O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini
O‘qituvchilarga quyidagi savollar bilan murojat qilindi
Download 3.39 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция Авлоний 2021
O‘qituvchilarga quyidagi savollar bilan murojat qilindi:
1-savol: Fizikaning "Elektr toki, Yarim o‘tkazgichlar" va shu kabi bo‘limlarini o‘qitish uchun laboratoriya xonasi jihozlarini yetarli deb hisoblaysizmi (Ostsillograf, Yuqori chastotali generator, Xarakteriograf, Vattmetr kabilar mavjudmi)? So‘rovda 479 nafar o‘qituvchi ishtirok etgan bo‘lib, ishtirokchilarning 7% - “Ha, yetarli”, 37% ishtirokchi “Ha, lekin ayrim asboblar yetishmaydi, yoki mavjudlari ham yaroqsiz - 241 - ahvolda”, 56% ishtirokchi “Yo‘q, bunday asboblar mavjud emas” javobini tanlashgan. 2-savol: Fizika darslarida kompyuterda bajariladigan virtual laboratoriya ishlaridan foydalanasizmi? Bunday dasturlar hozirda yetarlimi? (Video film ko‘rinishdagilarni hisobga olmang). So‘rovda 429 nafar o‘qituvchi ishtirok etgan bo‘lib, ishtirokchilarning 9% -“Ha, foydalanaman. Bunday dasturlar yetarli”, 28% ishtirokchi “Ha foydalanaman, Bunday dasturlar hozir juda kam”, 47% ishtirokchi “Foydalangan bo‘lardim. Ammo bunday dasturlar menda yo‘q”, 9% ishtirokchi “Foydalanmayman. Bunday dasturlarga hojat yo‘q deb hisoblayman” javobini tanlashgan. 3-savol: Virtual laboratoriya dasturlari fizikani o‘qitishda kerak deb hisoblaysizmi? So‘rovda 437 nafar o‘qituvchi ishtirok etgan bo‘lib, ishtirokchilarning 78% “Ha albatta kerak.”, 15% ishtirokchi “Ha kerak. Kompyuterda fizika jarayonlarni modellashtirishni o‘rganadi”, 7% ishtirokchi “Yo‘q kerak emas, chunki virtual dastrular haqiqiy hayotdan ajratib qo‘yadi” javobini tanlashgan. O‘qituvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar natijalari quyudagilarni ko‘rsatdi: -fizikaning “Elektr”, “Yarim o‘tkazgichlar” bo‘limiga doir zamonaviy laboratoriya o‘lchov-nazorat asboblari yoki umuman yo‘q (56%), yoki mavjudlari ham eskirib yaroqsiz ahvolga kelib qolgan (37%); -o‘qituvchilarning 44% fizikada virtual laboratoriya dasturlaridan foydalanadilar, 28% o‘qituvchilar maktab bop virtual laboratoriya dasturlari juda kamligini tasdiqlashgan, 47% o‘qituvchi virtual laboratoriya dasturlari yo‘qligini agar mavjud bolganda foydalanish istagini bildirishgan, faqat 9% o‘qituvchilargina bunday dasturlarga hojat yo‘q deb hisoblashadi; -so‘rovda ishtirok etgan (437 nafar) o‘qituvchilarning 93% virtual laboratoriyalardan foydalanish o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshishiradi va o‘quvchilar kompyuterdan foydalanishni o‘rganadilar degan fikir bildirishgan, faqat 7% o‘qituvchilargina virtual laboratoriyadan foydalanish o‘quvchilarni haqiqiy hayotdan ajratib qo‘yishini ta’kidlashgan. O‘tkazilgan tadqiqot ishlari shuni ko‘rsatadiki malaka oshirish kurslarida virtual laboratoriya ishlariga ehtiyoj juda yuqori. Bu ehtiyoj dunyo miqiyosida sinovdan o‘tgan, samarali dasturlar hisobidan qondirilishi lozim. Fizikani o‘qitishda ta’lim jarayoniga real laboratoriya ishlariga qo‘shimcha sifatida virtual laboratoriya dasturlarini kiritish zarur. Bu orqali o‘quvchilarda amaliy ko‘nikmalar bilan bo‘g‘liq bo‘shliqlar paydo bo‘lishining oldi olinadi, ta’lim sifati sezilarli darajada yaxshilanishiga erishiladi. Qo‘shimcha ravishda masofadan o‘qitishda va oq’uvchilarning maktabdan tashqari bo‘sh vaqtlarida ham virtual laboratoriya dasturlaridan foydalanish imkoni yaratiladi. So‘rovlar natijalari ayrim maktablarda virtual laboratoriya ishlaridan foydalanish yo‘lga qo‘yilganligini, ammo ko‘pchilik maktablar hali undan foydalanishmayotganini ham ko‘rsatdi. Bizning nazarimizda maktablarda virtual laboratoriya ishlarini tashkil qilish va o‘tkazishga imkon beruvchi kompyuter dasturlari hali ommalashmagan (o‘qituvchilar ham buni tasdiqlashgan). Agarda - 242 - shunday dasturlar saralab olinib foydalanish yo‘lga qo‘yilsa yuqori samara berishi mumkin. Modomiki shunday ekan, faqat kuzatuvchi sifatida ishtirok etadigan virtual laboratoriya ishlari o‘rniga bevosita bajaruvchi faol ishtirokida amalga oshiriladigan va boshqariladigan zamonaviy virtual laboratoriya ishlarini joriy etish zarurati kelib chiqadi. Yana bir muhim jihat, masofaviy (onlayn) ta’limga katta e’tibor qaratilayotgan hozirgi sharoitida laboratoriya ishlarini o‘tkazish bilan bog‘liq muammolar ham virtual laboratoriyalarni yo‘lga qo‘yish hisobidan hal qilinishi mumkin [2-3]. O‘tkazilgan tadqiqot natijalariga asoslangan holda fizikaning “Elektr toki” va “Yarim o‘tkazgichlar” bo‘limiga doir virtual laboratoriya ishlarini tashkil qilishda NI Multisim dasturidan foydalanishni samarali vosita sifatida taklif qilamiz. Ushbu dastur interfeysi sodda va tushunarli, imkoniyatlari esa keng ko‘lamli. Shularni e’tiborga olgan holda ushbu dastur umumta’lim maktablarida virtual laboratoriya ishlarini ishlab chiqish va bajarishda foydalanish uchun katta imkoniyatlarga ega deb hisoblaymiz [4-6]. Kelajakda NI Multisim dasturi yordamida umumta’lim maktablari fizika kursining “Elektr toki” hamda “Yarim o‘tkazgichlar” bo‘limlari bo‘yicha namoyish- tajribalar va virtual laboratoriya ishlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha tadqiqot ishlarini olib borishni tavsiya etamiz. Download 3.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling