O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini
oʻquvchilar faolligini ta’minlash va faoliyatini muvofiqlashtirish asosida oʻquv
Download 3.39 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция Авлоний 2021
oʻquvchilar faolligini ta’minlash va faoliyatini muvofiqlashtirish asosida oʻquv
jarayonlarning sifat va samaradorligini ta’minlashdan iborat boʻladi. Boshlangʻich sinf oʻqituvchilari zamonaviy yondashuvlarga asoslanadigan, yuksak axloqiy sifatlarga ega boʻlgan, oʻzini-oʻzi va oʻz faoliyatini oʻzi tahlil qiladigan va obiektiv baholay oladigan, boy falsafiy va ma’naviy dunyoqarashga, psixologik-pedagogik va tashkiliy texnologik salohiyatga ega boʻlishi zarur. Qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonida boshlangʻich sinf oʻqituvchilarinig pedagogik jarayon samaradorligini oshirishi uchun lingvistik kompetensiyalarini rivojlantirishi talab etiladi. Аdаbiyotlаr: 1. Mavlonova R., Toʻraeva O., Xoliqberdiyev K. Pedagogika. Oʻqituvchi, Toshkent 2010 yil, 495 bet. 2. Sаfаrоvа R., Musаеv U., Musаеv P., YUsupоvа F., Nurjаnоvа R. Oʻzbеkistоn Rеspublikаsidа umumiy oʻrtа tа’lim strаtеgiyasi muаmmоlаri vа tа’lim mаzmunining yangi mоdеllаri, ulаrning tаtbiq etish yoʻllаri, Tоshkеnt, Fаn, 2005, 255 bеt. MATEMATIKA FANI O‘QITUVCHILARNING MALAKASINI OSHIRISH KURSI SAMARADORLIGINI OSHIRISH IMKONIYATLARI B.K.Xaydarov – Toshkent shahar XTXQTMOHM professori, fizika-matematika fanlari nomzodi, N.N.Tashtemirova – Sirdaryo viloyat XTXQTMOHM katta o‘qituvchisi Annotatsiya: Maqolada matematika fani o‘qituvchilarning malakasini oshirishning dolzarb muammolari va ularni yechish bo‘yicha tavsiya va takliflar keltirilgan. Shuningdek, unda malaka oshirish kursi mazmuni, shakl va vositalarini takomillashtirish orqali uning samaradorligini oshirish imkoniyatlari yoritilgan. - 223 - Oʼzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirishga ustuvor yo‘nalish sifatida qaralmoqda. Shundan kelib chiqib, taʼlim- tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, xalq taʼlimi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qoʼllab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Xususan, matematika fani o‘qituvchilarining malakasini oshirishning ilgʼor va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tadbiq etish orqali, zamonaviy talablar asosida malaka oshirish kurslari mazmunini takomillashtirish hamda pedagoglarning kasbiy kompetentligini muntazam uzluksiz ravishda oshirish rejalashtirilgan. Yaqinda, yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish maqsadida barcha toifalar bo‘yicha xalq ta’limi muassasalari pedagog xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursining yangi namunaviy o‘quv dasturi loyihasi ishlab chiqildi. Dastur 36 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, undan ko‘zlangan maqsad - zamonaviy taʼlim, taʼlim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish uchun pedagog xodimlarining zarur boʼladigan kasbiy bilim, koʼnikma va malakalarni har yili muntazam ravishda yangilash, malaka talablari asosida ularning kasbiy faoliyatga doir kompetentligini rivojlantirishdan iborat. Dastur mazmuni taʼlim sohasidagi davlat siyosati, masʼuliyat va moslashuvchanlik, axborot kommunikatsiya texnologiyalari va mediasavodxonlik, kommunikativ koʼnikmalarni rivojlantirish, inklyuziv taʼlimni joriy etish masalalari, oʼzini-oʼzi rivojlantirish, uzluksiz kasbiy rivojlanishlarni oʼz ichiga olib, ular boʼyicha tegishli yangi bilim, koʼnikma va kompetentsiyalarni shakllantirishga yoʼnaltirilgan. Oʼquv modullari mazmuni umumiy oʼrta taʼlim muassasalari pedagog kadrlarining malakasini oshirish mazmuni, sifati va ularning tayyorgarligiga qoʼyiladigan umumiy malaka talablari asosida shakllantirilgan. Dasturda asosiy e’tibor mutaxassislik modullariga berilgan. Undan Milliy o‘quv dasturi tahlili, fanni o‘qitish metodikasi, o‘quvchilar bilim va ko‘nikmalarini baholashga yangicha yondashuvlar, xalqaro baholash dasturlari modullari o‘rin olgan. Shuningdek, dasturda o‘qituvchilarning matematika fanining turli bo‘limlari bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarni chuqurlashtirish imkoniyati ham berilgan. Xullas, malaka oshirish tizimida ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, dastur yuzasidan ba’zi savollar borki, ularga aniqlik kiritish lozim bo‘ladi. 1. Malaka oshirish trayektoriyalari o‘qituvchilarning ehtiyojidan kelib chiqib, maqsadli, kredit-modul tizimi asosida tuziladi, deb aytilsada, o‘quv dasturida soatlarning turli modullarga aniq bo‘linishi va modullar mazmunining bitta qolipga solib qo‘yilishini qanday tushunish kerak? O‘qituvchi nimani tanlaydi? 2. Modullar dasturi ham variativ, ya’ni tanlov asosida yaratilishi lozim emasmi? 3. Ayni paytda o‘qituvchilarning online o‘tkaziladigan, kredit-modulli malaka oshirish tizimiga ongli munosabatda bo‘lishi nima bilan kafolatlanadi? Ularning turli noqonuniy yo‘llar bilan online malaka oshirish kurslaridan osongina, hech narsani o‘rganmay o‘tishlariga nima to‘siq bo‘la oladi? Bu kabi savollarga dasturdan javob olishning imkoni bo‘lmadi. - 224 - Nazarimizda, jamiyatda bilimdon kishilar qadrlanmas ekan, o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishlari sust bo‘lar ekan, yaratilayotgan zamonaviy shart- sharoitlar va malakali o‘qituvchilarning barcha sa’y-harakatlari zoye ketishi mumkin. Shuningdek, joylarda malakali o‘qituvchilarning salohiyati to‘g‘ri, xolisona baholanib, ularning mehnati yetarlicha qadrlanmas ekan, ta’lim muassasalarida o‘qituvchilar orasida sog‘lom raqobat muhiti yaratilmas ekan, kiritilayoygan bu o‘zgarishlar kutilayotgan natijalarni bermasligi mumkin. Download 3.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling