O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini
“O‘qituvchi ijodiyoti doimo ijobiy natijalar berishi shart”
Download 3.39 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция Авлоний 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kreativlik tushunchasi (lot., ing. “create” – yaratish, “creative” yaratuvchi, ijodkor) ijod ma’nosini anglatadi
“O‘qituvchi ijodiyoti doimo ijobiy natijalar berishi shart” V. I. Zagvyazinskiy O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi” va kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan DTS talablarini amaliyotga joriy etish, darslarda yangi innovatsion texnologiyalarni qo‘llash, darslarni samarali tashkil etishda turli usul va vositalardan foydalanishni keng yo‘lga qo‘yish uchun boshlang‘ich ta’limdagi ona tili darslarida turli o‘yin va usullardan foydalanish darslarning samarali bo‘lishini ta’minlaydi. O‘yin va usullardan o‘z o‘rnida unumli foydalanib ijobiy natijaga erishish uchun o‘qituvchining o‘zidan ham izlanuvchanlik va eng asosiysi kreativlik talab etiladi. Bugungi kunda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativligini (Kreativlik tushunchasi (lot., ing. “create” – yaratish, “creative” yaratuvchi, ijodkor) ijod ma’nosini anglatadi) rivojlantirish, ularni ijodiy fikrlashga odatlantirish, ilmiy- tadqiqot faoliyatini olib borish ko‘nikmalarini puxta o‘zlashtirishlariga erishish, mutaxassislik fani yutuqlari hamda ilg‘or tajribalardan foydalanish imkoniyatlarini mustaqil tahlil qila olishlariga va pedagogik jamoa tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot va ijodiy loyihalarni bajarishda faol ishtirok etishlariga erishish bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Shularni inobatga olgan holda malaka oshirish ta’limi mashg‘ulotlarida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ijodiy yo‘naltirish, bilag‘onlik, mantiqiy fikrlash - 250 - qobiliyatini oshirish, ijodiy ta’sirchanlik va tashabbuskor bo‘lishlariga, o‘z ijodkorligini to‘la-to‘kis namoyish etishlariga erishish lozim. Shundagina ular kreativlik darslarida ajoyib g‘oyalarni o‘ylab topish (o‘ziga xoslik), ularni kengaytirish (ishlab chiqish), yoki boshqa g‘oyalar bilan solishtirish va ulardagi bog‘liqlikni topishga erishish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. Buning uchun boshlang‘ich ta’limda ona tili fanini o‘qitish metodikasi mavzularida innovatsion ta’lim texnologiyalardan unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir. Masalan: “Boshlang‘ich sinf ona tili darslarini tashkil etishda o‘qituvchining kreativ yondashuvini rivojlantirish” mavzusini o‘tish jarayonida “Ma’ruza”, “Tushuntirish”, “Namoyish qilish”, “Kichik guruhlar”da, “Yakka tartib”da ishlash kabi metodlardan va “Men kimman”, “Timsoh ovchilar”, “So‘z yasash”, “Topishmoq o‘yin”lardan foydalanish yoki “Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning lug‘at boyligini oshirishning zamonaviy usullari” mavzusida guruhlarda ishlash jarayonida fonetik tahlil, savol-javob, pontomimolardan, “Alifbodan foydalanib maqolni top” o‘yinlaridan foydalanish, “Ona tili darslarida o‘quvchilarning fanga oid kompetensiyalarini nazorat qilishning kognitiv shakllari” mavzusini yoritishda esa guruhlarga ijodiy matn yaratish, tinglovchilar bilan yakka tartibda ishlash, ya’ni ularga “Sinkveyn”lar tuzish vazifasini topshirish, yanada ular bilan mavzuni yoritish jarayonida “Talaffuzdan adashma”, “Maqollarni to‘ldir”, “Bo‘g‘inlar ko‘prigi”, “Mantiqiy o‘yinlar”, “Aqlni rivojlantiruvchi mashqlar”dan, “Ona tili darslarida o‘quvchilarning ijodiy ishlarini tashkil etishning zamonaviy shakllari” mavzusini yoritishda esa, ona tili darslarida o‘quvchilarning ijodiy ishlarini tashkil etish shakllari, ta’limiy va tekshiruv diktanti, bayon, ijodiy mashqlar haqida va o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirishdagi metod va o‘yinlar borasida tushunchalar berish o‘rinlidir. O‘quvchilar ijodiy faoliyatini rivojlantirish darslarida dialog darslar, munozara, bahs, suhbatlar, fantaziya, izlanish darslari, muammolar qo‘yish va ularni yechish darslari, badiiy texnik ijodkorlik, ijod qilish, kichik kashfiyotlar yaratish, insholar yozish, ishbop o‘yinlardan, innovatsion metodlardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berish, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida tashabbuskorlik, izlanuvchanlik, faollik kabi kreativlik potentsialiga ega bo‘lishlarida yordam beradi. Natijada ular, zamonaviy o‘qituvchi egallashi lozim bo‘lgan o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lgan, kreativ maqsad, kreativ yo‘nalish, ijodiy intilish, kreativ faollik, kreativ o‘z-o‘zini boshqarish kabi kretiv layoqatga ega bo‘lishadi. Download 3.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling