O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini
Xayoliy tasavvurni uyg‘otuvchi masalalar
Download 3.39 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция Авлоний 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Analitik fikrlashni rivojlantirish
Xayoliy tasavvurni uyg‘otuvchi masalalar. Basseynning ichidagi suvdan 350
litrini chiqarib yuborib, keyin unga 200 litr suv quyganlarida undagi suv 650 litrga etdi. Dastlab basseynda necha litr suv bo‘lgan? Yechilishi. O‘quvchi masala shartiga nazar soladigan bo‘lsa, basseynda 350 litrdan ko‘proq suv borligini payqaydi. Demak, 350 litr suvni chiqarib, 200 litr suv - 245 - quyilganidan keyin basseynda ko‘proq suv bor ekanligi, o‘quvchining xayoliy tassavvurini o‘yg‘otadi. Natijada quyidagi natijaga erishadi 650 200 350 = + − х , x=800 litr. Analitik fikrlashni rivojlantirish: a) analitik usulda echishga doir masalalar; b) mulohazaga olib keluvchi masalalar. A)analitik usulda echishga doir masalalar. Do‘konda mahsulotlarga bayramoldi chegirmalar e’lon qilindi va ularning narxi 30% ga arzonlashtirildi. Agar ko‘ylakning narxi 3600 so‘mga arzonlashgan bo‘lsa, uni necha so‘mga sotib olsa bo‘ladi. Yechilishi. O‘quvchi masala shartini o‘qib, mahsulotning 30% ga arzonlashgani, uni 3600 so‘mga arzon sotib olish mumkin ekanligini fikran o‘ylab ko‘radi. Agar ko‘ylak narxi x so‘m bo‘lsa, uni quyidagi ko‘rinishda topadi 100%, 3600 30%. х : : 12000 30 100 3600 = = х so‘m ko‘ylakning dastlabki narxi 8400 3600 12000 = − so‘mga sotib olishini topadi. Ushbu ko‘rinishdagi masalalardan o‘quvchilarning tushuncha va tasavvurlarini rivojlantiruvchi masalalar sifatida hamda analitik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda foydalanish mumkin. Bugungi kunda o‘quvchilarda matematikaviy kompetensiyalarni rivojlantirish orqali analitik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish uchun o‘quv rejalarida matematika fani uchun ajratilgan soatlar hajmini oshirish; kadrlar iste’molchilari mutaxassislarini jalb etgan holda o‘quvchilarda sohaga oid matematika bo‘yicha amaliy bilim, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish hamda rivojlantirishga qaratilgan loyiha ishlarini amalga oshirish lozim. Fikrimizcha, o‘quvchilarda matematikaviy kompetensiyalarini rivojlantirishga mo‘ljallangan zamonaviy o‘quv didaktik, ko‘rgazmali va tarqatma materiallar, didaktik o‘yinlar, elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqish, dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining IT-akademiyasida tashkil qilingan o‘qishlarda o‘quvchilarni sayohatga olib chiqib, tanishtirib borish muhim bo‘lib hisoblanadi. Boshlang‘ich ta’limda kompyuterli o‘yin metodlari yordamida quyidagi vazifalarni bajarish mumkin: - matematik kattaliklarni tushunish. Bu jarayonda o‘quvchilarda xush kayfiyat, tabassum, rahmdillik, ko‘tarinkilik, quvonch, do‘stona munosabatlar, muloqotga kirishuvchanlik, qiyin daqiqalarda bir-birlariga ko‘maklashish, kechira olish, mas’uliyatlilik, haqgo‘ylik, bag‘rikenglik, toqatlilik, tushunish kabilar kuzatiladi. Matematik qobiliyatni namoyon etadigan o‘quvchilar uchun masalalarni ratsional yo‘l bilan echishga harakat qilish odatiy holdir. Ular eng oddiy, eng qisqa va shuning uchun maqsadga erishishning eng “nafis” usulini topishga harakat qilishadi. Fikrlashning bu o‘ziga xos tendensiyasi matematik masalalarni echishning eng optimal usullarini izlashda ifodalanadi. O‘quvchi matematikaga qanchalik qobiliyatli bo‘lsa, unda ratsional, chiroyli echimni izlashga qiziqish shunchalik kuchli ifodalanadi. O‘quvchilarning isbotlashga doir masalalarni echishi xususiyatlarini tadqiq qila turib E.P.Ivanitsina deydiki, ba’zi o‘quvchilar nisbatan qisqa yo‘l bilan borishga harakat qilsa, boshqalari uzoq, ko‘p sondagi amallarni qo‘llab, odatda ko‘p hollarda ratsional yo‘ldan uzoqlashib ketadilar [71, 11-bet]. - 246 - Xulosa shuki, birinchidan, Respublikamizda boshlang‘ich ta’lim jarayonida ta’lim sifatini tubdan o‘zgartirish, zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or metodlarini joriy etish orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matematikaviy kompetensiyalarini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishga zamin yaratilgan. Biroq, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun axborot resurslaridan keng foydalanish, interfaol ta’limni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish, pedagogik jarayonlarni aks ettiruvchi logfreym, konseptual loyiha, metodika, texnologiya, elektron dasturlarni ishlab chiqish muhitini takomillashtirish zarurati mavjud; Ikkinchidan, boshlang‘ich ta’lim - bolaning individual va yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda uning jismoniy va psixik rivojlanishini ta’minlovchi, uni uzluksiz ta’limning keyingi bosqichiga har tomonlama maqsadli yo‘naltirilgan ta’lim va tarbiya jarayoni ekan, ushbu jarayonning ta’lim sifatini takomillashtirish, zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or metodlarini joriy etish muhim ekanligi tadqiqotlar tahlili natijasida aniqlandi. Aynan: boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matematikaviy kompetensiyalarini rivojlantirish orqali analitik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda turli didaktik va axborot-kommunikatsion vositalaridan foydalanish jarayonini tashkil etish o‘zining umumpedagogik, didaktik hamda psixologik xususiyatlariga ega bo‘lib, bu xususiyatlarni ochib berish natijasida boshlang‘ich ta’lim jarayonini samarali tashkil etish imkoniyati vujudga keladi; Uchinchidan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matematikaviy kompetensiyalarini rivojlantirish orqali analitik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda axborot-kommunikatsion vositalaridan foydalanish jarayonini tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash uchun bu sohada mavjud bo‘lgan yondashuvlar, tushunchalar, qarashlar, ta’limotlarni to‘plash, tasnif qilish va uni o‘qituvchi faoliyatiga joriy etish maqsadida tegishli ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish zaruriyatining mavjudligi ayon bo‘ldi. To‘rtinchidan, boshlang‘ich ta’limning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash, ta’lim mazmunini umumevropa xalqaro standartlari asosida tashkil etishda o‘quvchilarning matematikaviy kompetensiyalarini rivojlantirish doirasida o‘rganish zarurati mavjud. Download 3.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling