O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini
Download 3.39 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция Авлоний 2021
Adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’lim tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Parlamentga qilgan to‘rtinchi murojaatnomasi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 6108-sonli Farmoni. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab quvvatlash hamda usluksiz kasbiy rivojlanish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 4963-sonli Qarori. MALAKA OSHIRISH KURSLARIDA FIZIKA FANINING TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA INTEGRATIV DARSLARNI TASHKIL ETISH METODIKASI T.Jumaniyozova – Xorazm viloyati XTXQTMOHM “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi. Annotatsiya. Fizika ta’lim samaradorligini oshirishda integrativ darslarning ahamiyati haqida ma’lumotlar keltirilgan. O‘zbekiston Respublikasida mustaqillikka erishganidan so‘ng barcha yo‘nalishlar kabi ta’lim sohasida ham islohotlar amalga oshirila boshladi. Islohotlarni o‘tkazishning zarurligi shundaki, mustaqil Respublika jahon hamjamiyatida o‘z o‘rnini topishi, mamlakatga chet el investitsiyalarini jalb qilish ,bozor iqtisodiyotiga - 258 - o‘tishi, ilmiy-texnika rivojlanishidan orqada qolmasligi uchun jahon andozalariga mos keladigan salohiyati kadrlar tayyorlash muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘quv jarayonining tashkilotchisi, amalga oshiruvchisi va nazoratchisi qilib faqat o‘qituvchini belgilash ayni paytda o‘qituvchini ta’lim ob`ektiga aylantirib, uning ijodiy faoliyatini chegaralash mutlaqo to‘g‘ri emas. Ayniqsa, fan-texnikaning jadal rivojlanayotgan, axbortning keskin ko‘payib borayotgan bir davrida ta’lim-tarbiya jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, orqali erishish mumkin bo‘ladi. Masalaga shu nuqtayi-nazardan yondashilganda respublikamizning talim muassasalari, ayniksa, mutassis kadrlar tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi o‘rta maxsus va oliy talim maktablari oldida qo‘yilgan mazkur ijtimoiy buyurtma o‘rta maxsus va oliy talim auditoriyalarida taxsil ko‘rayotgan bo‘lajak pedagog – tarbiyachilarni ilg‘or pedagogik texnologiyalarning mohiyati –mazmuni bilan tanishtirishni, ularni amalda qo‘llashning amaliy ko‘nikma va malakalari bilan qurollantirishni dolzarb masala qilib kuyayotganligi ko‘zga tashlanadi. Ta’limning bugungi vazifasi o‘quvchilarni kun sayin oshib borayotgan axborot oqimidan oqilona foydalanishga o‘rgatish, uzluksiz o‘rganish uchun ma’qul muhit, shart –sharoit yaratishdan iborat. Demakki, o‘qituvchining o‘zi ham doimiy ravishda o‘z ustida ishlashi, pedagogik mahoratni uzluksiz oshirib borishi, jaxon va milliy pedagogik merosi, ilm -fan yutuqlaridan ijodiy foydalangan holda ta’lim jarayonini takomillashtirib borishi lozim. Fizika kursining boshqa o‘quv predmetlari bilan bog‘lanishini amalga oshirishdan asosiy maqsad: bilimning sistemaliligini ta’minlash; tabiat hodisalari va ularning bir-biri bilan bog‘langanligi haqidagi tasavvurlarni o‘quvchilar ongida shaklantirish; o‘quvchilarda hodisalar, tushunchalar va nazariyalar orasidagi bog‘lanishlarni o‘rnata olish mahoratini shakllantirish; o‘qitishda politexnik yo‘nalishni kuchaytirish; o‘quvchilarda asosiy tabiat qonunlarining umumiyligi va tabiiy bilimlarning turli sohalardagi ahamiyati haqidagi tasavvurlarni hosil qilish. Fizika kursining matematika bilan bog‘lanishi: Taqribiy hisoblashlar 6-7 sinfdayoq qo‘llaniladi. 8-sinf laboratoriya mashg‘ulotlarida o‘lchash xatoliklarini aniqlash tavsiya etiladi. Mexanikani o‘rganishda trigonometrik funksiya, kvadrat tenglama va boshqa matematik amallardan keng foydalaniladi. Fizika kursida gaz qonunlarini o‘rganish jarayonida gazning holatini va ularning o‘zgarishini tahlil qilishda grafiklardan keng foydalaniladi. Grafik uslubning analitik uslubdan bir qancha afzalliklari bor: grafika fizik jarayonning borishini ko‘rsatadi, hodisaning dinamikasini ko‘rgazmali ravishda ochib beradi. Grafik uslub, harakat grafigi,turli muhitlarning elektr o‘tkazuvchanligi, deformatsiya va boshqalar asosida yoritiladi. Matematik tushunchalarni o‘z o‘rnida va to‘g‘ri ishlatib borish lozim. Masalan, fizik formulalarni no‘malum kattaliklarni aniqlashda, formulada bo‘lish, ko‘paytirish amali, proporsionallik tushunchasi ishlaydi. Fizika kursini o‘rganish davomida o‘quvchilar matematik formulalar real bog‘lanishlarni aks ettirishini va ular bu bog‘lanishlardan kelib chiqishini ko‘rib borishlari lozim. Predmetlararo bog‘lanish predmetlar haqidagi bilimlarni mustahkamlaydi, fanga qiziqishni orttiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling