O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini


 PISA tadqiqotlariga ko‘ra o‘quvchilar faol hayotiy mavqeidan joy olishi


Download 3.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/146
Sana01.11.2023
Hajmi3.39 Mb.
#1737376
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   146
Bog'liq
Конференция Авлоний 2021

1. PISA tadqiqotlariga ko‘ra o‘quvchilar faol hayotiy mavqeidan joy olishi 
uchun imkon beradigan bilimga egalik darajasini baholashlari mumkin bo‘ladi.
Tadqiqotda hayotda kerak bo‘ladigan bilim, ko‘nikma va malakalarning
o‘zlashtirilishiga hamda o‘quvchilarni fanlarning o‘zaro bog‘liqligidan
xabardorligini baholashga e'tibor qaratiladi (oldiga qo‘yilgan masalani yechishda
turli fanlarni o‘rganish jarayonida olingan bilimlaridan yoki boshqa axborot 
manbalaridan olingan bilimlaridan foydalanishlariga e'tibor beriladi). Dastlabki 
qadamlarda 1999-yili PISA tadqiqotining mualliflari 15 yoshli o‘quvchilarning 
zamonaviy jamiyatga moslashishga tayyorligini aniqlash masalasini qo‘yganlar. Bu 
holat PISA tadqiqotining yo‘nalishlaridan biri sifatida – 15 yoshli o‘quvchilarning 
kundalik hayotdagi muammolarni hal qilish uchun matematika fanidan foydalanish 
darajasini tayyorgarligini baholash yo‘nalishini belgiladi. Tadqiqot 3 yillik davrlardan 
iborat bo‘lib, bunda har 9 yilda boshqa yo‘nalishlarga nisbatan matematika 
yo‘nalishiga kattaroq e'tibor qaratiladi.
2. PISA Xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etuvchi mamlakatlarda o‘z yutuqlarini 
boshqa mamlakatlar bilan qiyoslay olish imkoniyati tug‘iladi. 
2022 yildagi asosiy yo‘nalish - matematik savodxonligi qilib olinadi. Tadqiqot 
natijalari har uch yilda turli mamlakatlar ta’lim tizimini belgilovchi ko‘rsatkichlar 
bilan birga e'lon qilinib boriladi. Bu axborot ishtirokchi mamlakatlarga o‘z yutuqlarini 
boshqa mamlakatlarning yutuqlari bilan qiyoslash va bu orqali xalq ta’limi tizimi 
bo‘yicha siyosatni aniqlashda foydalanish imkonini beradi. Jahondagi rivojlangan 
mamlakatlar qatoriga qo‘shilish imkoni, mamlakatga ko‘plab investorlarni qiziqishini 
ortishiga olib keladi. Natijada xalq farovonligi oshadi, ishlab chiqarish, yangi ish 
o‘rinlari vujudga keladi. Bu esa, o‘z o‘rnida aholining moddiy daromadini 
oshirishiga, yashash sharoiti va ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishini ortishiga olib 
keladi. 
Gruziyada 2018-yil o‘tkazilgan PISA tadqiqotlarining natijaviy xulosasiga ko‘ra 
2015-2018 yillar oralig‘idagi o‘tgan davrda ta’lim oluvchilarning bilim sifati ancha 


- 216 - 
pasaygan. Misol tariqasida o‘quvchilar 2015-yilda o‘qish savodxonligi yo‘nalishi 
bo‘yicha 401 balni qo‘lga kiritgan. 2018-yilga kelib esa bu ko‘rsatkich 280 balga 
pastga tushgan. Matematik savodxonlik yo‘nalishi bo‘yicha 2015-yilda 404 bal 
to‘plagan, 2018-yilda bu ko‘rsatkich 398 balga tushgan. Tabiiy fanlar savodxonligi 
yo‘nalishida 2015-yilda 411 ball bo‘lgan, 2018-yilda esa 383 balga pastga tushib 
ketgan. Bu haqda Gruziya o‘quvchilar bilimini baholash va nazorat qilish Milliy 
markazi rahbari Sopio Gorgodze o‘z hisobotida aytib o‘tgan. Gruziya 2012 yilda 
PISA tadqiqotlarida ishtirok etishni rad etgan, lekin 2015-yildan boshlab yana PISA 
xalqaro tadqiqptlarida ishtirok etish uchun rozilik bildirgan. PISA tadqiqotlari 
o‘quvchilarning o‘quv dasturlari bo‘yicha bilim sifatinigina emas, balki shu 
bilimlarini hayotda qay darajada qo‘llay olish ko‘nikmasini aniqlaydi. Gruziyada 
o‘quvchilarning matematik, tabiiy va o‘qish savodxonligi yo‘nalishlari ko‘rsatkichin 
pastga tushib ketgan bo‘lsada, o‘tgan 10 yillik davr oralig‘ida o‘quvchilarni tanqidiy 
fikrlashi va siyosiy qarashlarida ancha ijobiy o‘zgarishlar bo‘lganligini kuzatish 
mumkin. Demak tadqiqot faqatgina o‘quvchilar bilim savodxonligini o‘rganib 
qolmasdan, balki ularning fikrlash darajasini o‘zgarishi va o‘sishiga ham sababchi 
bo‘ladi.
Shuning uchun mazkur omillarni tadqiq etish muammolari dunyoning ko‘plab 
davlatlar va xalqaro tashkilotlar uchun dolzarbdir. Shu munosabat bilan innovatsion 
rivojlanishning darajasini tezkor va ishonchli tahlil qilishga mo‘ljallangan baholash 
tizimi mavjudligi katta ahamiyatga ega. Bunday baholash tizimlari sifatida obro‘li 
xalqaro tashkilotlari tomonidan yaratilgan xalqaro reyting tizimlari qo‘llanilmoqda. 
Shulardan eng mashhur reyting tizimi sifatida INSEAD biznes-maktabi, Kornel 
universiteti va intellektual mulk Jahon tashkiloti tomonidan qo‘llanilayotgan Global 
innovatsion indeks xizmat qiladi. 
Global innovatsion indeks innovatsion faoliyat to‘g‘risidagi eng muhim axborot 
manbai hamda qaror chiqaruvchi organlar uchun foydali nazorat vositasi sifatida 
dunyo miqyosida e’tirof qilingan. Mazkur indeks ham iqtisodiy rivojlangan, ham 
bozor iqtisodiyoti endi shakllanayotgan davlatlarga qo‘llanilishi hamda 
innovatsiyalarga keng ravishda yondashgani uchun e'tiborga loyiq.
Jamiyat va davlat hayotining barcha sohalari shiddat bilan rivojlanayotgani 
islohotlarni mamlakatimizning jahon sivilizatsiyasi yetakchilari qatoriga kirish 
yo‘lida tez va sifatli ilgarilashini ta’minlaydigan zamonaviy innovatsion g‘oyalar, 
ishlanmalar va texnologiyalarga asoslangan holda amalga oshirishni taqozo etadi. 
GII dagi “inson kapitali va tadqiqotlar” guruhning ma’lumotlarini tahlili 
doirasida OECD o‘quvchilarni baholash dasturi PISA baholash tadqiqotida olingan 
ko‘rsatkichlarga e’tibor qaratish lozim. 
PISA doirasida quyidagilar tadqiq etiladi: 
-Yoshlar kelajakda o‘zlari duch keladigan qarama-qarshiliklarga qay darajada 
tayyor?
- O‘quvchilar ziddiyatlar sabablarini tahlil qilish, izlash va aniqlash hamda o‘z 
g‘oyalarini taqdim etishga qodirmi?
-O‘quvchilar qay darajada o‘z bilim va ko‘nikmalarini real hayotga tatbiq etish 
qobiliyatiga ega?


- 217 - 
Ayni shu holat bizni ta’lim tizimimizda ham kuzatilmoqda. Ya’ni o‘quvchilarga 
imkon qadar ko‘proq va chuqur bilim berish, ular olishi mumkin bo‘lgan bilim 
ko‘lamini kengroq olish asosiy maqsadga aylanib qolgan. Yagona va zerikarli 
standartlar asosida yozilgan va qayta nashrda asosan faqatgina nashr qilingan yili va 
kam miqdordagi sezilar sezilmas o‘zgarishlar bilan chop etiladigan darsliklar. Shu 
darsliklar asosida ta’lim berish, eng muhimi bu olingan bilimlarni hech qayerda 
qo‘llay olinmasligi va qo‘llanilishi bo‘yicha biron aniq tavsiya, yo‘nalish 
berilmasligi. Natijada esa tizim Xalqaro darajadagi tadqiqotlar o‘tkazilishiga mutlaqo 
tayyor emas. Biz ishtirok etayotgan yo‘nalish ya’ni: matematik savodxonlik, tabiiy 
fanlar savodxonligi, o‘qish savodxonligi birinchi marta tahlil qilinganida yaxshi natija 
bermasligi mumkin. Dunyodagi boshqa davlatlarning, ayniqsa qo‘shni davlatlarning 
bu bo‘yicha tajribalarini tahlil qilish va to‘g‘ri yo‘nalishda ketishga qaror qilish eng 
muhim qadamlardan biri hisoblanadi. 
Mamlakatimiz ushbu tadqiqotlarda ilk marotaba ishtirok etishi hozircha aniq 
biron xulosa chiqazishga to‘sqinlik qiladi. Lekin bu bo‘yicha olib borgan 5 yillik 
izlanish va ilmiy faoliyatim davomida aniqlagan ma’lumotlarga asoslanib, ba’zi 
taxminlarimni aytishim mumkin. Matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha natijalar 
o‘qish savodxonligi bo‘yicha ko‘rsatkichlardan yuqori bo‘ladi. 
Bunga sabab, PISAda o‘qish savodxonligini baholash vositalari keskin 
o‘zgargan. Bu borada Rossiya natijalari ham 2018 yilda bir oz yomonlashganini 
ko‘rish mumkin. Shuningdek, o‘quvchilarning test sinovlarini baholash uchun yangi 
baholash formati (kompyuter platformasi) joriy qilinibgina qolmay, balki 
o‘quvchilarga butunlay boshqa matnlar taklif etildi: ko‘p o‘lchovli matnlar, 
ziddiyatlarni aniqlash, nuqtai nazarni yoki manbalar sifatini aniqlash kerak bo‘lgan 
matnlar. Shuning uchun bu yo‘nalishda O‘zbekistonlik maktab o‘quvchilarining 
natijalarida uncha katta siljish bo‘lmasligi mumkin. Lekin matematika va tabiiy 
fanlardan mamlakatimiz dastlabki bosqichlarda yaxshi natijalar ko‘rsatadi deb 
o‘ylayman. 

Download 3.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling