O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini
Download 3.39 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция Авлоний 2021
Annotatsiya: innovatsiyalar fakatgina ta’lim jarayoni samaradorligini oshirib qolmasdan. balki bo‘lajak mutaxassislarni innovatsion jarayonlarni tasavvur eta olishlari, ana shu asosda ularni innovatsion faoliyatga muvaffaqiyatli tayyorlash imkoniyatini yuzaga keltiradi. “Innovatsiya” tushunchasi ingliz tilidan olingan bo‘lib (innovatsion-yangi), ya’ni tarjimasi “yangilanish”, “o‘zlashtirish”, “qandaydir yangilikni kiritish". “yangini joriy qilish”. “Innovatsiya” tushunchasi doimo bir xil ma’noda ta’riflanmaydi, ko‘p hollarda u “yangilik kiritish” tushunchasi sifatida ko‘rib chiqiladi. Jumladan, S.Turg‘unovning fikricha, innovatsiya - maqsadga yo‘naltirilgan o‘zgartirishlar bo‘lib, ma’lum bir ijtimoiy birlikka – muassasa, uyushma, jamoa va guruhlarga yangi, nisbatan barqaror bo‘lgan elementlarni. umumiy holda xalqning ma’naviy- madaniy munosabatlari va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan yangiliklarni kiritishdir.[1, 4-sahifa] “Innovatsiya” tushunchasi keng va tor ma’noda ishlatiladi. Birinchi ma’noda innovatsiya - biror bir yangi ijtimoiy ehtiyojni yaxshiroq qondirish uchun yangi ilmiy, amaliy vosita, ya’ni yangilik yaratish, tarqatish va qo‘llashni o‘z tarkibiga oladigan kompleks jarayon sifatida qaraladi. “Innovatsiya”, ikkinchi ma’nosi, biror bir jamoa faoliyatini takomillashtirish uchun kiritilayotgan va bu innovatsiya sub’ekti tomonidan yangilik deb qabul qilingan yangi vosita, uslub, yondashuvlar tizimiga nisbatan ishlatiladi. - 235 - N.Mamadov o‘zining “Umumiy ta’lim maktablarini innovatsion boshqarish” deb nomlangan tadqiqotida innovatsiya - bu boshqaruv ob’ektini o‘zgartirish hamda yuqori darajadagi ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik samaralari qo‘lga kiritish maqsadida muayyan sohalarga yangilikni tatbiq qilishning yakuniy natijasi ekanligini qayd etib o‘tadi.[2, 17-bet] Respublikamiz olimlarining “innovatsiya” tushunchasiga bergan ta’riflaridagi xilma-xillik chet el olimlarining tadqiqotlarida ham ko‘zga ya qqol tashlanadi. Mazkur ta’riflarning qiyosiy tahlili asosida tushunchaning quyidagi mohiyatli jixatlarini ajratib ko‘rsatish mumkin: 1) innovatsiya - bu yangilik (A.M.Saranov, E.M.Rodjers); 2) innovatsiya - bu o‘zgartirish, yaxshilash, takomillashtirish demakdir (K.Angelovski); 3) innovatsiya - bu o‘zida taraqqiyparvar asosni aks ettiruvchi tarkibiy qismlar majmui (V.I.Zagvyazinskiy); 4) innovatsiya - bu yangi vosita, yangi metod, yangi texnologiya (V.A.Slastenin, V.I.Podimova); 5) innovatsiya - bu yangi metodlarni va ta’limning yangi mazmundagi metodlarini ishlab chiqishdir (P.G.Shedroviskiy).[3, 63-bet] Biroq shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki. pedagogik innovatikaga oid adabiyotlarda “innovatsiya" tushunchasi bilan birgalikda “yangilik” tushunchasi ham qo‘llaniladi. Pedagogik innovatikaning asosiy ko‘rsatkichi uning boshlang‘ich rivojiga bog‘liq bo‘lib. pedagogikadagi yangilik - bu faqatgina g‘oya, yondashuv, metod, texnologiya, shunchaki taqdim etilgan va hali foydalanilmagan holatdagi emas, balki bu innovatsion jarayonning majmuaviy va alohida tarkibiy qismidir, u esa o‘zida o‘zgaruvchan sharoitlarda va holatlarda ta’lim-tarbiya masalalarini yetarlicha samarali hal etishni ifoda etadi. Innovatsiya esa - bu ma’lum bir bosqich asosida rivojlanadigan jarayondir. U bir nechta ma’nodagi tushunchalarni beradi: 1. Innovatsiya bu - ta’limning yangi mazmuni, shakl va metodlarini ishlab chiqish. 2. Yaratilgan pedagogik tizimni joriy etish va ommalashtirish. 3. Ta’lim muassasasini boshqarish va rivojlantirishning yangi texnologiyasini ishlab chiqish. 4. Tajriba-sinov ob’ekti sifatida. 5. Yaxlit pedagogik jarayonni innovatsiyalash 6. Yangliklarning qo‘llanilish darajasini yangi mahsuldorliklar bilan o‘zgartirish bosqichi. Agar faoliyat muayyan konseptual yondashuv asosida amalga oshirilayotgan bo‘lsa, uning natijasi o‘sha tizimning rivojlanishiga yoki uning prinsipial o‘zgarishiga olib kelsa, biz buni “innovatsiya" deya olamiz. Faoliyat xususiyati jixatdan novatsiya ko‘lami va vaqti bo‘yicha chegaralangan, innovatsiya esa yaxlit va davomli bo‘ladi. Novatsiya natijasida amaldagi tizimda alohida elementlar o‘zgartiriladi, innovatsiya natijasida esa amaliyot sub’ektlarining pozitsiyalari to‘la yangilanadi, tizimdagi - 236 - aloqalar va tizim isloh qilinadi. Pedagogik innovatsiyaga doir qator tadqiqotlarni tahlil etish asosida quyidagi xulosaga kelish mumkin: “Innovatsiya tushunchasi mazmunan “yangi", “yangilik” tushunchalarining aynan o‘zi emas. Istalgan yangilik, qachonki, amaliy faoliyatda o‘zining keng qamrovli samarasini bersa va keng ko‘lamli ehtiyoj ob’ektiga aylansagina, tom ma’nodagi innovatsiya deb atash mumkin bo‘ladi. Pedagogik innovatsiyalar keng qamrovli ko‘rinishga ega bo‘lib. ularning umumtomonidan qabul qilingan aniq tipologiyasi yoki tasnifi mavjud emas. Innovatsiyalarni guruhlashtirishga doir yigirmadan ortiq tasnif mavjud, masalan: uzoq muddatli innovatsiyalar va qisqa muddatli innovatsiyalar, radikal va reformagorli, avtoritar va liberal, initsiativ va administratnv va boshqalar. Pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishda innovatsion salohiyatiga ko‘ra yangiliklar modernizatsiya, unifikatsiya, faoliyatchi takomillashtirish, shaklan o‘zgartirish, rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan modifikatsion innovatsiyalar; oldindan ma’lum bo‘lgan metodlarning elementlarini yangi tizimga birikishini nazarda tutuvchi birikkan innovatsiyalar; o‘xshashlikka va umumiylikka ega bo‘lmagan radikal innovatsiyalar innovatsion jarayonlarning asosi sifatida belgilanishi mumkin. Innovatsiyalarning xususiyatlariga ko‘ra, ularni turli xil asoslar bilan turlicha tasniflash mumkin, ya’ni bugungi kunda yangilik kiritishning tugallangan tasnifi mavjud emas. Pedagogik jarayonlarni tashkil etishda va samaradorligini ta’minlashda eng avvalo, yangiliklarni pedagogik jarayonlarning qaysi bog‘iniga tegeshli ekanligini inobatga olish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Pedagogik innovatikaning asosiy ko‘rsatkichi uning boshlang‘ich rivojiga bog‘liq bo‘lib, pedagogikadagi yangilik - bu faqatgina g‘oya, yondashuv. metod, texnologiya, shunchaki taqdim etilgan va xali foydalanilmagan holatdagi emas, balki bu innovatsion jarayonning majmuaviy va alohida tarkibiy qismidir, u esa o‘zida o‘zgaruvchan sharoitlarda va holatlarda ta’lim-tarbiya masalalarini yetarlicha samarali hal etishni ifoda etadi. Innovatsiyalarning xilma-xil turlari orasida pedagogik innovatsiyalar alohida ahamiyatga ega bo‘lib, bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashda muhim rol o‘ynaydi. Pedagogik innovatsiyalar deganda, pedagogik yangiliklarni o‘rganish, o‘zlashtirish, ularni baholash, foydalanish va amaliyotga tatbiq etish tushuniladi. O‘z navbatida pedagogik innovatsiyalarning bir nechta turlari mavjud: modifikatsiyalashgan tuzatish kirituvchi, o‘zgartirish kirituvchi, lokal, modulli, tizimli va boshqalar. Biroq pedagogik innovatsiyalarning ko‘proq umumlashgan tasnifi o‘zida quyidagi ko‘rinishni aks ettiradi: 1) ta’lim va tarbiya maqsadi va vazifalari hamda mazmuniga doir innovatsiyalar; 2) o‘quv-tarbiya jarayoni metodlari, metodika va texnologiyasiga doir innovatsiyalar; 3) o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishga doir innovatsiyalar. Demak, ta’lim tizimidagi innovatsiyalar: - maqsad, mazmun, metod va texnologiya, ta’limni tashkil etish shakli, boshqaruv tizimi; - pedagogik faoliyat va o‘quv-bilish jarayonini tashkil etish - 237 - uslubi; - nazorat va ta’lim olganlik darajasini baholash tizimi; - ta’limni moliyalashtirish tizimi; - o‘quv-metodik ta’minot; - tarbiyaviy ishlar tizimi; - o‘quv reja va o‘quv dasturlari; - professor-o‘qituvchi va talaba, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar faoliyatidagi o‘zgarishlar bilan bog‘lik ravishda yuzaga kelmoqda. Pedagogik innovatsiyalar o‘z navbatida ta’lim jarayonini tashkil etish parametrlarining o‘zgarishiga olib kelmoqda. Birinchidan. zamonaviy ta’lim doimiy ravishda fan va texnologiya rivoji bilan bog‘liqlikda ta’lim maqsadi, mazmuni, shakl, metod va vositalarining yangilanib borishini talab qilayotgan bo‘lsa, ikkinchidan, ta’lim muassasalari variativligining qiyosiy modellarining ko‘rsatkichlari ham murakkablashib bormoqda. O‘quv-tarbiya jarayonini amalga oshirish eng avvalo, kutiladigan natija bilan bog‘liqlikda o‘quv maqsadlarini to‘g‘ri qo‘yishdan boshlanadi. O‘quv-tarbiya maqsadini bu tarzda belgilash o‘zida innovatsion yondashuvni aks ettirib, identiv o‘quv maqsadini o‘quv vazifalariga aylantirishini talab etadi. Ta’lim maqsadlarini oydinlashtirishda esa, Blum taksonomiyasida ifodalangan toifalar(bilish, tushunish, qo‘llash. analiz, sintez, baholash)ga mos usullardan foydalanish lozim. O‘quv-tarbiya jarayoni tashkil etishga innovatsion yondashuvning o‘ziga xosliklaridan yana biri bu kichik guruhlarda ishlashni tashkil etishdir. Kichik guruhlarda ishlashni tashkil etish orqali nafaqat talabalarning yangi bilimlarni o‘zlashtirishlari, amaliy ko‘nikma va malakalar hosil qilishlari, balki ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini tashhis etish imkoniyati yuzaga keladi. Download 3.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling