bilimlar bilan qurollantirish kabi muhim vazifalar
yotadi [Mavlonova R., Toʻraeva O., Xoliqberdiyev K. “Pedagogika” 27 bet].
Do'stlaringiz bilan baham: