O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini
Download 3.39 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция Авлоний 2021
Adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni.-Toshkent, 2020-y.23- sentabr 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187- sonli qarori 3.Abdullayeva Q.A., Safarova R.F. va boshq. Boshlang‘ich ta’lim konsepsiyasi. // Boshlang‘ich ta’lim j. –T.: 2014. -№6. – B. 12-18. 4.Inog‘omova S. Mantiqiy fikrlash // Boshlang‘ich ta’lim j. –T., 2015. - №2. – B. 20-21. 5.http://www.mathnet.ru/php/archive.phtml?jrnid=aa&wshow=contents&option_lang=rus - 247 - XALQ TA’LIMI SOHASINING MALAKA OSHIRISH TIZIMIGA ZAMONAVIY YONDASHUVLARNI TATBIQ QILISH MEXANIZMI . Eshchanova Xolida Xudayarovna – Xorazm viloyati XTXQTMOHM o‘qituvchisi Annotatsiya: Maqolada xalq ta’limi xodimlarining malaka darajasi, bilimi, ilmiy-pedagogik salohiyati, ish tajribasi, psixologik tayyorgarligi va individual kasbiy rivojlanish traektoriyasiga mos keladigan zaonaviy yondashuvlar bo‘yicha o‘qitish amaliyoti yuzasidan fikr-mulohazalar berilgan. Mavjud malaka oshirish tizimi keyingi yillarda tubdan takomillashtirilganligiga qaramasdan, pedagog xodimlarning kasbiy ehtiyojlarining to‘liq qondirilishi, mobillik darajasining pastligi, ularda yetarlicha motivatsiyani shakllantirish, o‘quv reja va dasturlarni aniq manzilli qilib yaratish va uzluksizlikni ta’minlash imkoniyatini yetarlicha bermayapti. Tahlillar ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan rahbar va pedagog xodimlarning o‘z ustlarida muntazam ishlash, kasbiy bilimlarini uzluksiz yangilash va chuqurlashtirish, zamon talablari asosida kompetentsiyalarni o‘z vaqtida rivojlantirish ishlarini har 3-5 yilda olib boriladigan malaka oshirish jarayonidagina amalga oshirib bo‘lmasligini ko‘rsatmoqda. Bu esa yosh avlodga zamonaviy ta’lim-tarbiya berish, ularni barkamol qilib shakllantirish, Davlat ta’lim standartlarining to‘liq bajarilishiga erishishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda[2]. Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida pedagog xodimlar kasbiy kompetentligini oshirishga yangicha munosabat bildirish va sohada ijobiy o‘zgarishlar uchun zaruriy asosni yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2021-yil 25-yanvarda “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy- tadqiqot faoliyatini qo‘llab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4963-son qarori qabul qilindi. Yuqorida qayd etilgan qarorga binoan, xalq ta’limi xodimlarining malaka oshirish bo‘yicha ehtiyojlari o‘rganiladi hamda «Uzluksiz kasbiy ta’lim» maxsus elektron platformasi orqali ularning individual kasbiy rivojlanish traektoriyasi tuziladi. Xalq ta’limi xodimlarini malaka darajasi, bilimi, ilmiy-pedagogik salohiyati, ish tajribasi, psixologik tayyorgarligi va individual kasbiy rivojlanish traektoriyasiga mos keladigan tabaqalashgan malaka oshirish dasturlari bo‘yicha o‘qitish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. An’anaviy malaka oshirish bilan bir qatorda kasbiy o‘qitishning uyg‘unlashgan, ish jarayoni bilan birgalikda olib boriladigan, masofaviy va boshqa turlari joriy etiladi[1]. Bugungi kunda malaka oshirish sohasidagi zamonaviy yondashuvlardan biri masofaviy ta’limni joriy qilishdir. O‘zbekiston sharoitida bosqichma-bosqich tarzda o‘qituvchilarning malakasini masofadan o‘qitishni tashkil etishning ko‘plab ijobiy tomonlari mavjud. Chunki, hozirda nafaqat rivojlangan balki, qator rivojlanyotgan davlatlar ham masofadan malaka oshirish tizimini joriy etishga intilmoqda. Shu o‘rinda, “Masofaviy ta’lim o‘zi bu qanday ta’lim va uning dunyoda qanday turlari mavjud?”-degan savollarga javob topish maqsadga muvofiq[3]. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling