O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini
Download 3.39 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция Авлоний 2021
Masofaviy ta’lim bu – ta’lim beruvchi (instruktor, trener) va ta’lim
oluvchining bir-biridan ajralgan holda amalga oshiriladigan rejalashtirilgan bilim olish tajribasi yoki usulidir. Masofaviy ta’lim tizimi doirasida axborot almashinuvi va muloqot chop qilingan materiallar yoki elektron media vositalari orqali amalga oshiriladi[4]. Bugungi kun ta’labidan kelib chiqib, xalq ta’limi xodimlarini malakasini oshirish tizimida masofaviy ta’lim turini, xajmini kengaytirish quyidagi muammolarni oldini oladi. - Byudjet mablag‘larining salmoqli qismi tejaladi - Malaka oshirish davrida o‘qituvchilarning ayni fanni o‘zlashtirib olishlarida ta’sir etuvchi salbiy psixologik ta’sirlarga chek qo‘yiladi. - Pedagoglarning axborot kommunikatsion texnologiyalar bo‘yicha bilimlarini mustahkamlaydi. Bugungi kunda xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish tizimi pedagoglari hamda, tinglovchilarning kasbiy kompetensiyasini yanada oshirishda turli usullardan, ayniqsa masofaviy ta’lim shaklidan foydalanishlari samarali hisoblanadi. N.A.Muslimov o‘zining tadqiqot ishlarida o‘qituvchining kasbiy kompetentligini shakllanganlik asosini oltita sifat ko‘rinishida ta’kidlab o‘tgan, bular: - motivatsion xislatlar; - intellektual salohiyat; - irodaviy sifatlar; - amaliy ko‘nikmalar; - hissiy sifatlar; - o‘z-o‘zini boshqara olish [5]. Pedagog o‘zida kasbiy kompitensiyani shakllantirishda o‘z ustida ishlashi va o‘z-o‘zini rivojlantirishi ahamiyatlidir. O‘z-o‘zini rivojlantirish vazifalari o‘zini- o‘zi tahlil qilish va o‘zini-o‘zi baholash orqali aniqlanadi. «Uzluksiz kasbiy ta’lim» maxsus elektron platformasi orqali ularning individual kasbiy rivojlanish traektoriyasi joriy qilinishi pedogoglarni o‘z ehtiyojlariga mos ravishda malaka oshirishlarini ta’minlaydi. Natijada xalq ta’limi xodimlarining kasbiy mahorati va faoliyat samaradorligini muntazam oshirib borish uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi va malaka oshirish tizimi «hayot davomida o‘qish» tamoyili asosida takomillashtiriladi. Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, pedagog xodimning uzluksiz malaka oshirishini amalga oshirish, shaxsiy malaka oshirish yo‘nalishini mustaqil tuzish, shaxsiy yoki ta’lim muassasasi ehtiyojlariga asoslanish, pedagog xodim uchun maqbul variant va muddatlarni belgilash, umumiy qilib aytganda, xalq ta’limi xodimlarining malaka oshirish tizimiga zamonaviy yondashuvlarni tatbiq qilish va uni muvofiqlashtirib borish ta’lim sifati va uning mazmun-mohiyatini yanada takomillashtiradi. Download 3.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling