O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini


Mamalakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan bir qatorda bugungi


Download 3.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/146
Sana01.11.2023
Hajmi3.39 Mb.
#1737376
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   146
Bog'liq
Конференция Авлоний 2021

Mamalakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan bir qatorda bugungi 
kunda ta’lim tizimining rivojlanib borishi zamon talabiga mos ta’lim-tarbiyaga 
qaratilganligida. Oʻqituvchining oʻz ustida ishlashi, tinmay izlanish olib borishi 
hamda, oʻquv jarayonini zamon talablari darajasida, ilmiy asosda tashkil etish 
uchun zaruriy sharoitlarni yaratib berish bilan bir qatorda, lingvistik 
kompetentsiyaga ega boʻlishi lozimdir.  
Lingvistik kompetentsiya – til sathlari (fonetika, leksika, grammatika) haqida 
bilimlar va tilning ifoda vositalarini (oʻqish texnikasi, oʻzgalar fikrini va matn 
mazmunini anglash, fikrni yozma shaklda bayon etish) egallashni nazarda tutadi. 
Oʻquvchilarning dunyoqarashlarini oʻzida mujassam etishi, ularning atrof muhit bilan 
bogʻliq holda jamiyatda roʻy berayotgan voqea-hodisalarga nisbatan oʻz 
munosabatini bildira olishi va mustaqil qaror qabul qila oladi. Bu kompetentsiya 
oʻquvchini oʻz oldiga qoʻygan maqsad vazifalariga erishish traektoriyasini belgilab, 
oʻquv jarayoni va boshqa faoliyatda oʻzini anglash mexanizmini shakllantiradi. 
Oʻquvchining jamiyatda oʻz oʻrini topa olishi ushbu mexanizm bilan bogʻliq boʻladi. 
Ona tili darslarida lingvistik kompetentsiyani shakllantiriladi. Oʻqituvchi 
tomonidan zarur boʻlgan axborotlarni izlab topish, ma’lumotlar bazasini yaratish 
mustaqil toʻplay olish, ularni tahlil etish, baholash, axborotni qayta ishlash va ularni 
uzatish, asosiylarini tanlab olish belgilab olinadi. Toʻplangan materiallar 
oʻquvchilarga yetkazib beriladi.
Ona tili nafaqat oʻquv fani yemas, balki oʻqitish tili boʻlib, barcha oʻquv 
fanlarnini oʻzlashtirishning muvaffaqiyotini belgilaydi. Til kompetentsiyasi – bu 
boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining lingvistik bilimlar majuasi va kasbiy –pedagogik 
sohada lingvistik bilimlar bilan ishlash qobiliyatidir.
Ona tili faninida oʻquvchi shaxsini fikrlashga, oʻzgalar fikrini anglashga, oʻz 
fikrini ogʻzaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy 
kompetentsiyani rivojlantiriladi. Oʻquvchilarda grammatikaga oid bilimlarni 
(fonetika, leksikologiya, soʻzning tarkibi, soʻz yasalishi, morfologiya, sintaksis, 
yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalarni) 
shakllantirish va rivojlantirish hamda ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli 
foydalangan holda oʻqigan, koʻrgan, eshitganlarini nutqiy toʻgʻri va ravon bayon eta 
olish koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetentsiyalarni 
shakllantirishdan iborat. 
Oʻrganilayotgan material mazmuni, sinf oʻquvchilarining umumiy tayyorgarligi, 
oʻqituvchilarning pedagogik mahorati, darsda qoʻllaniladigan metodlardan qat’iy 
nazar oʻquvchilarda idrok etish, esda saqlash tezligi turlicha boʻladi [Safarova R., 


- 222 - 
Musaev U., Musaev P., Yusupova F., Nurjanova R. “Oʻzbekiston Respublikasida 
umumiy oʻrta ta’lim strategiyasi muammolari va ta’lim mazmunining yangi 
modellari, ularning tatbiq etish yoʻllari” 199 bet]. Oʻquv jarayonida oʻquvchilarda 
lingvistik 
kompetentsiyalarni 
shakllantirish 
uchun 
oʻquvchilarning oʻquv 
materiallarni oʻzlashtirish tezligidagi mustaqil ishlash natijasida egallagan bilimlar 
darajasi, qiziqishlari va boshqa farqlarini inobotga olishi muhim. Shuningdek
boshlangʻich sinf oʻqituvchisi qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonida 
urgangan zamonaviy metodlardan dars jarayonida muntazam qoʻllanib borishi kerak.
Ona 
tili 
fanining 
oʻquv dasturi oʻquvchilarda kompetentsiyalarni 
shakllantirishga yoʻnaltirilgan Davlat ta’lim standarti talablaridan kelib chiqib 
tuzilgan. Oʻquv dasturida oʻquvchilarda fanga doir nutqiy va lingvistik 
kompetentsiyalarni hamda tayanch kompetentsiyalarning elementlarini shakllantirish 
koʻzda tutilgan. Boshlangʻich sinf oʻqituvchilari har bir dars jarayonida oʻquvchilarda 
lingvistik kompetentsiyalarni shakllantirib boradi.
Demak, ta’lim-tarbiya jarayonlarini ilmiy asoslarda tashkil etish, 

Download 3.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling