O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini
Download 3.39 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция Авлоний 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sanonova Ra’no Qo‘lbashevna
Adabiyotlar: 1. Abramova Ya.K. Smeshannoe obuchenie kak innovatsionnaya obrazovatelnaya texnologiya. Perspektivы razvitiya informatsionnыx texnologiy. 2014. № 17. 2. Aliyeva, N., Rasuleva, M., Xalilova, S., Yalgasheva, S. Blended learning - ta’lim tizimida zamonaviy yondashuv. “Science and Education” ilmiy jurnali. 2-son 2021-yil - 206 - XALQ TA’LIMI TIZIMIDA ARALASH O‘QITISH – “BLENDED LEARNING”NING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI ASOSIDA TA’LIM OLUVCHILAR NUTQIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH Qodirova Surayyo Do‘stqobilovna - Surxondaryo viloyat XTXQTMOHM “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi Sanonova Ra’no Qo‘lbashevna – Termiz shahar 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Annotatsiya. Mazkur maqolada ta’limda axborot texnologiyalarning o‘rni, “Blended learning” (aralash o‘qitish) tushunchasi va ta’rifi, qulayliklari, nutqiy ko‘nikma rivoji barcha holatlarda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmasligi haqida so‘z borgan. XXI asr barcha sohadan rivojlanish, raqobatga moslashib, o‘rni kelsa raqobat muhiti va bu muhitda g‘olib bo‘lmoqlik talablarini qo‘ymoqda. Talablarga javob berolmaslik uchun hattoki izohlarni ham qabul qilmaydi. Bejiz bu asrni raqamlardan tashqari “Axborot asri” deyishmayapti. Bu asrda tug‘ilgan, yashayotgan, faoliyat yuritayotgan insonlar deyarli barcha sohada axborot texnologiyalari bilan to‘qnash kelishga majburdir. 2020- yildagi pandemiya bu jarayonni yanada tezlashtirib yubordi desak xato qilmagan bo‘lamiz. Avvaliga ta’lim jarayonining bir qismida axborot texnologiyalaridan foydalangan bo‘lsak, endilikda davr talabi bilan axborot texnologiyalar orqali ta’lim oluvchilarga masofa, vaqt tanlamasdan ma’lumotlarimizni yetkazmoqdamiz. Mubolag‘ali ta’rif bo‘lsa-da ta’kidlash kerakki, inson hayoti uchun yemoq va ichmoq qay darajada ahamiyatli bo‘lsa, axborot texnologiyalari va ulardan foydalana bilmoq shu darajada qiymatli bo‘lmoqda. O‘z ustida ishlaydigan, davr bilan hamnafas har bir ustoz axborot texnologiyalaridan unumli foydalanadi, chunki AT ta’limning turli yangi ko‘rinishlarini taklif etmoqda, xususan keyingi vaqtlarda modulli ta’lim tizimida majmuaviy yondashuv tamoyili kuchayib bormoqda. Unda turli shakl, usullar moslashtirilgan holda joylashtirilishi aralash ta’limning innovatsiya sifatida kirib kelishiga sabab bo‘ldi. “Vatanimiz ta’lim tizimida mavjud sharoitlardan kelib chiqqan holda ulkan islohotlar va o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Bu esa nutqimizda keng ishlatilayotgan “teledars”, “onlayn dars”, “videodars” tushunchalarida ham o‘z aksini topdi. O‘z ustida ishlaydigan, zamondan ortda qolishni istamagan aksariyat o‘qituvchilar esa bor mahoratini o‘zi yaratayotgan mahsulotlarida namoyon etib kelmoqda. Avvaldan tasvirga olinib, maxsus tekshiruvlardan so‘ng efirga uzatilayotgan teledarslar internet tarmog‘iga joylangach undan onlayn tarzda foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan o‘quvchi, tushunmagan joylarini takroran ko‘rib o‘rganishi jihatidan ham an’anaviy sinf-dars shaklidan ko‘ra ustunlikka ega ekanligi bu juda yaxshi”. Ayni davrda nutqimizda eng ko‘p foydalanib, qo‘llaydigan sohamizga oid mavzulardan biri- “Shaxsga yo‘naltirilgan taʼlim” dir. Shaxsga yo‘naltirilgan taʼlimning innovatsion, hamkorlik, modul, interfaol, individual, dasturiy, loyiha, masofaviy, kompyuter, muammoli, rivojlantiruvchi, tabaqalashtirilgan va mustaqil taʼlim, shuningdek, o‘yin texnologiyalari kabi turlari farqlanadi. Ta’lim - 207 - oluvchilarningo‘quv-bilish faolliklarini kuchaytirish, o‘qitish sifatini oshirish va samaradorligini yaxshilash maqsadida innovatsion xarakterga ega taʼlim shakllaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Amaliy o‘yinlar, muammoli o‘qitish, interfaol taʼlim, modulli-kredit tizimi, masofali o‘qitish, blended learning (aralash o‘qitish) va mahorat darslari taʼlimning innovatsion shakllari sifatida eʼtirof etilmoqda. Shu o‘rinda «blended learning» (aralash ta’lim) haqida to‘xtalib o‘tishni joiz deb bildim. Deklan Bern «blended learning» (aralash ta’lim) haqida shunday deydi: “Ushbu ta’lim boy pedagogik tajribadan samarali foydalanishga qaratilgan”. Bunday yondashuv axborotni taqdim etishda turli uslubiyotlardan foydalanishni, ta’limni tashkil etishda va ta’lim jarayonida axborot texnologiyalari, yakka tarzda va guruhlarda an’anaviy faoliyatni tashkil etishga asoslanishi mumkin. Bunday turlicha yondashuv o‘quvchini charchatmaydi va o‘qishga bo‘lgan motivlarini kuchaytiradi. Asosiy masala – tanlangan uslubiyotlarning o‘zaro mutanosibligini ta’minlash va kam harajat asosida yuqori samaradorlikka erishish hisoblanadi. “Aralash ta’lim- ta’lim oluvchilarga ta’lim muassasining masofaviy ta’lim tizimidan va o‘quv materiallaridan foydalanishga to‘liq ruxsat beradi. Bu tizimda onlayn kutubxonalar va manbalar mavjud bo‘ladi. Ta’lim oluvchilar nazorat ishlarini onlayn tizimida topshirishadi. Shuningdek, tizimda guruhli muloqotlar uyushtiriladi va tuli loyihalar amalga oshiriladi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, pandemiya davrida bu jarayon ancha yo‘lga tushdi. Chunki taraqqiy topishni istagan har qanday inson avvalambor ta’limga ehtiyoj sezish barobarida ta’lim olishning barcha shakllarini amaliyotda qo‘llashga intilishi tabiiy”. Download 3.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling