O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini
Download 3.39 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция Авлоний 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Педагогик фаолият - 240 - FIZIKA O‘QITUVCHILARI MALAKA OSHIRISH KURSLARIDA
Ўқитувчи
Малака ошириш жараёни Узлуксиз ўқиш фаолияти ТАҲЛИЛ, МАСЛАҲАТ 1-расм. Математика фани ўқитувчисининг узлуксиз касбий фаолияти методик тизими Педагогик фаолият - 240 - FIZIKA O‘QITUVCHILARI MALAKA OSHIRISH KURSLARIDA LABORTORIYA MASHG‘ULOTLARINI O‘TKAZISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI HAQIDA. Xoliqov Qurbonboy To‘ychiyevich – Samarqand viloyati XTXQTMOHM “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi dotsenti, - f.m.f.n, Alinazarova Mahfuza Alisherovna – Namangan viloyati XTXQTMOHM “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi, fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). Annotatsiya: Ushbu maqolada fizika fanidan malaka oshirish kurslarida elektr bo‘limiga doir laboratopriya ishlarini amaliy kompyuter dasturlaridan foydalanib virtual tarzda tashkil etish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari bayon qilingan. O‘quv fanlari ichida fizika bevosita atrof muhitda yuz beradigan kundalik jarayonlar bilan bog‘liqligi, bu jarayonlarning yuzaga kelish qonunlarini umumlashgan holda o‘rganishi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari fizika eksperimental fan hisoblanadi. Ko‘rgazma eksperimentlari va laboratoriya ishlari ko‘rinishida fizikani o‘qitish fizika kursining ajralmas va muhim qismidir. Nazariy material va eksperimental faoliyatning muvaffaqiyatli uyg‘unlashuvi pedagogik nuqtai-nazardan eng yaxshi natijaga erishishga, faol bilim faoliyati va o‘rganilayotgan mavzuga o‘quvchilarning ijodiy yondashuvini rivojlantirishga yordam beradi. Afsuski, bugungi kunda fizika o‘quv laboratoriyasida murakkab fizik tajribalarni tabiiy tarzda namoyish qilishning har doim ham iloji yo‘q, masalan: kosmik mashtabdagi jarayonlar, o‘ta yuqori kuchlanishlar sohasi, yadroda yuz beradigan jarayonlar, mikro elementlarning o‘zaro ta’siri va boshqalar. Aksariyat hollarda zamonaviy o‘lchov-tajriba uskunalari yetishmovchiligi tufayli namoyish tajribalarni tashkil qilishda katta qiyinchiliklarga duch kelinadi. Maktablarning ko‘rgazma va laboratoriya jihozlari bilan ta’minlanganlik darajasi fizika fani va texnologiyalar rivojlanishining hozirgi holatiga mos kelmaydi. Natijada o‘quv rejasiga kiritilgan namoyish tajriba va laboratoriya ishlari to‘liq hajmda bajarilmay qolish holatlari kuzatiladi. Bu esa o‘z navbatida ta’lim sifati va samaradorligi pasayishiga olib keladi [1]. Virtual laboratoriya ishlariga bo‘lgan qiziqishlari hamda virtual laboratoriya ishlaridan foydalnish istiqbollarini aniqlash maqsadida so‘rovlar o‘tkazildi. So‘rovlar o‘qituvchilar uchun shakllantirildi va Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali onlayn tarzda o‘tkazildi. Ishtirokchilar so‘rovlarda berilgan savollarga javob variantlaridan birini tanlash orqali ixtiyoriy ravishda qatnashdilar. Download 3.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling